К содержанию
РецензированоUZ2026

Yashirin iqtisodiyotning jamiyatga ta’siri

YASHIRIN NAJMIDDINOV DILSHOD · RAFIDDIN O‘G‘LI · JAMIYATGA ABDURAXIMOV MALIKJON · ABDUVOHID O‘G‘LI

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 193-196 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda yashirin iqtisodiyot tushunchasi, yashirin iqtisodiyotning mamlakatimizda tutgan o‘rni, u keltiradigan zararlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bun- dan tashqari xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan yashirin iqtisodiyot tadqiqotlari borasida ham mulohaza qilingan. Kalit so‘zlar: xufiyona iqtisodiyot, jinoiy iqtisodiy faoliyat, g‘ayriqonuniy, yashirin lob- bizm, g‘ayriiqtisodiy, yashirin iqtisodiy aylanma, offshor zonalar. Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab bo‘lmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol jarayonlari – iqtisodiy mu- nosabatlar bo‘lib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud. Xufiyona iqtisodiyot – ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar to‘lanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlaridir. Yashirin iqtisodiyot – murakkab ko‘p bosqichli hodisa bo‘lib, uning turli xil shakl va turlari bor: 1. Jinoiy iqtisodiy faoliyat. Bu mutlaqo man qilingan, qonun yo‘li bilan ta’qib etiladigan ishlar bilan shug‘ullanish, ya’ni narkobiznes, qurol biznesi va hokazolar. 2. G‘ayriqonuniy, g‘ayriiqtisodiy usullar bilan daromadlarni qayta taqsimlab o‘zlashtirib olish, ya’ni o‘g‘irlik, bosqinchilik, reket, poraxo‘rlik. 3. Ikkilamchi iqtisodiyot – kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf be- radigan, lekin rasman ruxsat etilmagan va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan iqtisodiy faoliyat. Ularga yashirin tadbirkorlik, 1-2 va 5-10 kishi band bo‘lgan yashirin kichik korxonalar faoliyati kiradi. Yashirin tadbirkorlik xizmat ko‘rsatish, qurilish, savdo, kiyim-kechak ishlab chiqarishda keng tarqalgan. 4. Rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga qo‘shimcha ravishda yashirin ishlab STARS International University 193 chiqarishga qo‘l urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda qo‘shimcha ravishda hisob- ga kirmagan mahsulot chiqarib, uni yashirin sotish. 5. Mansabni suiiste’mol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xatti-hara- katlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi poraxo‘rlik, yashirin lobbizm, mansab- dan foydalanib subsidiyalar olishni kiritish mumkin. 6. Qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat – bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos bo‘lib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat sektori- dagi qo‘shib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va shu turdagi ishlardir. Yashirin iqtisodiyot miqyosi yashirin iqtisodiy aylanma, ya’ni ruxsat etilma- gan tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish hajmi bilan belgilanadi. Ay- lanma xufiyona bo‘lganidan uning aniq hisob-kitobi bo‘lmaydi. Buning o‘rni- ga uni taxminan baholash usuli qo‘llaniladi. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan asr oxirlarida yer yuzidagi yashirin iqtisodiy aylanma 8 trln. dollarga yoki jahon yalpi mahsulotining 27,5% ga teng bo‘lgan. Biroq yashirin iqtisodiyot miqyo- si turli mamlakatlarda farqlanadi. Yashirin iqtisodiyot eng rivojlangan mamla- katlarga Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari kiradi.1999-yil Misr va Nigeri- yada yashirin iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotning 70% ga teng bo‘ldi. Yashirin iqtisodiyot hissasi eng kam bo‘lgan mamlakat Osiyoda Yaponiya (1–2%), G‘ar- biy Yevropada Shveysariya hisoblanadi. MDH mamlakatlarida yashirin iqtisodi- yot darajasi o‘rtacha. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, masalan, AQSH va Italiyada yashirin iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi tegishlicha 6,4 va 11,4% ni tashkil etdi (1997). 21-asrga kelib iqtisodiyotning globallashuvi oqi- batida yashirin iqtisodiyot milliy doiradan chiqib, xalqaro darajaga ko‘tarildi. Yas- hirin iqtisodiyot globallashuvi bu bir mamlakatdagi yashirin iqtisodiyot boshqa mamlakatga ko‘chirilishida, nojo‘ya biznes ishlari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro fir- malarning paydo bo‘lishida ko‘rinadi. Bunga misol qilib xalqaro narkobiznesni, yas- hirin qurol savdosini, ishchi kuchining yashirin migratsiyasini uyushtirishni, offshor zonalar orqali g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan topilgan pulni “halollab” olish kabilarni ko‘rsatish mumkin. Bular xalqaro hamjamiyatga katta xatar tugdiradi. Pulni chet mamlakatga yashirin chiqarib “halollab” olishga qarshi kurash maqsadlarida xalqa- ro hamjamiyat maxsus tashkilot – Xalqaro moliyaviy harakatlar guruhini tashkil etgan (36 mamlakat a’zo; 2000). Yashirin iqtisodiyotni faqat salbiy taraflarini emas, aksincha uning jamiyatga keltiradigan foydalarini ham yaxshilab o‘rganib chiqishimiz ustuvor vazifamizdir. Yashirin iqtisodiyot bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga quyidagi yo‘llar bilan ularga imkon berib, o‘z tadbirkorligini ochiq-oshkora amalga oshirishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz: 1. Yashirin iqtisodiyot bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga qanchadur muddat eva- ziga soliqlarni kamaytirish yoki soliqlardan ozod etish orqali,keyinchalik muddat tugaganidan keyin esa ulardan soliq olish. Hozirgi kunda yashirin iqtisodiyot ham xalqar

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda yashirin iqtisodiyot tushunchasi, yashirin iqtisodiyotning mamlakatimizda tutgan o‘rni, u keltiradigan zararlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda yashirin iqtisodiyot tushunchasi, yashirin iqtisodiyotning mamlakatimizda tutgan o‘rni, u keltiradigan zararlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
тайный экономический оборот, clandestine lobbyism, раскрытие информации, скрытая экономика, тайный лоббизм, yashirin lobbizm, неэкономический, khufiyona economy, g‘ayriiqtisodiy, Criminal economic activity, clandestine economic turnover, незаконный, oshorzonalar, ashorzones, illegal, yashirin iqtisodiy aylanma, jinoiy iqtisodiy faoliyat, inhuman, преступная экономическая деятельность, g‘ayriqonuniy, xufiyona iqtisodiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники