Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashning nazariy asoslari
NAZARIY ASOSLARI. · Toʻychiyev Dilshod Sharof o‘g‘li
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi kunda tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashni takomillashtirish, banklar aktivlari va passivlari tarkibi, banklar rentabellik darajasini oshirish, mavjud bank risklarini samarali boshqarish zaruriyatini to’g’risida so’z yuritilgan. Kalit so’zlar. banklar faoliyati, moliyaviy barqarorlik, baholash mezonlari, funksional tuzilma, tijoriy barqarorlik. Banklar tashkil topgandan beri bugungi kunga qadar, banklar faoliyatini mustahkamlash, ular barqarorligini ta’minlash, risklarni boshqarish masalasi o‘z dolzarbligini hamon yo‘qotmagan. Tarixdan bilamizki, dunyo mamlakatlarida turli inqirozlar bo‘lib o‘tganligi, shuningdek, ushbu inqirozlarda, eng avvalo, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini saqlab qolish masalasi davlatning iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ensiklopedik lug‘atlarda “korxona moliyaviy holati deganda – uning barqaror rivojlanishga qobiliyati”, “korxona moliyaviy holati absolyut-normal va barqaror, nobarqaror va inqiroz holatida kabi farqlanishlar ta’kidlanadi.” Umuman olganda, bir qancha iqtisodchi olimlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligi yuzasidan bir qancha tadqiqiotlar olib borilgani aniqlandi. Lekin, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan farqli ravishda, tijorat banklari asosan jalb etilgan resurslarni o‘z nomidan risk asosida joylashtirishidan kelib chiqqan holda, banklar moliyaviy barqarorligini ta’minlash boshqa sub’ektlarga qaraganda ahamiyati nisbatan yuqori hisoblanishi ma’lum bo‘ladi. “Moliyaviy barqarorlik” tushunchasini ushbu kategoriya iqtisodiy mohiyatini ochish bilan boshlamoq kerak. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “mustahkamlik”, “barqarorlik” va “ishonchlilik” tushunchalari o‘rtasidagi farqlanishlar iqtisodchi olimlar o‘rtasida juda katta faollik bilan o‘rganib kelinmoqda. Shu bois, ushbu iqtisodiy tushunchalar farqli jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tmasdan, ko‘proq barqarorlik va moliyaviy barqarorlik tushunchalari mohiyatini keng yoritishga harakat qilamiz. Barqarorlikni quyidagi asosiy tavsiflari orqali bayon etishga harakat qilamiz: 1) Iqtisodiy sub’ekt faoliyati yuzasidan, iqtisodiy sub’ekt barqarorligi – uning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilangan darajada saqlashi va rivojlanishga qaratilgan harakati tushuniladi. 2) Baholash mezonlari, sub’ekt barqarorligini baholash bir qancha standartlashgan indikatorlarni, ko‘rsatkichlar majmuini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, indikatorlar va ko‘rsatkichlar majmui jamoatchilik tomonidan tan olingan bo‘lishi lozim. Aynan shu bois barqarorlikni iqtisodiy adabiyotlarda boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan birga bog‘langan holda o‘rganiladi. 3) Tushuncha mazmuning yetarliligi, ya’ni barqarorlik vaqt birligida baholanadi. Mana shu vaqt birligida barqarorlikni nafaqat o‘z ko‘rsatkichlari me’yorini saqlaydi, balki unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar ta’sirini, shuningdek, son va sifat ko‘rsatkichlariga, boshqa so‘z bilan aytganda, ichki va tashqi muhitdan qat’iy nazar, barqarorlik rivojlanishga qaratilgan intilishdir. Yuqorida ko‘rib chiqilgan holatlardan kelib chiqqan holda, “barqarorlik” asosiy tushuncha ekanligi va uni xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, makro va mikroiqtisodiy jihatdan kompleks tavsiflash zarur ekanligi aniqlanadi. 705 Bu borada, tadqiqotimizning asosiy e’tibori “barqarorlik” emas, aksincha “moliyaviy barqarorlik”, “xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy barqarorligi” emas, aksincha “tijorat banklari moliyaviy barqarorligi” hisoblanadi. Navbatda tijorat banklari moliyaviy barqarorligi va uning asosiy turlari aks ettirilgan jadval keltiriladi. 1.1.1-jadval Tijorat banklari barqarorligi va uning turlari № Barqarorlik Mazmuni turlari 1. Moliyaviy 1.Tijorat banklari faoliyatining integral ko‘rsatkichlari bo‘lib, barqarorlik bank moliyaviy-iqtisodiy holatini aks ettiradi (o‘z mablag‘lari hajmi va strukturasi, daromad hajmi va foyda miqdori, kapitalga nisbatan foyda miqdori, likvidlilik va boshqalar). 2.Banklar moliyaviy operatsiyalarini boshqarishda informatsion- analitik va texnologik qo‘llab-quvvatlash. 2. Umumiy Tijorat banklari aksionerlik kapitali hajmi bilan aniqlanadi. barqarorlik 3. Tijoriy (tijorat) Tijorat banklarining bozor infratuzilmasiga moslashganligi barqarorlik (banklarning davlat bilan aloqasi, banklararo munosabatlardagi ishtiroki, kreditorlar, mijozlar va omonatchilar bilan munosabatlar sifati, bankning ijtimoiy ahamiyati va boshqalar) 4. Funksional 1. Bank ixtisoslashuvi bo‘yicha barqarorlik 2. Bank universallashuvi bo‘yicha 5. Tashkiliy- Bank alohida faoliyatlarini funksional-texnologik hujjatlar asosida strukturaviy tashkil etilishi va boshqalar barqarorlik Yuqorida ko‘rib chiqilgan, 1.1.1-jadval ma’lumotlarida aks etgan tijorat banklari barqarorligining turlariistalgan tijorat banklarida uchraydi va uni banklar o‘zaro bir-birini bog‘liq holda faoliyatida tahlil etib boradi va o‘rganadi. Tijorat banklari barqarorligi turlarining tahlili, ular ichida eng asosiysi, barqarorlik
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi kunda tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashni takomillashtirish, banklar aktivlari va passivlari tarkibi, banklar rentabellik darajasini oshirish, mavjud bank risklarini samarali…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi kunda tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashni takomillashtirish, banklar aktivlari va passivlari tarkibi, banklar rentabellik darajasini oshirish, mavjud bank risklarini samarali… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- критерии оценки, bank activity, banklar faoliyati, финансовая устойчивость, moliyaviy barqarorlik, evaluation criteria, baholash mezonlari, functional structure, funksional tuzilma, коммерческая стабильность, функционал структура, commercial stability, financial stability, банковская деятельность, tijoriy barqarorlik
Смежные источники
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011
Экономика и инновационные технологииФ Насриддинов2012