К содержанию
РецензированоUZ2005

Iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish zamonaviy mutaxassis tayyorlashning muhim omili sifatida

IQTISODIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH ZAMONAVIY · MUTAXASSIS TAYYORLASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA · Salimov Esanjon Xusen o‘g‘li

Информатика и инженерные технологии · 2005

Аннотация

Ushbu ishda texnika oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan bo‘lajak iqtisodchilarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirishning muhim omillari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, iqtisodiy kompetentlik, ta’lim tizimi, bo‘lajak mutaxassis, iqtisodiy ta’lim tizimi. Mamlakatimizda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni jamiyatda, iqtisodiyotda, ilm-modul va ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarni anglashni hisobga olgan holda amalga oshirish zarur. Shu munosabat bilan iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish zamonaviy mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda oliy ta’lim tizimida mutaxassislar tayyorlash sifati muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarini kengayishi raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan talabni keckin o‘sishiga olib keldi. Iste’molchi ta’lim xizmatlari mazmuni vasifatini tanlar ekan, egallagan ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi mehnat bozorida va mehnat faoliyati jarayonida qanchalik kerakliligiga hamda muhimligiga e’tibor qaratadi. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish ta’lim tizimida mavjud gorizontal va vertikal munosabatlarni tubdan o‘zgarishiga olib keldi. O‘zbekiston Recpublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvop yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasining “Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan 3-bobi “Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli 574 mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish” deb nomlangan bo‘lib, bunda, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayoniga kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy materiallarni keng joriy etish” [1] bo‘lajak mutaxassislarning zaruriy kompetensiyalarini, ijodiy yaratuvchanlik, tadqiqotchilik, mantiqiy tafakkurini, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi kundagi ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar talabalarni iqtisodiy savodxonligini rivojlantirish, individual ta’lim traektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi muhim resurslari hisoblangan axborotlar va bilimlarni shakllantirishga oid muammolarni bartaraf etishga qaratilgandir. Oliy ta’lim muassasalarida bu vazifalarni amalga oshirishga bosqichma-bosqich o‘tish rejalashtirilgan. Bu esa oliy ta’lim muassasalari pedagoglar oldiga bo‘lajak mutaxassislarni maqsadli ravishda nafaqat mehnat qilish va bilim olishga, balki bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qarama-qarshi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tayyorlikka o‘rgatish vazifasini qo‘yadi. Bu kabi raqobatbardosh bitiruvchilarni faqat ta’lim sohasiga keng ravishda iqtirodiy yo‘nalishni kiritish sharoitida amalga oshirsa bo‘ladi. Yuzaga kelgan sharoit bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirishni talab qiladi: ularning kasbiy malakasi o‘zgaruvchan sharoitga tez moslashish qobiliyati, iqtisodiy kompetentlik, o‘zining iqtisodiy bilimlarini doimiy ravishda mustaqil to‘ldirib borish va ulardan ijodiy foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishda o‘z aksini topadi. Oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keng doiradagi iqtisodiy masalalarni tahlil qilishni bilishi, jamiyat rivojlanishining konservativ va pozitiv tamoyillariga baho berishi, ushbu tub o‘zgarishlarda o‘z nuqtai nazarini bildirishi, amaliy kasbiy faoliyat yuritishga tayyor bo‘lishi va muayyan dunyoni anglash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlapi zarur. O‘zbekiston Recpublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2020 yil 8 yanvar kuni Davlat budjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektorda Prezidentimiz quyidagi jumlalarni keltirdilar: Yagona yo‘limiz – tadbirkorlar sonini ko‘paytirish, odamlarni ishbilarmon qilish! Hozirda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab quvvatlash, tadbirkorlar uchun imtiyozlarni yaratish bo‘yicha, tadbirkorlik faoliyatini yanada takomillashtirish bora

Доказательный фрагмент

«Ushbu ishda texnika oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan bo‘lajak iqtisodchilarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirishning muhim omillari haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ishda texnika oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan bo‘lajak iqtisodchilarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirishning muhim omillari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
система экономического образования, Экономика, economic education system, iqtisodiy ta’lim tizimi, education system, Iqtisodiyot, экономическая компетентность, economic competence, будущий специалист, bo‘lajak mutaxassis, Economy, система образования, future specialist, ta’lim tizimi, iqtisodiy kompetentlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники