К содержанию
РецензированоUZ1995

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish

ABDIHOMIDOV ZARIF · SHERZOD O‘G‘LI · RIVOJLANTIRISH NAJMIDDINOV DILSHOD · RAFIDDIN O‘G‘LI · ORQALI YASHIRIN

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 7-9 · 1995

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va uni jamiyatga tatbiq etish hozirgi kunda biz uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini anglash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yashi- rin iqtisodiyotni qisqartirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish dunyo miyosida jadal tus olganligi haqida so‘z boradi. Maqolaning maqsadi raqamli iqtiso- diyotni tubdan rivojlantirish, yangiliklar kiritish, jamiyat a’zolarini raqamli iqtisodiyot haqida tanishtirish orqali ularning dasturiy savodxonligini oshirishdir. Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, texnologiya, telekommunikatsiya vositalari, korrupsiya, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, norasmiy iqtisodiyot. Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkul. Yusuf Xos Hojib o‘zining “Bilimsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!”- deb ilm-ma’rifatning o‘rni naqadar muhimligini osha davrlar- dayoq ko‘rsatib o‘tgan edi. Mamlakatimizda ilm-ma’rifatga alohida e’tibor berili- shi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yilishi bugungi kun zaruratidir. Ze’ro eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir. Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologi- yalarni qo‘llash asnosida amalga oshirishning yaxlit bir tizimi sifatida qaraladi. Bun- da raqamli iqtisodiyot yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari ya- ratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish demakdir. Birinchi marta 1995-yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “raqamli iqti- sodiyot” atamasini amaliyotga kiritgan bo‘lsa, hozirda bu so‘zni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar – deyarli barcha insonlar qo‘l- lamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-aprelda “Raqamli iqtisodi- yot va elektron hukumatni rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. STARS International University 7 Ushbu hujjatga binoan quyidagi vazifalar belgilandi: • raqamli iqtisodiyotni jadal shakllantirish; • raqamli infratuzilmani to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy IT-xizmatlari- dan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash; • elektron hukumat tizimini rivojlantirish; •dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik maydonchalar yaratish orqali “raqmli tadbirkorlik”ni rivojlantirish; •2022-yilga qadar barcha hududlarda raqamli bilimlarni o‘qitish markazlari ochiladi. Raqamli iqtisodiyot hozirgi kunda bizning kundalik hayotimiz uchun ahamiyatli- dir. Uni rivojlantirishda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni, shuningdek, blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan “Raqamli ishonch” jamg‘armasi tashkil etildi. Raqamli iqtisodiyotning texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini raqamlashtirish uchun mamlakati- mizda zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan “IT-park”lar tashkil etildi. Kripto-ak- tiv va blokcheyn texnologiyalar sohasidagi kompaniyalarning erkin faoliyati yo‘l- ga qo‘yildi. 2020-yil mamlakatimizda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi va bu boradagi ishlar endilikda yangi bosqichga ko‘tarilib, Prezi- dentimiz Farmoni bilan mamlakatimizning “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategi- yasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi Yashirin iqtisodiyot, boshqacha qilib aytganda xufiya iqtisodiyot — ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilin- maydigan, soliqlar to‘lanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish butun dunyo miqyosida dolzarb masalaga ay- langan. Butun dunyo bo‘yicha 2019-yil holatiga ko‘ra O‘zbekistonda yashirin iqti- sodiyot ulushi 52,11% ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda yashirin iqtiso- diyot chuqur ildiz otib ketganidan dalolat beradi. Biz yashirin iqtisodiyotni qisqartirish uchun raqamli iqtisodiyotni barcha soha- larda qo‘llashimiz kerak bo‘ladi. Barcha sohalarda raqamli tizimga o‘tilishi insonlar- ga yengillik tug‘diradi, ham ish sifati oshadi, asosiysi yashirin iqtisodiyot qisqaris- higa zamin yaratiladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni rivojlan- tirish davr talabiga aylanib bormoqda. Yashirin iqtisodiyot har qanday davlatni ich-ichidan yemiradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki yashirin iqtisodiyotda davlat budjetiga hech qanday soliqlar, yig‘imlar undirilmaydi, tom ma’noda umu- man mavjud bo‘lmagandek aniqlash mushkul bo‘ladi. Demak, raqamli iqtisodiyot- ni rivojlantirish yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va uni jamiyatga tatbiq etish hozirgi kunda biz uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini anglash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yashi- rin iqtisodiyotni q…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va uni jamiyatga tatbiq etish hozirgi kunda biz uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini anglash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yashi- rin iqtisodiyotni q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
развитие цифровой экономики, korrupsiya, неформальная экономика, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, telekommunikatsiya vositalar, norasmiy iqtisodiyot, informal economy, texnologiya, corruption, development of digital economy, коррупция, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, reduction of shadow economy, сокращение теневой экономики, технологии, technology, telecommunications, телекоммуникации
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники