Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
TASHQI SAVDO SOHASIDA MAMLAKATDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
MANAGEMENT AND ECONOMY · OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR · Abduraxmonova N.
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2022
Аннотация
This article describes the foreign economic activity of modern clothes produced and prepared as a result of the reforms implemented in the country, as well as the scope of the work carried out in the field of foreign trade. 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha taraqqiyot strategiyasida eksport salohiyatidan tizimli foydalanish yo‘nalishlarini tashkil etishda; eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish kabi qator vazifalarning amaliy ijrosi eksport tarkibida diversifikatsiyalash jarayonlarini ortishiga ta’sir ko‘rsatdi [1]. Mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat korxonalarini tashkil etish, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mahsulotlarini eksport qilishni qo‘llab- quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish, mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan o‘sishiga, mamlakatimizning eksport salohiyati izchil yuksalishiga xizmat qiladi. Darhaqiqat, «Made in Uzbekistan» yorlig‘i tushirilgan mahsulotlarimiz dunyo bozorlaridan mustahkam joy olmoqda. Korxonalarimiz jahonga qariyb barcha turdagi tovarlarni – oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, qurilish materiallaridan tortib yuqori texnologiyali zamonaviy texnikalargacha taklif 105 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference etmoqda. Xalqaro andozalar asosida ishlab chiqarilayotgan bu mahsulotlar yuksak sifati bilan xorijlik iste’molchilarga manzur bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbarining 2016 yil 16 martdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub’ektlari salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda[2]. Jamg‘arma ko‘magida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari chet ellarda o‘tkazilayotgan yirik xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda faol ishtirok etib, o‘z mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish, eksport geografiyasini kengaytirish, xaridorlar topish va shartnomalar tuzishga muvaffaq bo‘lmoqda. Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek[3], to‘qimachilik sanoati mahsulot eksportini yiliga qariyb 300 million dollarga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, tayyor tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari eksport geografiyasini yanada diversifikatsiya qilish ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, 2021 yilda deyarli barcha MDH davlatlariga etkazib berilgan bo‘lsa, shundan 52,5 Rossiya bozoriga to‘g‘ri kelga[4]. Davlat Statistika qo‘mitasi 2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi[5]. Tashqi savdo aylanmasi unga ko‘ra 2021 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 36 299,3 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2019- yilga nisbatan 5 451,7 mln. AQSH dollariga yoki 13,1% ga kamaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (772,3 mln. AQSH dollari), Qirg‘iz Respublikasi (610,1 mln. AQSH dollari), Tojikiston (307,2 mln. AQSH dollari), va Eron (33,2 mln. AQSH dollari) shular jumlasidandir. 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 32,6% ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2019- yilga nisbatan ulushi 2,0% ga kamaygan. Eksport bo‘yicha 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 6 109 tani tashkil etib, ular tomonidan 9 323,3 mln. AQSH dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2019- yilning mos davriga nisbatan 25,7% ga kamaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi eksporti dekabr oyida 930,4 mln. AQSH dollari qiymatida qayd etilib, o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 673,5 mln. AQSH dollariga kamaydi. 106 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Import bo‘yicha 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida import hajmi 21 171,5 mln. AQSH dollarini va 2019- yilga nisbatan 87,2% ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,6%), sanoat tovarlari (16,9%) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar (13,7%) hisobiga to‘g‘ri keldi. 2021 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 147 davlatdan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi. Etti yirik hamkor davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston, Turkiya, Germaniya va CHexiya Respublikasi) jami importning 71,9% ulushini tashkil qildi, bu 15 228,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.O‘zbek
Доказательный фрагмент
«This article describes the foreign economic activity of modern clothes produced and prepared as a result of the reforms implemented in the country, as well as the scope of the work carried out in the field of foreign…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the foreign economic activity of modern clothes produced and prepared as a result of the reforms implemented in the country, as well as the scope of the work carried out in the field of foreign… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mln aqsh, tashqi savdo, aqsh dollari, xususiy tadbirkorlik, tadbirkorlik sub, savdo aylanmasi, yilning yanvar-dekabr
Смежные источники
Экономика и инновационные технологииSherov Anvar Umarovich, M.Ikbola street2019
Экономика и инновационные технологииХилола Умарова2021
Экономика и инновационные технологииИҚТИСОДИЙ САМАРАДОРЛИГИНИ БАҲОЛАШ, Жалолова Мадина Шопўлат қизи2021