К содержанию
РецензированоUZ2026

Mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning raqobat muhitini shakllantirish

UMIROVA GULMIRA · RAQOBAT MUHITINI (Jizzax politexnika instituti)

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 288-290 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning raqobat muhitini shakllantirish yo‘llari, monopol faoliyatni oldini olish hamda O‘zbekiston- da raqobat muhitini shakllantirish jarayonidagi istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: raqobat muhiti, bozor, monopoliya, monopoliyaga qarshi kurashish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, soliq tizimi. O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish va uning istiqboldagi yo‘nalishlari- ni belgilash uchun, eng avvalo, bozorning hozirgi real holatini o‘rganish, uni tahlil qi- lish juda muhim omillardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda raqobat muhiti hozirgi kunda ancha rivojlangan bo‘lib, uning shakllanishi uchun barcha tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birgalikda, ayrim tizimlarda monopollashishni ko‘rishimiz ham mumkin. Monopol faoliyatni oldini olish va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, eng avvalo, qaysi tarmoqlarning monopollashganligini yoki bozorda ustunlik mavqeini egallab turganligini bilishimiz zarur. Shu maqsadda Respublikamizda ko‘pgina xorij davlatlaridan farqli ravishda monopolist korxonalar davlat reestri yuritib kelinmoq- da. Ushbu reestrga tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan va qonun- chilikda belgilangan ayrim holatlarda monopoliyaga qarshi davlat organi qaroriga muvofiq tovar bozoridagi ulushi 35 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub- yektlar kiritib boriladi. Mamlakatimizda raqobat muhiti bugungi kunga kelib qay darajada rivojlangan- ligini ushbu reestrda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar va boshqa bir qator ko‘rsatki- chlar orqali bilib olishimiz mumkin. Raqobatni rivojlantirish hamda kichik va xusu- siy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasiga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida bu borada juda katta yutuqlarga erishildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, monopolist korxonalarga raqobatchi bo‘lgan yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkil etilishi, ular to- Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 288 monidan raqobatbardosh tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarilishi natijasida tovar bozorida o‘z ustunlik mavqeini yo‘qotgan monopolist korxonalar davlat reestri ro‘yxatidan chiqarildi. Ayni vaqtga kelib, respublikada nodavlat mulkning har xil shakllarini rivojlan- tirish uchun barcha zarur huquqiy va iqtisodiy shart – sharoitlar yaratilgan. Res- publika iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yaratilayotgan mahsulotning katta qis- mi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yutuqlar mamlakatimizda olib borilgan iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosati hamda hukumatimiz tomonidan aniq chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilganligi- ning samarasidir. Respublikamizda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan tadbirkorlik juda tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Davlat tomonidan tadbirkorlik subyektlariga so- liq va boshqa imtiyozlarning berilishi hamda ularni qo‘llab-quvvatlovchi turli institut- larning tashkil qilinishi shular jumlasidandir. Jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar- ning soliq yukini kamaytirish bo‘yicha bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda, O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlarning soliq yukini kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot stra- tegiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasida nazarda tutilgan. Loyi- haga ko‘ra, aholi va tadbirkorlik subyektlariga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha cho- ra-tadbirlar ishlab chiqildi hamda korxonalarning mol-mulk solig‘i stavkasini 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish belgilandi. Shuningdek, Respublika bo‘yicha qo‘shimcha 200 ta sanoat zonalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bunda:  sanoat zonalarining har biriga kamida 15 ta korxonani joylashtirish;  elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasi yetkazib berishni to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish (buning uchun 2022-yilda 1,5 trln. so‘m ajratish). Bularning barchasi kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omillar yaratadi. Respublikada faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ham yil- dan yilga ortib bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganining o‘zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo‘la- yotgan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi. Monopoliyaga qarshi faoliyatning funksional va institutsional jihatlaridan sama- rali foydalanish asosan soliq tizimida olib borilayotgan islohotlar asosiy o‘rinda tu- radi. Soliq tizimi iqtisodiyotning ajralmas bir qismi bo‘lib, mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga erishishda muhim mexanizm si- fatida yorqin namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, soliq mexanizmini takomillashtirish, uni to‘lash intizomiga qattiq rioya qilish,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning raqobat muhitini shakllantirish yo‘llari, monopol faoliyatni oldini olish hamda O‘zbekiston- da raqobat muhitini shakllantirish jarayonidagi istiqbolla…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning raqobat muhitini shakllantirish yo‘llari, monopol faoliyatni oldini olish hamda O‘zbekiston- da raqobat muhitini shakllantirish jarayonidagi istiqbolla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
рынок, market, монополия, monopoliya, налоговая система, bozor, антимонопольное законодательство, малый бизнес и частное предпринимательство, tax system, soliq tizimi, monopoliyaga qarshi kurashish, raqobat muhiti, конкурентная среда, anti-monopoly, monopoly, small business and private entrepreneurship, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, competitive environment
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники