К содержанию
РецензированоUZ2026

BHMS va MHXS konvergensiyasi sharoitida majburiyatlar hisobini takomillashtirish

MAJBURIYATLAR HISOBINI (Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va)

Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 264-267 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada BHMS va MHXS uyg‘unlashuvi sharoitida majburiyatlar hisobini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan, raqamli iqtisodiyot sharoitida majburi- yatlar hisobining o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: majburiyat, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS), joriy ma- jburiyatlar, uzoq muddatli majburiyatlar, raqamli iqtisodiyot. Kirish. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq milliy buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini isloh qilish sharoitida majburiyatlarni o‘z ichiga olgan alohida buxgalteriya ob’yektlarini MHXS talablariga moslashtirishning uslubiy masalalari alohida ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda MHXS talablariga muvofiq tashkilotning majburiyatlarini baholash, tasniflash va tan olish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar mavjud. So‘nggi yillardagi buxgalteriya hisobini isloh qilishdagi ijobiy o‘zgarishlarga qa- ramay, MHXSga o‘tish jarayoniga to‘sqinlik qiladigan qiyinchiliklar uchrab turadi. Mazkur jarayon davlat va bozor munosabatlari sub’yektlari o‘rtasidagi munosa- batlarning zamonaviy modelini shakllantirish bilan uzviy bo‘lishini ta’minlash maq- sadida buxgalteriya hamjamiyati bir qator yangi vazifalarni hal qilishi kerak: biznes amaliyotida strategik ko‘rsatmalarni yaratish, xodimlar faoliyatini rag‘batlantirishni kengaytirish va ularni sheriklikka yo‘naltirish, tashkilot tuzilishini va uni boshqarish tamoyillarini bozor talablariga muvofiq qayta qurish, innovatsiyalarni joriy etishni sekinlashtiradigan omillar ta’sirini kamaytirish va boshq. Majburiyatlar buxgalteriya hisobi va tahlili, auditi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, ularni bevosita “xalqaro biznes tili” sifatida umumtan olingan buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish masalalari mahalliy iqtisodchi olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilgan va qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Mazkur mavzu doirasida so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘plab ilmiy maqolalar, monografiyalar va darsliklar chop qilindi. Bular jumlasiga A.J.Tuychiyev, S.Maxmudov, S.M.Tash- nazarov, F.Sh.Ochilov, A. Kozimjonov va boshqalar1ning ishlarini kiritish mumkin. 1 A.J.Tuychiev. Majburiyatlar buxgalteriya hisobi va tahlilining nazariy metodologik muammolari. Dissertatsiya. i.f.d. – Toshkent. 2011. Maxmudov S. Aktsiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va tahlilini takomillashtirish. Iqt.fan.nom. dis. ...avtoref. – Toshkent: 2006. -22 b. Tashnazarov S.N. Korxonalar majburiyatlarini buxgalteriya balansida aks ettirishni ta- komillashtirish. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalari. - Toshkent, 2016. - №5. B.1-10. (08.00.00; №10). F.SH.Ochilov «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 266 xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. Yuqorida qayd etilgan olimlarning ishlarida joriy va uzoq muddatli majburiyatlar, ularning tan olinish asoslari, tasniflanishi, tahlili va auditining metodologik masalalari tadqiq etilgan. A.J.Tuychiev majburiyatlar buxgalteriya hisobi va tahlilining nazariy metodologik muammolarini tadqiq qilgan bo‘lsa, S.Maxmudov aksiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va tahlilini takomillashtirish masalalarini o‘rgangan. Konvergensiya nuqtai nazaridan majburiyatlarni hisobga olish tamoyillari I. V. Averchyev, J.B. Gorbatova, V. V. Kachalin, N. A. Naumova, I. M. Semyonova va boshqalar tomonidan tadqiqotga tortilgan. Shu bilan birga, mavjud ilmiy ishlanmalarda fuqarolik, buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligi nuqtai nazaridan majburiyatlarni hisobga olishning umumiy nazariy muammolariga e’tibor qaratilgan. MHXS talablariga muvofiq majburiyatlarni hisobga olish metodologiyasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan, bu esa ushbu sohada chuqurroq izlanish zaruratini yzaga keltiradi. Metodologiya. MHXSda “Majburiyat – bu o‘tgan davrdagi hodisalardan kelib chiqadigan kompaniyaning joriy qarzdorligidir, qaysiki uning uzilishi iqtisodiy nafni o‘zida mujassamlantirgan kompaniya resurslarining chiqib ketishiga olib keladi” deb ta’rif berilgan. Ta’rifda “joriy qarzdorlik”, “resurslar chiqib ketishi” tushunchalarining qo‘llanilishini hisob nuqtai nazaridan optimal deb o‘ylaymiz. Hozirgi kunda baholangan majburiyatlarga noaniq bajarish muddatiga yoki noaniq qiymatga ega bo‘lgan majburiyat sifatida sezilarli darajada e’tibor qaratilib, baholangan majburiyatlar masalasi va uning tarkibi olimlar ishlarida bahsliligicha qolmoqda. Baholangan majburiyatlar – mavjud javobgarlik bo‘lganligi va javobgarlikni bajarish uchun o‘zida iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketishining talab etilishi ehtimoli mavjudligi sababli tan olinadi. S.N. Tashnazarov ta’kidlaganidek, R. Hermanson baholanadigan majburiyat- larga faqat mahsulot kafolatlari bilan bog‘liq majburiyatlarni kiritsa, B.Nidlz esa bu guruhga to‘lanadigan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va mehnat ta’tillari bo‘yicha majburiyatlarni ham kiritadi. Natija. BHMS va MHXSning yaqinlashishi sharoitida majburiyatlarning konsepsiyasi, tasnifi, bahosi va hisobi bilan bog‘l

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada BHMS va MHXS uyg‘unlashuvi sharoitida majburiyatlar hisobini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan, raqamli iqtisodiyot sharoitida majburi- yatlar hisobining o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada BHMS va MHXS uyg‘unlashuvi sharoitida majburiyatlar hisobini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan, raqamli iqtisodiyot sharoitida majburi- yatlar hisobining o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
current liabilities, долгосрочные обязательства, raqamli iqtisodiyot, digital economy, пассив, екущие обязательства, joriy majburiyatlar, liability, long-term liabilities, majburiyat, uzoq muddatli majburiyatlar, международные стандарты финансовой отчетности (МСФО), цифровая экономика, International Financial Reporting Standards (IFRS), Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники