Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish
SAITOV SIROJIDDIN ABDUVALIYEVICH · KICHIK BIZNES VA
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 295-298 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada tadbrikorlik va uni tashkil etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlatirish orqali aholining bandligini ta’minlash va shu bilan bir qatorda ishsizlik darajasini qisqartirish masalari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: tadbirkorlik, interprise, tadbirkor, biznes. Tadbirkorlik – (inglizcha-interprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o‘z nomidan, o‘z mulkiy mas’uliya- ti va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor- lik atamasi har qaysi ensiklopedik lug‘atida turlicha tushuntiriladi. Misol uchun, “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida1”gi Qonunda tadbirkorlik boshqacha ta’rif bilan ochib berilgan: “Tadbirkorlik - mulkchilik sub’yektlarin- ing foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida, amalda- gi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishidir”. Bizning fikrimizcha, tadbirkorlik atamasi boshqacharoq ya’ni: bu o‘z mohiyatiga ko‘ra in- son faoliyatning ko‘p qirrali sohasi bo‘lib, u yangilikni yaratish bilan bog‘liq va san’at turi kabi ijodiy jarayondir. Tadbirkorlikning mohiyatini, uning harakat va imkoniyatlari doirasini yaxshiroq tushunib oladigan bo‘lsak, uning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga bo‘lgan qarashlar tizimi rivojini tashkiliy, siyosiy - iqtisodiy va ijtimoiy- psixologik jihatlari umumlashgan holda tahlil qilamiz. O‘zbek olimlar- idan A.O‘lmasov va N.To‘xliyevning tadbirkorlikni “daromad keltiradigan yoki naf beradigan xo‘jalik faoliyati sohibkorlik tijorat ishlari bilan shug‘ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band bo‘lish” , ... “...tadbirkorlik - pul topish maqsadida mas’uliyatni zimmasiga olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish”, deb ta’riflangan. Har sohada bo‘lgani kabi tadbirkorlikda ham maqsad va ahamiyatlari mavjud. Tadbirkorlikning maqsadlari: •Yosh avlodda tadbirkorlik ongini shakllantirish, ularni kichik va o‘rta korxonalar tashkil etishga rag‘batlantirish; •Bo‘ajak yangi va yosh tadbirkorlarni o‘z korxonalarini muvaffaqiyatli saqlash va boshqarish uchun o‘rgatish; 1 https://lex.uz/acts/-75878 STARS International University 297 •Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlarga global ishlab chiqarish va bozor strategiyasi haqida ma’lumot berish; •Tadbirkorlarni atrofmuhitni ifloslantirmaydigan korxonalar tashkil etishga rag‘batlantirishdan iborat. Tadbirkorlik ahamiyatlari: •Tadbirkorlik aholining bo‘sh jamg‘armalarini safarbar qilish orqali kapital shakl- lanishiga yordam beradi. •Bu darhol keng ko‘lamli bandlikni ta’minlaydi. Shunday qilib, bu mamlakatdagi ishsizlik muammosini, ya’ni barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning ildizini ka- maytirishga yordam beradi. •Tadbirkorlik mutanosib hududiy rivojlanishga yordam beradi. •Tadbirkorlik iqtisodiy kuch konsentratsiyasini kamaytirishga yordam beradi. •Bu boylik, daromad va hatto siyosiy hokimiyatni mamlakat manfaati uchun teng ravishda qayta taqsimlashni rag‘batlantiradi. •Bu kapital va ko‘nikmalarning samarali resurslarini safarbar qilishni rag‘batlan- tiradi, aks holda foydalanilmaydi va bo‘sh qolishi mumkin. •Tadbirkorlik, shuningdek, iqtisodiy taraqqiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan mamlakat eksport savdosiga yordam beradi. Aholinimh keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va ularmni daromad man- balarini yaxshilashga qaratilgan “Har bir oila-tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” kabi ijtimoiy dasturlar doirasida jami 13 trillion so‘mdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratilib, 600 mingdan ziyod oilalarni qamrab olishga erishildi. Mamlakatimizning 2018-yildagi ma’lumotga ko‘ra kichik biznesdagi bandlarning 34,2 foizi qishloq xo‘jaligida, 12,7 foizi - sanoatda, 11,6 foizi qurilishda, savdoda 13,4 foizi va 28,1 foizi xizmatlar sohasida band. Nimaga ushbu sohaga katta e’tibor berilayotganligini asosiy sabablaridan biri kichik biznes sohasida ko‘proq ish o‘rinlarini yaratishga, jahon bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirishga yordam berib, mamkalatni eksport salohiyati va aholi daromadlarini oshishiga imkon yaratadi. Xulosa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlatirish orqali aho lining bandligini ta’minlash va shu bilan bir qatorda, ishsizlik darajasini qisqa- rtirishga erishishimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 35.Akramovich N. A. THE PRIORITY OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE AGRICULTURAL EDUCATION SYSTEM //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185-191. 36.Хакимов О. М., Курбанов З. Х., Мухаммедов Ф. Реализация возможностей получения легких наполнителей на основе меньше пластиковых почв в нашей республике //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 5. – С. 176-181. 37.Мухтаров Б. А., Ортиков Ё. Ю. Культурное и экономическое развитие туризма в Узбекистане //Молодой ученый. – 2016. – №. 14. – С. 375-378. 38.Rashidov U., Rashidov A. Assessment of Costs For the Quality of Logistics Activities //INTERNATIONAL JOURNAL OF BUSINESS DIPLOMACY AN
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tadbrikorlik va uni tashkil etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlatirish orqali aholining bandligini ta’minlash va shu bilan bir qatorda ishsizlik darajasini qisqartirish ma…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tadbrikorlik va uni tashkil etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlatirish orqali aholining bandligini ta’minlash va shu bilan bir qatorda ishsizlik darajasini qisqartirish ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- biznes, enterprise, entrepreneur, interprise, tadbirkor, предпринимательство, business, tadbirkorlik, entrepreneurship, предприниматель, дело, предприятие
Смежные источники
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021
Экономика и инновационные технологииХилола Умарова2021