К содержанию
РецензированоRU2024

АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА НАЛОГОВЫЙ ПОТЕНЦИАЛ РЕГИОНОВ

OMILLARNING SAMARADORLIGI TAHLILI · Turdiqulova Gulmira · ПОТЕНЦИАЛ РЕГИОНОВ · Турдикулова Гульмира

Экономическое развитие и анализ · 2024

Аннотация

This article analyzes macroeconomic indicators affecting the tax potential of regions. The system of budget-tax policy measures to increase the tax potential of the regions, the ability of the regions to pay taxes, the relations that take place in the process of their increase and tax collection are explained on the basis of foreign experience. Factors affecting the tax potential of regions in the formation of local budget revenues were analyzed by dividing them into groups. Key words: taxes, tax capacity, local budget, legal entities, tax revenues, tax audits. 240 IV SON - APREL, 2024 240-244 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel www.e-itt.uz Кirish. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda avvalombor, soliq siyosati samaradorligini oshirish, soliq turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish, soliq yuki xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida optimal taqsimlash soliq tizimi oldida turgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi davlat boshqaruvida mahalliy budjetni toʻldirish siyosatini samarali tashkillashtirish har bir hududni iqtisodiy-ijtimoiy yuksalishidagi muhim jihatlarni aniqlashda asosiy oʻrinni egallaydi. Budjetga soliqlarni va toʻlovlarni oʻz vaqtida tushishi boʻyicha hududlar salohiyatini aniqlash, mahalliy budjet daromadlarini shakllantiruvchi omillarni toʻlov qobiliyatini oshirish va kelib chiqishi mumkin boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy salbiy natijalarni oldindan aniqlash zaruriyat hisoblanadi. Natijada, hududlarni soliq toʻlay olish qobiliyatini aniqlash, qanday qilib budjet daromadlarini koʻpaytirish mumkin degan savollar paydo boʻla boshlaydi. “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yoʻnalishdan iborat 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining uchinchi yoʻnalishda “milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish sur’atlarini ta’minlash” sifatida belgilandi. Albatta bu yoʻnalishning 29-maqsadida 2026-yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish vazifasi qoʻyildi69. Adabiyotlar sharhi. Iqtisodiy adabiyotlarda soliq salohiyati tushunchasi 1970-yillarda A.Volkov tomonidan talqin qilingan. U oʻz qarashlarida soliq potensialining absolyut va nisbiy shakllarini farqlash lozimligini taʼkidlab, absolyut soliq potensialini “moliyaviy resurslar oʻsishi bilan birday” talqin etgan. Pelevin fikriga koʻra, bugungi kunda soliq salohiyatini baholash ahamiyatli topshiriqlardan biri hisoblanadi, bu nafaqat budjetga tushadigan soliqli tushumlarni oʻsishini, shuningdek ushbu hududning soliq va boshqa tushumlari tushushi prognoz darajasini aniqlash imkonini beradi. Chun-Yan Kuo soliq salohiyatini soliq toʻlovchilarning soliq toʻlay olishi yoki davlatning daromad olish qobiliyati tarzida ifodalaydi70. A.M.Lyando ham soliq munosabatlarini umumiy pul munosabatlaridan ajratib olishga harakat qilib “soliq sigʻimi” tushunchasini izohlashga harakat qilgan va “soliq sigʻimi koeffitsenti”ni qoʻllashni taklif etgan (Xudoyqulov, 2019). Biroq u ham soliq sigʻimi tushunchasini moliyaviy resurslar tushunchasi bilan birday ifoda etgan. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlar tomonidan ham hududlar soliq salohiyati haqida fikr- mulohazalar va yondashuvlar bildirilgan. Jumladan, F.Mirzayev oʻz ilmiy izlanishlarida “soliq yigʻiluvchanligi darajasini hududlar soliq salohiyati asosida baholash uslubini taklif etgan hamda hududning joriy hisobot davri uchun soliq salohiyatini hisoblash boʻyicha oʻz yondashuvini bildirgan”. A.Islamkulovning fikricha «hudud soliq potensiali soliq toʻlovchilar soliq potensialidan iborat boʻlib, mahalliy byudjetlar soliqli daromadlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi asosiy, yirik soliq toʻlovchilarning soliq potensialidan tarkib topadi (Bozorova, 2012). U.U.Pardayev davlat budjeti daromadlarini rejalashtirishda soliq potensialidan foydalanish zarurligini e’tirof etgan holda, soliq potensiali yuzasidan oʻz qarashlarini ilgari surgan (Malikov, 2002). O.Meyliyev soliq potensialini hududlar miqyosidagi soliq yigʻimlarining mumkin boʻlgan yuqori darajasini aks ettiruvchi va budjet resurslari fondini hosil qilish bilan bogʻliq boʻlgan davlat, korxonalar va fuqarolar oʻrtasida paydo boʻluvchi imperativ moliyaviy munosabatlar yigʻindisini tavsiflovchi iqtisodiy tushunchadir (Farmon, 2022) deb aytib oʻtgan. 69 https://lex.uz/uz/docs/-5841063 70 Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlari https://soliq.uz/page/asosiy-korsatkichlar 241 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel www.e-itt.uz Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotni amalga oshirishda ilmiy abstraktsiya, tahlil va sintez, ilmiy va umumiy tahlil, qiyoslash, oʻzaro solishtirma tahlil usullaridan keng foydalanilgan. Tahlil va natijalar muhokamasi. Ma’lumki, davlat budjet daromadlari umumdavlat va mahalliy soliqlardan tashkil topgan boʻlib, mahalliy budjet daroma

Доказательный фрагмент

«This article analyzes macroeconomic indicators affecting the tax potential of regions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes macroeconomic indicators affecting the tax potential of regions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
taxes, tax capacity, local budget, legal entities, tax revenues, tax audits, soliqlar, налоги, юридические лица, soliq salohiyati, yuridik shaxslar, налоговые поступления, soliq tushumlari, местный бюджет, mahalliy byudjet, налоговый потенциал
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники