Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Turizmni rivojlantirish yangi kelajak sari yo‘l
MARHABO HABIBULLO QIZI (Stars International University, 21/2 guruh talabasi) · SARI YO‘L (Stars International University, 21/2 guruh talabasi)
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 120-125 · 2015
Аннотация
Mazkur maqola O‘zbekistondagi turizmning rivojlanish darajasi, potensi- ali va sohaning kelajakdagi istiqbollari xususidadir. Bu sohadagi muammolar va ularning yechimlari ham ko‘rib o‘tilgan. Shuningdek, hozirgi kundagi zamonaviy texnologiyalar va innovatsion g‘oyalarning hayotga tatbiq etilishi darajasi ham o‘rganib chiqillgan. Kalit so‘zlar: ichki va tashqi turizm, texnologiyalar, turistik zonalar, xizmat. Inson mavjudki, atrof-olamni o‘rganishga, kezishga qiziqadi. Necha ming yillar- dan buyon odamlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib qo‘nim topadi, yashaydi va yana dunyoni kezishda davom etadi. Ularda bunga sabablar ko‘p: ilm-fan ortidan quvish, yangi imkoniyatlarni izlash, siyosiy beqarorlikdan qochish yoki shunchaki dunyoni kezib, uni o‘zi uchun kashf etish. Zamonaviy odam hozirgi kunda o‘rga- naman va biror narsani bilib olaman deyishini hisobga olsak, u bo‘sh vaqti va da- romadini turizmga sarflaydi va turfa makonlarga tashrif buyurib, o‘sha joylarning madaniyati, yashash tarzi, tarixi bilan tanishadi. Turist yangi do‘stlar, imkoniyatlar yoki hech bo‘lmaganda o‘sha joyga nisbatan o‘zida yangi taassurotlar uyg‘otib keladi. BMT ning Jahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotida 2015 yilda dunyo bo‘yi- cha 1 milliard 184 million kishi sayyohlik faoliyati bilan shug‘ullanganligi qayd etilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuniga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1 milliard 235 millionni tashkil qilgan. Sayohatchilarga ko‘rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda qariyb 1.5 trillion AQSh dollarini tashkil etgan.1 Bu soha hozirgi kunda rivojlangan va ri- vojlanayotgan davlatlarga iqtisodiy jihatdan ham juda katta foyda keltirishi hech kimga sir emas. Odamlarning qiziqish doirasiga qarab turizm ham bir necha tur- ga bo‘linadi. Masalan, ekoturizm, fototurizm, sport-turizm yoki biznes-turizm va boshqalarni misol sifatida keltirishimiz mumkin. Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, 2015 yilda Fransiya 84.5 mln. turistni o‘ziga jalb qilgan hol- da hammadan ko‘p tashrif buyuruvchilar soni bilan “Top-10”likda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, bu o‘ntalikka AQSH(77.5 mln.), Ispaniya(68.2 mln.), 1 http://kun.uz/98716883 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 120 Xitoy(56.9 mln.), Italiya(50.7 mln.), Turkiya(39.5 mln.), Germaniya(35 mln.), Buyuk Britaniya(34.4 mln.), Meksika(32.1 mln.) va Rossiya(31.3 mln.)lar ham kir- gan. Davlatlarning bu soha bo‘yicha daromadi quyidagi ketma-ketlikda: AQSH - $204.5 mlrd., Xitoy $114.1 mlrd., Ispaniya $56.5mlrd., Fransiya $45.9 mlrd., Buyuk Britaniya – $45.5 mlrd. va h. k.2 Bu davlatlar ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlardir. Yuqori rivojlangan innovatsion texnologiyalar, in- fratuzilmalarga ega. Shuningdek, ularning boy tarixi ham bor. Nomlari qayd etil- gan davlatlarning turizm faoliyatidan daromadi YaIM ining 5-13% ini tashkil eta- di va iqtisodiyotida kuchli lokomotiv hisoblanadi. Bu kabi ko‘rsatkichlar, albatta, mahalliy aholining daromadini, yashash tarzini, umuman olganda, barcha ijtimoiy sohaga ulkan ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Oxirgi paytlarda turizmni rivojlantirish uc- hun salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. “O‘zbekturizm” kompaniyasi faoliya- ti tugatilib, o‘rniga “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” tashkil etildi. 2018 yilning 1 yanvaridan Islom Karimov xalqaro aeroportida 2 yo‘lak: qizil va yashil yo‘laklar barpo etildi. Bu kabi o‘zgarishlar ortiqcha navbat, hujjatbozlik va dekla- ratsiyalarni keskin ravishda kamaytirdi va sayyohlarga, qolaversa, o‘zimiz uchun ancha qulaylik yaratdi. Har bir viloyatlarda turizmni rivojlantirish uchun tanlovlar e’lon qilindi. Lekin hali oldinda qilinadigan ishlar juda ko‘p. Xo‘sh, turizm sharo- itlariga umumiy nazar tashlaydigan bo‘lsak, ulkan tarixga ega, Osiyoda strategik jihatdan muhim o‘rinda joylashgan, rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradigan vatanimiz O‘zbekistonning turizmdagi salohiyati qanday? Agar statistik ma’lumotlarga murojaat qilsak, O‘zbekiston turistik tashrif buyu- ruvchi davlatlar orasida 150-o‘rinni egallaydi, 2015-2016 yillarda O‘zbekistonga tashrif buyurganlar soni 1.917 mln. kishini tashkil etgan. Turizmning YaIM dagi ulushi esa 1.1% ni tashkil etadi.3 Afsuski, O‘zbekiston bu sohada ancha orqada qol- ganligini ko‘rishimiz mumkin, chunki bu ko‘rsatkichlar hech qanaqasiga biz erish- moqchi bo‘lgan yutuqlar oldida mahsuldor bo‘la olmaydi. Zero, turizm dunyoda davlatlarning eng daromadli sohasi bo‘yicha 3-o‘rinni egallab bo‘ldi va globalizat- siya jarayoni bilan birgalikda yanada rivojlanmoqda. Ammo bizning yurtimizdagi turizmning holati dunyodagi iste’molchilar talabida rivojlanmayapti va sohaning ulushi va daromadi shuning uchun ham past. Bunga, albatta, bir qator muammo va sabablar bor. Umuman olganda, O‘zbekiston jahon sayyohlik bozorida o‘z o‘r- niga ega bo‘lishiga qaramay, turistlarga qulay sharoit yaratish, sayyohlik obida- larining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish darajasi juda past. Bu
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola O‘zbekistondagi turizmning rivojlanish darajasi, potensi- ali va sohaning kelajakdagi istiqbollari xususidadir.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola O‘zbekistondagi turizmning rivojlanish darajasi, potensi- ali va sohaning kelajakdagi istiqbollari xususidadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- technologies, сервис, turistik zonalar, туристические зоны, внутренний и внешний туризм, texnologiyalar, tourist zones, xizmat, service, internal and external tourism, технологии, ichki va tashqi turizm
Смежные источники
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021
Экономика и инновационные технологииХилола Умарова2021