Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Mintaqada klasterlar samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvlar
INNOVATSION YONDASHUVLAR · Sharipova Zulayho Abdirimovna
Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Xorazm viloyati mintaqasida klasterlar samaradorligini oshirishdagi innovatsion yondashuvlar va ularning xususiyatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: klaster, baholash, samaradorlik, innovatsion klister, kognitiv klaster. Mintaqada klasterlar samaradorligini oshirish uchun innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish klasterlarning xilma xil turlarini joriy qilish bilan belgilanadi. Shulardan eng muhimi kognitiv va innovatsion klasterlarni joriy qilib, ularni amalga oshirish yo‘nalishlarini mos iqtisodiyot sohalariga tadbiq qilish lozim. Bu klaster shaklida iqtisodiyot tarmoqlarining samarali rivojlanishini ta’minlaydi. Ya’ni, iqtisodiyotda klaster faoliyati xususiyatlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni mintaqaviy boshqarish sohasidagi tendensiyalarni hisobga olgan holda butun tarmoq majmuasini tarkibiy o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Bu borada mintaqani ushbu sohada va butun mintaqaviy iqtisodiyotda sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishga imkon beradigan klaster shaklidan foydalanish lozim. Bunday hududiy tizim kognitiv klaster bo‘lib hisoblanadi. Shu bois, kognitiv klasterni mintaqaning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun bilimlarni yaratish va boshqarishning ilmiy-ijtimoiy texnologiyalaridan foydalanadigan hududiy integratsiya tizimi sifatida aniqlash mumkin [1]. Kognitiv klasterning maqsadi aholining inson kapitalining o‘sishi tufayli mintaqada moslashuvchan texnologik ijtimoiy-iqtisodiy makonni shakllantirish bo‘lib sanaladi. Kognitiv klasterning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: - mintaqaviy subyektlarning sifat jihatidan yangi ijtimoiy darajada ishlashiga imkon beradigan kognitiv infratuzilmani shakllantirish; - kognitiv resurslarning rivojlanishini rag‘batlantirish; - kognitiv texnologiyalarning rivojlanishini rag‘batlantirish va ularni qo‘llash sohalarini kengaytirish; - bilish texnologiyalari va ularning mahsulotlariga iste’molchilar talabini shakllantirish; - bilish texnologiyalari natijalarini eksport qilish. Kognitiv klaster quyidagi asosiy unsurlarga asoslanadi: - kognitiv manbalar: a) kollektiv ong. b) axborot. v) innovatsiya. - kognitiv texnologiyalar: 702 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi a) bilim texnologiyalari. b) ijtimoiy telekommunikatsiya texnologiyalari. v) tabiatdan foydalanish texnologiyalari. - kognitiv kompetensiyalar: a) o‘z-o‘zini rivojlantirish. b) ijtimoiy va ijodiy faoliyat. v) strategik fikrlash. Shular bilab birga, kognitiv klasterni boshqarish tamoyillari quyidagi turlarga bo‘linadi: - dialogik usul. Qaror qabul qilishda demokratik boshqaruv uslubi hukmron ko‘pchilikning fikriga asoslanadi. Jamoaviy aks ettirish asosida mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish yo‘nalishining yagona pozitsiyasi shakllanadi. - ochiq axborot maydoni. Mavjud ma’lumotlar sodir bo‘layotgan jarayonlarga tez va samarali javob berishga imkon beradi. Bu klasterning har bir a’zosining malakasini oshiradi va strategik fikrlashni amalga oshirishga imkon beradi. - faoliyatni aniqlash. Ushbu yondashuv asosiy jihatlar bo‘yicha faoliyat mezonlarini belgilaydigan asosiy aniqlovchilarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. - tarkibning o‘zgaruvchanligi. U doimiy ravishda o‘zgarishi, rivojlanishi hamda barcha yangi aloqalar va birlashmalarni yaratishi kerak. Mazkur klaster tuzilmasining samarali ishlashi shartlari esa quyidagi yo‘nalishlardan iborat bo‘ladi: - ijtimoiy jamiyatning moslashuvchanligi va faolligi. - kollektiv rejalashtirish. - yuqoridan pastga moliyalashtirish. Fikrimizcha, Xorazm viloyatida tarmoqlararo klasterlar samaradorligini oshirish uchun innovatsion klasterlar siyosatini ishlab chiqish lozim. Mintaqada innovatsion klasterni shakllantirish uchun shart-sharoitlar zarur bo‘lib, ular quyidagi yo‘nalishlardan iborat bo‘ladi: - ilmiy salohiyatning mavjudligi, ya’ni jahon darajasidagi olimlar, yirik ilmiy markazlar, universitet va ishlab chiqarishni mavjudligi; - ilmiy shahar maqomida ajralib turishi mumkin bo‘lgan institutsional shart- sharoitlarning mavjudligi; - rahbariyat tomonidan iqtisodiy rivojlanishning strategik ustuvor yo‘nalishi sifatida innovatsiyalarni rivojlantirishga oid qaror qabul qilinganida namoyon bo‘ladigan siyosiy shartlarni mavjudligi; - ishlab chiqarish binolarining mavjudligi, ya’ni mintaqa sanoatining innovatsiya darajasi va klasterga kiritilgan alohida korxonalar majmui. Shu bilan birga, klaster ichidagi barcha korxonalarni ishlab chiqarishning innovatsionligi darajasiga va pirovardida “raqobatbardoshlik qutblari”ga erishish uchun zarur shart sifatida muhim talablar ham paydo bo‘lishi kerak. 703 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Innovatsion klaster doirasida innovatsiyalarning eng yuqori samaradorligi tamoyilini amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu tamoyil iqtisodiy barqaror ichki klaster tuzilishini qurishda izchillikni ta’minlash va sanoat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Xorazm viloyati mintaqasida klasterlar samaradorligini oshirishdagi innovatsion yondashuvlar va ularning xususiyatlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Xorazm viloyati mintaqasida klasterlar samaradorligini oshirishdagi innovatsion yondashuvlar va ularning xususiyatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovative cluster, оценка, инновационный кластер, cognitive cluster, klaster, kognitiv klaster, кластер, samaradorlik, innovatsion klister, baholash, cluster, evaluation, когнитивный кластер, efficiency, эффективность
Смежные источники
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021
Экономика и инновационные технологииХилола Умарова2021