Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Ish haqi va mehnat munosabatlari
VA MEHNAT
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 368-370 · 2026
Аннотация
Maqolada ish haqi, ish haqining iqtisodiy mazmuni, yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari, ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari, ish haqining shakllari va turlari, mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni, mehnatga haq to‘lash, ish haqining vazifasi, ish haqi stavkasi,vaqtbay va ishbay ish haqi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: ish haqi, nominal va real ish haqi, mehnat miqdori, ish haqiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, mehnat bozori, ish haqi stavkasi. Ish haqi — mehnatga pul shaklida to‘lanadigan haq; qiymatning o‘zgargan shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi. Ish kuchi qiymati va narxi bevosita ish haqida ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnatbozorida kelishiladi. Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, o‘z ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi bo‘lib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) mehnat qiluvchilarga ma’lum vaqt mobaynida ma’lum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun to‘laydilar. Yollanma xodim uchun ish haqi asosiy daromad manbai hisoblanadi. Ish haqi — yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish qobiliyatiga bo‘lgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish shakli. Shu bilan birga, ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga to‘lanadigan haq ishlab chiqarish xarajatlarining unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid qiladi. Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular o‘rtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldi-sotdisi bevosita xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldi-sotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi o‘rtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir. «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 370 xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. Mehnatga talab uning narxi bo‘lmish ish haqi miqdoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, ya’ni ish haqi oshsa, mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi. Moddiy muhtojlik sharoitida ko‘p ishlab, ko‘p pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi. Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa, ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan ko‘p bo‘lsa, ishsizlik paydo bo‘ladi. Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning xarakteri va ko‘lamiga bog‘liq. Mehnat bozori oshkora va yashirin xarakterda faoliyat ko‘rsatishi mumkin. O‘z ko‘lamiga qarab, mehnat bozori mahalliy-hududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy mehnat bozorida kelgindilar mehnatiga taklif tez o‘sadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi. 2000-yilda Yer yuzida o‘zi tug‘ilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod bo‘ldi. Xalqaro mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda o‘zga millat diasporasi o‘sishiga olib keladi (masalan, 2002-yil AQShdagi xitoyliklar 15 mln. nafardan ortiq bo‘lgan). Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnatning miqdori va sifatiga qarab mehnatga haq to‘lashning, asosan, vaqtbay va ishbay tizimlari qo‘llaniladi. Vaqtbay ish haqi shaklida xodim oladigan ish haqi miqdori ishlagan vaqt bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ish haqi miqdori mehnat unumdorligi va intensivlik darajasiga bog‘liq emas. Ishbay ish haqi xodimning ma’lum vaqt mobaynida tayyorlangan mahsuloti miqdori bilan o‘lchanadi. Ishbay ish haqining ko‘rinishlaridan biri — akkord ish haqi. Bunda jamoa yoki ayrim xodimga ish hajmi oldindan belgilab beriladi, umumiy haq summasi kelishib olinadi. Ish butunlay yakunlanganidan keyin ish haqi oxirigacha to‘lanadi. Ish haqining bunday shaklidan ko‘pincha qurilishda foydalaniladi. Bulardan tashqari aksar mamlakatlarda ish haqidan tashqari mehnatda erishgan yutuqlari uchun mukofotlash ham mavjud. Bular vaqtbay mukofot, ishbay mukofot tizimlari hamda korxonada olingan foyda hisobidan ajratiladigan moddiy rag‘batlantirish fondidan mukofotlash tizimidir, bularmehnatga to‘lanadigan haq darajasini belgilaydi. Ish haqining asosiy vazifasi ishlab chiqarishning bevosita qatnashchisi bo‘lgan xodim hamda uning oila a’zolarining hayot va mehnat faoliyati sharoitlarini ta’minlashidan iborat. Qiymatning mehnat nazari
Доказательный фрагмент
«Maqolada ish haqi, ish haqining iqtisodiy mazmuni, yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari, ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari, ish haqining shakllari va turlari, mehnat munosabatla…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ish haqi, ish haqining iqtisodiy mazmuni, yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari, ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari, ish haqining shakllari va turlari, mehnat munosabatla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nominal and real salary, влияющие на заработную плату, ish haqi, уровень заработной платы, salary, факторы, заработная плата, mehnat miqdori, ish haqiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, mehnat bozori, объем работы, salary rate, номинальная и реальная заработная плата, рынок труда, amount of work, ish haqi stavkasi, factors affecting salary, labor market, nominal va real ish haqi
Смежные источники
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021