Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
OʻTKIR HOSHIMOV ASARLARIDA MILLIY RUH TASVIRI
MANAGEMENT AND ECONOMY · Orazbaeva Asal
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
Maqolada XX asr ikkinchi yarmi o`zbek adabiyoti nasrining yirik vakillaridan biri boʻlgan O`tkir Hoshimovning asarlari talqinga tortilgan. Tadqiqot obyekti sifatida yozuvchining “Oʻzbeklar” hikoyasi tanlangan. Kalit soʻzlar: jonli obraz, realistik tasvir, syujet, hikoya, mafkura XX asr ikkinchi yarmi o`zbek adabiyoti, aniqrog`i nasri rivojida O`tkir Hoshimovning munosib o`rni bor. Mustabid tuzum sharoitida u o`zining haq so`zi bilan el orasida e’tibor qozondi.Yozuvchi o`z asarlarida hamisha haq gapni aytishga intildi. Ehtimol, uning hikoya, pyesa, hikoyalarida yuzaki o`rinlar bordir, ammo adib hech qachon yolg`on gap aytmagan, mustabid, mafkura, siyosat ishlariga aralashib vijdonini sotmagan, murosasozlik yo`liga kirmagan. U o`tkinchi mayllarga berilmay, so`z san’atining azaliy muammosi – shaxs jumbog`i, ijtimoiy adolat tuyg`usi ifodasi bilan qiziqdi. Muallif qo`lidagi qalam go`yoki yozmaydi, balkim qalami uchidan so`zlar musiqa singari quyilib keladi uning hikoyalari she’rdek, dostondek o`qiladi, ular yakka so`zda chalingan dilrabo kuydek yangraydi, hikoyalari ko`p ovozli simfoniyani eslatadi, hatto uning badiiyalari, publisistik maqolalarini o`qiganda inson ko`ngil xazinasining, tuyg`ularining xilma-xil jilolari mujassam, oddiy maishiy kechinmalardan tortib ulkan ijtimoiy mushohadalar, keskin ruhiy dramalar, fojiyalar, qabohatlar haqida qalam tebratganda ham ajib samimiyat, hazin va nurli bir kuy aks-sado berib turadi. O`tkir Hoshimov nasrini kitobxonga manzur qilgan joziba sirlaridan biri shunda. Adabiyotshunos Abdug`afir Rasulov o`zining ardoqli adib asarida “O`tkir Hoshimov inson, iste’dodli yozuvchi, lavozimdagi rasmiy shaxs. Aqlli, dono inson… U – ko`p betakror adabiy qahramonlar yaratgan taniqli yozuvchidir”(Rasulov A. 2001: 76). -deydi. Biz adibning “O`zbeklar”hikoyalar to`plamidagi “O`zbeklar” hikoyasidagi olg`a surilgan g`oyalar haqida to`xtalmoqchimiz. “O`zbeklar” hikoyasi shunday boshlanadi.“Otinoyining hovlisi past ko`chaning etagida.Uyi ham boshqalarnikidan ajralib turadi.Ikkita derazali pastak uy. Boshqalarning derazasi oldida gilos bo`lsa, Otinoyinikida ikki tup tut bor. Boshqalarning tomi tunuka bo`lsa, Otinoyining tomi shifer. Hammaning tomida televizor antennasi bor. Otinoyinikida yo`q.Ammo uning uyi hamisha hammanikidan gavjum bo`ladi”(Hoshimov O`. 2006: 33). Adib bu yerda kambag`al bir oilani tasvirlagandek seziladi, aslidachi fan 25 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference kandidati, trest boshqaruvchisi Iskandar Vahobovichning onasining uyi, har bir xalq yoki millatning o`z urf-odatlari, an’analari bor bunday urf-odatlarni Otinoyi va qo`shni kelin o`rtasidagi munosabatlarda ochib berganday nazarimizda. Shuningdek Otinoyi obrazida o`zbek ayolining o`z umir yo`ldoshiga, oilaga, farzandiga bo`lgan kuchli mehri va sadoqati tasvirlanadi, bundan tashqari urushga ketgan umir yo`ldoshining qaytib kelmaganida, oddiy bir o`zbek oilasiga yetkazgan sitamlarini u haqda ko`p to`xtalmagan holatda kitobxonlar ongiga yetkazib berganini ko`rishimiz mumkin. Kelinoyi obrazi orqali adib butun o`zbek kelinlariga xos fazilatlarni namoyon etgandek, yani qo`shni kelin bo`lishiga qaramay Otinoyi unga o`z kelinidek muomala qilishida o`zbek xalqining bir-biriga mehrini ko`ramiz.Xalqimizda bir ibora bor “Yaxshisini oshirib yomonini yashiradi’’ bu ibora Otinoyi uchun aytilgan, balki butun o`zbek onalari uchun aytilgan desak, aslo adashmagan bo`lamiz. Otinoyining yolg`iz o`g`li Iskandarni katta qilib oliy o`quv yurtida o`qitishi buning evaziga yolg`iz o`g`il Iskandarning uylangandan keyin xotini Gulandomning onasi nomiga aytilgan yomon so`zlariga ham munosib javob qaytara olmaydi. Hikoyaning eng kuliminatsion nuqtasi shundaki “Otinoyi sandiqdan birma bir o`limliklarini olib “ko`z-ko`z” qilyapdi.- Mana bu –kafanlik,-deydi u bejirim o`ralgan dokani ko`rsatib. Muattar xola dokaning bir uchini chimchilab ko`radi. –Yaxshi misqoli doka ekan. Iskandarim ataylab Moskovdan obkelgan. – Otinoyi kerilib qaddini rostlaydi.” ”(Hoshimov O`. 2006: 33). Bir boqishda oddiy bir voqeaday tuyuladi. Adib bu bilan nima demoqchi chuqurroq tahlil qilsak, o`zbek xalqi qadriyatlaridan kelib chiqsak qaysi farzand o`z onasiga kafanlik olib keladi.Kafanlik deganimizning o`zida insonning beixtiyor etlari jimirlab ketadi. Otinoyi bironta yangi ko`ylagi bilan maqtana olmaydi faqatgina 3 yil oldin o`g`li olib bergan kovushi va 3 oy oldin 8-martga olib kelgan 4 quti choyni har mehmonlar kelganda qo`shni kelinga Iskandarim olib kelgan dutor chalib turgan choydan damlang deya olardi xolos. Hikoyaning eng kuliminatsion nuqtasi Baxri xola va qo`shnilariga o`limliklarini ko`rsatib o`tirgan holda vofot etishida. Adib bu yerda o`zbek xalqidagi dafn marosimlariga bo`lgan munosabatlarni ham tasvirlaganday ya’ni Otinoyining tobutini katta ko`chaga olib chiqqanda ko`chadagi o`tkinchi odamlarning kim bu kishi deganlarida Otinoyim bo`ladi deyishganda savobi tegsin deyishgancha tobutni ko`tarishga shoshisha
Доказательный фрагмент
«Maqolada XX asr ikkinchi yarmi o`zbek adabiyoti nasrining yirik vakillaridan biri boʻlgan O`tkir Hoshimovning asarlari talqinga tortilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada XX asr ikkinchi yarmi o`zbek adabiyoti nasrining yirik vakillaridan biri boʻlgan O`tkir Hoshimovning asarlari talqinga tortilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jonli obraz, mafkura XX asr ikkinchi yarmi o`zbek adabiyoti, syujet, hikoya, aniqrog`i nasri rivojida O`tkir Hoshimovning munosib o`rni bor., realistik tasvir
Смежные источники
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011
Экономика и инновационные технологииФ Насриддинов2012