К содержанию
РецензированоUZ2026

Innovatsion tadbikorlikni rivojlantirish orqali bandlikni oshirish

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2026

Аннотация

Maqolada innovatsion tadbirkorlik sohasini rivojlantirish orqali aholining ish bilan bandligini oshirish yo'nalishlari tadqiq etilgan.Innovatsion faoliyatni shaxsiy tadbirkor sifatida amalga oshirishning afzalliklari va kamchiliklari yoritib berilgan, shu asosida muallifning taklif va tavsiyalari ilgari surilgan. 139 Kalit so'zlar: tadbirkorlik, ish bilan bandlik, mehnat munosabatlari, aholi daromadi va farovonligi, innovatsion salohiyat. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal va samarali rivojlanishi evaziga mikroiqtisodiyotda ro'y berayotgan o'zgarishlarga asoslanib, individual inson kapitalining birlamchi asosini ishchi kuchi emas, balki inson unumli qobiliyatlari tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “Bugun biz davlat va jamiyat xayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo'liga o'tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi ? Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya - bu, kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak” [1.20 b]. Binobarin, bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning, aniqrog'i tadbirkorlik faoliyatining asosiy lokomotivi - bu, innovatsion tadbirkorlikdir. Dunyoning bir qator rivojlangan mamlakatlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda mehnat munosabatlari tajribasini o'rganish natijasida mamlakatimizda ham quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi: - korxona va tashkilotlarda kasbiy o'sish, martaba, kasbiy tayyorgarlik, raqobat borasida munosabatlarning qo'llab-quvvatlanishi; - innovatsion tadbirkorlikni iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mehnatga layoqatli aholi orasida bandlik darajasining oshishi; - korxona va tashkilotlarda bo'sh ish o'rinlari banki va yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarni rag'batlantiruvchi axborotlar bazasining shakllanishi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida innovatsion salohiyatni faol turdagi takror ishlab chiqarish manbaiga aylantirish uchun ish bilan bandlik va mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ishtirokini ta'minlash muhim hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 238,5 mingni tashkil qilib, bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan 9,4 % ga oshib borganligini ko'rish mumkin. Jami tadbirkorlarning 41,6 % ayollar hisobiga to'g'ri keladi. Sohalar bo'yicha o'sish ko'rstatkichi hunarmandchilik (19,3 %), chakana savdo (9,2 %), maishiy xizmat ko'rsatish (8,3 %), boshqa faoliyat turlarida (7 %) ni tashkil qilgan.[2]. Shuningdek, O'zbekistonda aholi ish bilan bandligini ta'minlash va daromadini oshirish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida innovatsion, noan'anaviy ish joylarini ko'paytirish mehnat bozorini barqarorlashtirish imkoniyatlarini yanada keygaytiradi. Shuningdek, innovatsion tadbirkorlik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari va unda bandlikka e'tibor qaratishni lozim deb hisoblaymiz, zero aholi turmush tarzining yaxshilanishi va daromadlarining oshishiga olib keladi. Akademik Q.X. Abdurahmonov fikricha innovatsion tadbirkorlik mehnat munosabatlarining zamonaviy shakli bo'lib, ham aksiyadorlik jamiyati miqyosida, ham kichik korxonada shaxsiy tadbirkor sifatida amalga oshirilishi mumkin [3,480]. Jumladan, innovatsion tadbirkorlik faoliyatini kichik tuzilma - kichik innovatsion korxonasi sifatida amalga oshirishning o'z afzalliklari va kamchiliklari mavjud, innovatsion faoliyatni shaxsiy tadbirkor sifatida amalga oshirishning afzalliklari va kamchiliklari guruhlandi (1-jadval). 1-jadval Innovatsion faoliyatni shaxsiy tadbirkor sifatida amalga oshirishning afzalliklari va kamchiliklari Innovatsion faoliyatni shaxsiy Innovatsion faoliyatni shaxsiy tadbirkor sifatida tadbirkor sifatida amalga oshirishning amalga oshirishning kamchiliklari 140 afzalliklari Biznesni tashkil etishda davlat tomonidan Moliya-xo'jalik, innovatsion va boshqaruv ro'yxatga olishning yengilligi funksiyalarining qo'shib olib borilishi Bankda hisob varaqni ochish tezkorligi Shaxsiy tadbirkorlikni amalga oshirishda kredit olish uchun garov masalasi murakkabligi Soliqqa tortishning soddalashtirilgan Tashqi moliyalashtirish manbalarini topishning tartibi va soliq stavkalarining pastligi murakkabligi Menejmentning soddaligi va buning Ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulot uchun uchun chiqimlarning kamligi mijoz topishning qiyinligi Hisobotlarning soddaligi Majburiyatlar bo'yicha to'liq shaxsiy ma'suliyat Biznesni yuritishda mustaqillik va yuksak KBXTda ish bilan bandlikning zamonaviy shakllarini samaradorlikka erishish uchun tadbiq etish imkoniyatlaridan to'liq foydalanmaslik motivatsiyaning kuchliligi Iqtisodiy, ijtimoiy, migratsion, demografik, munosabatlar ayollarning ish bilan bandligi samaradorligini oshirishda gende

Доказательный фрагмент

«Maqolada innovatsion tadbirkorlik sohasini rivojlantirish orqali aholining ish bilan bandligini oshirish yo'nalishlari tadqiq etilgan.Innovatsion faoliyatni shaxsiy tadbirkor sifatida amalga oshirishning afzalliklari…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada innovatsion tadbirkorlik sohasini rivojlantirish orqali aholining ish bilan bandligini oshirish yo'nalishlari tadqiq etilgan.Innovatsion faoliyatni shaxsiy tadbirkor sifatida amalga oshirishning afzalliklari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tadbirkorlik, ish bilan bandlik, mehnat munosabatlari, aholi daromadi va, labor relations, трудовые отношения, harmony with work, Предпринимательство, связь с работой, уровень и благосостояние населения, innovatsion salohiyat, Entrepreneurship, инновационная способность, aholi daromadi va farovonligi, and innovative capacity, income and welfare of the population
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники