Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
SH. XOLMIRZAYEV: “ QARIYA” HIKOYASIDA DIALEKTIZMLAR
MANAGEMENT AND ECONOMY · Hayitova Aziza · To`raxonova Farangiz
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
Эта статья о SH. В повести Холмирзаева “старик” показаны места употребления диалектизмов. В статье исследуется значение диалектизмов в образе жизни населения, в процессе общения, изучаются активные диалекты на определенной территории. Ключевые слова: диалектизм, ареальная диалектика, этнографизм, анализ. Bugungi kun dolzarb muommolaridan biri bo`lgan dialektal so`zlarning so`zlashuv iste`molida keng muomala qilinmayotganligi, ularning yo`qolib ketish xavfi mavjudligi sheva so`zlarni yig`ish, ularning xalq hayotida muhimlik darajasi kabi masalalarni o`rganishni taqozo qiladi. 0‘zbek tili dialektal o'ziga xosligiga qadimgi urug` va qabilalar tilining turli territoriyada alohida-alohida mustaqil yashashlari muhim ahamiyat kasb etgan. Ijtimoiy hayot tarzi, territorial mustaqilligi, kasb- kori, etnografik xususiyatlari ulaming tilida aks etmay qolmas edi va bu holat tilda umumiylikni saqlab qolgan holda, boshqa territoriyada yashovchi o‘zbeklar tilidan ko'pgina xususiyatlari bilan farqlanishiga olib kelgan, bu esa shevaning o‘ziga xosligini keltirib chiqargan . Shuningdek, o`zbek yozuvchilarining asarlarida dialektizmlarning faol qo`llanilishi sheva leksikasini saqlab qolish, ishlatilish o`rni va avlodlarga yetkazish uchun ham foydalidir. B.I.Sinsius shevaga oid lug`at ma’lumotlarini qayta ishlashda mavzuviy 70 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference guruhlashning bir necha bosqichlarni taklif qiladi. A.G.Shayxulov esa shevalarni mavzulashtirib o`rganishdagi ahamiyatini ta’kidlash maqsadida, leksik-tematik tasniflash etnogenetik jihatdan boshqa turk tillari bilan bog`liq tegishli leksik tuzilmalarning semantik xususiyatlarini o`rganishga imkon berishini aytib o`tadi. Bu boradagi K.M.Musaev hamda R.Abdina fikrlarini ham hisobga olgan holda biz Boysun shevasiga xos so`zlarni quyidagicha tasniflashni taklif etamiz. Bular: 1. Fonetik dialektizmlar. 2. Leksik dialektizmlar. 3. Semantik dialektizmlar. 4. Grammatik dialektizmlar . Yozuvchilar ijod mahsuli bo`lgan asarlardagi dialektizmlar hudud jihatidan areal dialektikani belgilab berishga xizmat qiladi. Areal dialektikada shevalar keng iste`molda bo`lgan so`zlar kesimida ularning ma`lum hudud vakillariga tegishlilik darajasini ko`rsatadi. Xalq turmush tarzi, milliyligini ifodalashda shevaning o`rni sezilarli bo`lib, ular adabiy tilning shakllanishida asosiy o`rinda turadi. Surxondaryo viloyati hududida yashovchi aholi qipchoq lahjasida so`zlashuvchilarning soni yuqori ko`rsatgichni ko`rsatadi. Surxondaryolik yozuvchi Sh. Xolmirzayev asarlarida Boysun hududida istiqomat qiluvchi aholining shevada so`zlashuv jarayonini ko`rishimiz mumkin. Yozuvchining barcha asarlarida shevaga boy ekanligi, aholining turmush tarzida asosiy muloqot manbayi sheva bilan bog`liqligiga guvoh bo`lamiz. Xususan, sheva leksikasini tahlil qilishda Sh. Xolmirzayevning “Qariya” hikoyasida qo`llanilgan sheva so`zlarining adabiy variantini berish, uning semantikasi bilan bog`liq tadqiqotlar olib borilgan. Masalan, hikoyadan olingan parchalardan sheva so`zlarining leksik dialektizmlari uchrash holatlari keltirilgan: Kimki ushlagan bo‘lsa yo ko‘rgan bo‘lsa, yo bog‘lagan bo‘lsa, o‘ttiz so‘m suyunchisi bor-ho-o!» deb baqira boshlaganda ovozi yetti mahalla nariga ketadi. Qo‘ziboy chol ana shu ishi uchun mol egasidan cho‘tal oladi. Cho‘tal – 2-ma`noda qo`llanilgan. 1. Qimor oʻyinlarida yutgan tomondan olinadigan pul, ulush. 2. Ulush, hissa. Ayniqsa, sahar paytida bozordan baralla ko‘rinib turuvchi tog‘lardan shundoq izg‘irin esadiki, toqat qilib bo‘lmaydi. Shunda beva xotin «jon olov, jon er» deganidek, sotuvchi o‘rtokdarga kul paqirda keltirilgan lag‘cha cho‘g‘ juda ham asqatadi-da! Paqir – chelak. 71 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Lag‘cha –lovullab turgan cho‘g‘,o‘t. Qo‘ziboy chol — oriq, oyoqlari chilcho‘pdek. Chilcho‘p –juda ozg‘in, oriq. Ular rayon markazidagi aholi singari og‘ir, «bardoshli»mas. Keltirgan mollarini donalab sotib o‘tirgandan ko‘ra uni ko‘tarasiga sotib, o‘zlariga kerakli narsalarni xarid qilib qaytshpga shoshadilar: tog‘ uzoq, kechga qolmay qishloqlariga yetib olishlari kerak. Ko‘tarasiga sotmoq –hammasini, barchasini sotmoq. Bir eshonga murid tushib, yetti yil uning izidan yurgan. Murid tushmoq –shogird tushmoq Mezonlar ko‘p — simyog‘och simlarida, daraxt shoxlarida, tom bo‘g‘otidan chiqib turgan yog‘och uchlarida. Bo‘g‘ot –Qamish solib yopilgan tomning devordan tashqariga chiqib turgan qismi. Biroq qaytib kelgan kuni kimsasiz bozorga kirib huvillab yotgan rastalarni ichki bir mamnuniyat bilan aylanib ko‘rarkan, bozor odog‘idagi kichkina darcha qattiq itarilib, ochilib ketdi. Odog` - pastki joy,pastki qism. — Bahay? Tinchlikmi? — so‘radi bozor ishchisi. Bahay- Nima gap, qalay; tinchlikmi; yaxshi. Chakki ish bo‘pti. Chakki – 1-ma`noda qo`llanilgan. 1. Yomon; qoniqarsiz. Bu yerda uning turmushi chakki boʻlmadi. S. Anorboyev, Oqsoy — Gʻoʻzalarimiz chakki emas, — d
Доказательный фрагмент
«Эта статья о SH. В повести Холмирзаева “старик” показаны места употребления диалектизмов. В статье исследуется значение диалектизмов в образе жизни населения, в процессе общения, изучаются активные диалекты на определ…»
Образец извлечения
Демо-превьюЭта статья о SH. В повести Холмирзаева “старик” показаны места употребления диалектизмов. В статье исследуется значение диалектизмов в образе жизни населения, в процессе общения, изучаются активные диалекты на определ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Dialectism, areal dialectics, ethnography, analysis, Dialektizm, etnografizm, areal dialektika, tahlil.
Смежные источники
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021