К содержанию
РецензированоUZ2014

QISHLOQ HUDUDLARIDA AHOLI O‘RTASIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RA/BATLANTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

MANAGEMENT AND ECONOMY · FAOLIYATINI RA/BATLANTIRISHNING IQTISODIY · MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI · Mamajonova Saida Vaxabjonovna

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 386 · 2014

Аннотация

Mazkur maqolada kambag‘allikka qarshi kurashishning o‘ziga xos jihatlari va dunyo mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish borasida qishloq tadbirkorligini rivojlantirilishi zarur bo‘lgan ustivor vazifalar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: barqaror rivojlanish, kambag‘allik, qashshoqlik, yashash minimumi, iste’mol savatchasi, aholi daromadlari, inson kapitali, kambag‘allik tuzog‘i. Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti turli moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy inqirozlarning kuchayishi, mamlakatlar o‘rtasida turli savdo urushlarining avj olishi natijasida dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi ijtimoiy- iqtisodiy aloqalarning cheklanishi kabi jarayonlar bilan tavsiflanadi. Buning natijasida esa, dunyoning ko‘pgina milliy iqtisodiyotlarda YaIM o‘sishining sekinlashuvi, real daromadlarning pasayishi, ijtimoiy tabaqalanishning chuqurlashuvi va qashshoqlikning ortishi kuzatilmoqda. Kambag‘allik va qashshoqlik muammosi dunyo miqyosidagi global muammolardan biri sanaladi, shu sababdan BMT Bosh Assambleyasining 2014 yil avgust oyida o‘tkazilgan sessiyasida mazkur muammo 2030 yilgacha bo‘lgan muddatda sayyyoramizni barqaror rivojlantirishning asosiy maqsadlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Kambag‘allik muammosi rivojlanayotgan mamlakatlar qatori O‘zbekiston uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda kambag‘allik mamlakatimizda turli ko‘rinishlarda: xususan, yashash minimumidan past darajadagi daromadga ega bo‘lgan shaxslar ulushining yuqoriligi; ijtimoiy barqarorlikka tahdid tug‘diruvchi ish haqi va daromadlar darajasi bo‘yicha aholi qatlamlarining tabaqalanishi; daromadlarning asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari uchun sarflanishida namoyon bo‘luvchi iste’mol xarajatlarining nooqilona tuzilmasi; ayniqsa hozirgi inqiroz sharoitida aholi katta qismining kambag‘allik domiga tushib qolish xavfining yuqoriligi; hududlar kesimida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi-ning farqlanishi kabilarda namoyon bo‘ladi. 19 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Ijtimoiy-iqtisodiy ta’minlanganlik darajasi past bo‘lgan uy xo‘jaliklarining moddiy ahvolini yaxshilash, ularning ijtimoiy takror ishlab chiqarish munosabatlari jarayonida faol ishtirokini ta’minlash har qanday mamlakat hukumati tomonidan amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi. Kambag‘allik - muayyan maqbul turmush darajasini ta’min eta olmaslikdir. Bir so‘z bilan aytganda, bu muayyan bir shaxs yoki oilaning zaruriy ehtiyojlari darajasining ularni qondirish imkoniyatlaridan oshib ketishidir. Mutloq, nisbiy va sub’ektiv kamabag‘allik tushunchalari farqlanadi. Insonning oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy bo‘lgan birlamchi fiziologik ehtiyojlarini to‘liq yoki qisman qondira olmaslik holati mutloq kambag‘allik tushunchasini ifoda etadi. Kambag‘allik darajasining miqdoriy hisob-kitoblari to‘g‘risida dastlab, ingliz olimlari Charlz But va Sib Rauntrilar fikr yuritishgan va ular tomonidan “kambag‘allik chegarasi” tushunchasi ilmiy muomalaga kiritilgan[2]. Kambag‘allik chegarasi insonning faqat eng muhim bo‘lgan birlamchi oziq-ovqat, kiyim-kechaklarni sotib olish va istiqomat qilish uchun etarli bo‘lgan daromadlarning minimal miqdorini ifoda etadi. Jamiyat rivojlanishi bilan hayot uchun zarur buyum va xizmatlar majmui kengaya borsada, lekin yuqorida tilga olib o‘tilgan usul o‘z mohiyatini yo‘qotganicha yo‘q. Biror bir shaxs yoki oilani kambag‘allar toifasiga kiritish ularning nimaga egalik qilishlariga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Kambag‘allik borasida yanada aniqroq ta’rif Jahon Banki tomonidan berilgan bo‘lib, unga ko‘ra kambag‘allik chegarasi 2015-yildan boshlab, kuniga 1,25 dollardan 1,90 dollargacha ko‘tarilgan. Kuniga 3,20 dollarga kun kechirish o‘rtacha daromadga ega bo‘lgan mamlakatlardagi kambag‘allik chegara-sini aks ettirsa, kuniga 5,50 dollarga kun kechirish o‘rtachadan yuqori daromadga ega bo‘lgan mamlakatlarda kambag‘allik chegarasini aniqlashda asosiy mezon hisoblanadi. Hukumat oldida 2026 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM miqdorini 2 800 dollarga yetkazish va 2030 yilga borib esa 4000 dollardan oshirish va o‘rta daromadli mamlakatlarning yuqori guruhiga kirish vazifasi turibdi. Bugungi kunda kambag‘allikning favqulodda ko‘rinishi bo‘lgan qashshoqlik dunyodagi eng katta va aytish mumkinki, og‘riqli muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Qashshoqlik-bu insonning kuniga 1,90 dollarga yoki undan ham kamroq mablag‘ hisobiga kun kechirishini anglatadi. Shu bilan bir qatorda, qashshoqlik-bu insonning kambag‘allik chegarasidan ham past darajada 20 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference daromadga ega bo‘lishini va insonning shunchaki hayotda mavjud bo‘lishini aks ettiradi. Kambag‘allik chegarasi kuniga 1,90 dollar etib belgilangan bo‘lsada, har bir mamlakat o‘zining rivojlanish darajasi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kambag‘allik chegarasini be

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada kambag‘allikka qarshi kurashishning o‘ziga xos jihatlari va dunyo mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish borasida qishloq tadbirkorligini rivojlantirili…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada kambag‘allikka qarshi kurashishning o‘ziga xos jihatlari va dunyo mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish borasida qishloq tadbirkorligini rivojlantirili… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kambag‘allik, iste’mol savatchasi, inson kapitali, kambag‘allik tuzog‘i., yashash minimumi, barqaror rivojlanish, aholi daromadlari, qashshoqlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники