К содержанию
РецензированоUZ1991

O‘zbekiston-Yevropa ittifoqi iqtisodiy munosabatlari boshlanishining dastlabli davri

O‘ZBEKISTON-YEVROPA ITTIFOQI IQTISODIY MUNOSABATLARI · BOSHLANISHINING DASTLABLI DAVRI · Xalmatova Komila Shuxrat qizi

Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 1991

Аннотация

O‘zbekistonning ayni damda mahalliy va xalqaro maydonda olib borayotgan siyosati xorijiy davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqi bilan erkin iqtisodiy munosabatlarga imkoniyat yaratayabti. Mazkur maqolaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan olib birgan integratsiyalashuv jarayonini tahlil qilish hamda ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilgan istiqbolli g‘oyalarni o‘rganishdan iborat. Maqolaning ilmiy va amaliy dolzarbligi Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini internalizatsiyalashda tutgan o‘rnini o‘rganishdan iborat. Unda tarixiy, qiyosiy, event-tahlil va induksiya ilmiy metodlaridan foydalanilgan. 1991- yilda qabul qilingan “Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma” o‘zaro iqtisodiy aloqalarga yo‘l ochgan bo‘lib,munosabatlarning keying davrida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonni markazlashtirilgan Sovet uslubidagi iqtisodiy tuzilishidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishiga, O‘zbekistonni 9-benefitisar davlat deb qabul qilin, u eksport qilgan tovarlarga imtiyozli bojlarni joriy qilishga va inson kapitalini mustahkamlashga qaratilagan loyihalarni amalga oshirishga sababchi bo‘ldi. Maqolaning ilmiy ahamiyati unda zamonaviy xalqaro munosabatlarda Yevropa Ittifoqi- O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha eng yangi bilimlar tahlil qilinganidan iborat. U soha mutahasisslari va ilmiy izlanuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar. Yevropa Ittifoqi, O‘zbekiston, integratsiya, istiqbolli g‘oyalar, sheriklik, iqtisodiy hamkorlik Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar Sovet Ittifoqi qulashi fonida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari asosida yo‘lga 159 qo‘yildi. Mustaqillikka erishgandan so‘ng, Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston, markazlashtirilgan Sovet uslubidagi iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tqazishda jiddiy muammolarga duch keldi [1]. Bularga javoban, Yevropa Ittifoqi mintaqadagi iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy va texnik yordam berdi. 1991-yildan beri kuchda bo‘lgan “Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma” o‘zaro aloqalarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bordi [2]. Hozirgi kunda O‘zbekistonning mahalliy va mintaqaviy siyosatidagi yangicha dinamika davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichiga yo‘l ochadi. Shubhasiz, zamonaviy dunyoda sodir bo‘layotgan geosiyosiy kelishmovchiliklar bu jarayonlarga ta’sir etmay qolmaydi. Shuning yuzasidan, bu maqola o‘zaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish yo‘lini va amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan istiqbolli loyihalarni o‘rganishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiy hamkorlikning boshlanishi Mustaqillikning birinchi kunlaridanoqYevropa Ittifoqi O‘zbekiston Respublikasi bilan diplomatil aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Ikki davlat o‘rtasida “Anglashuv Memorandumi” imzolanib, bu hujjat ikki tomonlama munosabatlarga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi [3]. Yevropa Ittifoqi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish uchun Post-Sovet hududida joylashgan davlatlar bilan “Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma” ni imzoladi. Ushbu shartnomaga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi ushbu davlatlarni ochiq bozor iqtisodiyotini qurishda va tadbirkorlik uchun sog‘lom muhit yaratishda qo‘llab- quvvatlaydi hamda savdo aloqalarini yaxshilash uchun moliyaviy yordam ajratadi [4]. Yaqindagina mustaqillikka erishgan O‘zbekiston uchunbu shartnoma katta ahamiyatga ega bo‘lib, ichki va tashqi iqtisodiy siyosatni shakllantirishda yordam berdi. 160 TACIS O‘zaro aloqalarning keyingi yillarida Yevropa Ittifoqi Mustaqil Davlatlar Hamdovstligi davlatlariga texnikaviy yordam berishni nazarda tutgan TACIS (Technical Assistance to Commonwealth of Independent States) loyihasini amalga oshirdi va O‘zbekiston han bevosita ushbu loyihaning ishtirokchisga aylandi [5].Bu loyiha yaqindagina mustaqillikka erishgan davlatlar (NIS) va Yervopa Ittifoqi o‘rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarni mustahkamlashni ko‘zda tutgan bo‘lib, davlatlarning bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyatga aylanishiga yordam berdi. O‘zbekiston TACIS bilan olib borilayotgan islohotlarga ehtiyotkorlik bilan yondashdi. 1996- yilga kelib yalpi ichki mahsulotning pasayishi 2 foizgacha qisqartirildi, davlat tomonidan boshqariladigan korxonalarning 80 foizi xususiylashtirildi [6]. Xalqaro Valyuta Fondi yangicha shakllanayotgan iqtisodiy muhitga ko‘maklashish uchun 258 million yevro miqdorda mablag‘ ajratdi [5]. 1996- 1999-yillarda asosiy e’tibor makroiqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va hukumatning sektorlraro siyosatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi. Iqtisodiy va instotutsional refirmatsiyalar, agrosanoat, energiya va telekommunikatsiya infrastrukturasi tayanch yo‘nalishlar sifatida tanlab olindi. Dasturni amalga oshirish uchun 57 million yevro ajratildi va undan 22 million yevro 1996- 1997- yillardagi faoliyatga yo‘naltirildi. 1993-yilda loyiha hech qanday moliyalashtirilmagan bo‘lsada, 1996- yilda jami 28 million yevro investitsiya sanab yuqorida sanab o‘tilgan soh

Доказательный фрагмент

«O‘zbekistonning ayni damda mahalliy va xalqaro maydonda olib borayotgan siyosati xorijiy davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqi bilan erkin iqtisodiy munosabatlarga imkoniyat yaratayabti.»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbekistonning ayni damda mahalliy va xalqaro maydonda olib borayotgan siyosati xorijiy davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqi bilan erkin iqtisodiy munosabatlarga imkoniyat yaratayabti. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbekistan, Yevropa Ittifoqi, экономическое сотрудничество, Евросоюз, sheriklik, перспектива идеи, istiqbolli g‘oyalar, European Union, O‘zbekiston, partnership, Узбекистан, интеграция, perspective ideas, integration, economic cooperation, партнерство, iqtisodiy hamkorlik, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники