К содержанию
РецензированоUZ2025

O’QUVCHILARNING OG’ZAKI NUTQNI O’STIRISH SHAKLLARI

Usmonova Nafisa Axmadovna

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada ona tili darsi jarayonida olib boriladigan ishlar, ona tili darslarida o'quvchilarning nutqini rivojlantirish haqida ma‘lumotlar berilgan. KALIT SO’ZLAR: nutq, leksik ma’no, o’zak,tafakkur, lug’at, muloqot, madaniyat, tafakkur, mehnat. Bolalar nutqini o'stirish jarayoni ularning tafakkurini o'stirish bilan bog'liq.Ona tili darsi o'quvchilar taffakurini o'stirish ustida ishlash maqsadiga yo'naltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan Grammatik va imloviy materialni o'rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o'zlashtirishni taminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o'tkazish tushuniladi. Masalan, “0'zakdosh so'zlar" tushunchasini shakllantirish uchun so'zlarning leksik ma’nosivam orfemik tarkibini taqqoslashni (ularning ma’nolarida umumiylikni va ularda bir xil o'zakning mavjudligini) bilish lozim. O 'quvchilar tafakkurini o'stirish uchun o'qituvchi darsga tayyorlanganda, vazifa turlarini tanlaydi, darsning materialini va uni o'zlashtirishda o'quvchilar bajaradigan aqliy faoliyat mashqlarini ham belgilab oladi. O'quvchilarga beriladigan nazariy bilim tildan ongli foydalanish imkonini beradi.Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda bo'lsa ham, o'quvchilarning til hodisalari o'rtasidagi bog'lanishni bilib olishiga e’tibor berish demakdir.Boshlang'ich sinf o'quvchilari bunday bog'lanishni bilsalar, nima uchun shunday?so'rog'iga www.ziyouz.com kutubxonasi javob topa oladilar. Masalan, “Nima uchun daftar so‘zi kelishik va egalikqo'shimchalari bilan turlanadi, o'qidik so'zi esa https://scientific-jl.com/luch/ 2 9 5 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 shaxs-son qo'shimchalari bilan tuslanadi?“. Ona tili darslarining foydali bo'lishiga darsda og'zaki va yozma ishlarni maqsadga muvofiq o'tkazish, o'quvchilaming o'quv ishlarini tekshirib, nazorat qilib borish, o'z vaqtida xatolarning oldini olish va to'g'rilash, texnika vositalaridan foydalanish kabi omillar katta ta’sir ko'rsatadi. O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlarning xalq ta’limi boshqarmalari olib borgan tekshirish natijalari, shuningdek shaxsiy kuzatish va tajribalarimiz bizni o’quvchilar nutqining rivojlanganlik darajasi hali talabga javob bermaydi degan xulosaga olib keladi. Tilning lug'at boyligini o‘quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so'zlar va ularning ma’nolari quyidagicha tanishtiriladi: 0‘quvchilarni notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish. O'quvchilar darslikdagi so'z va iboralarga birinchi marta duch kelayotgan bo'lishi mumkin. Bu so‘z yangi paydo bo'lgan so‘z bo'lmasa ham, o'quvchi uning ma’nosini bilmaydi, demak, o'quvchi uchun yangi so'z hisoblanadi. 0‘quvchilani so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish.0‘quvchilar ko'p ma’noli so‘zlarning bir ma’nosini tushunsa, boshqa ma’nosini bilmasliklari mumkin. Bolalar so‘zlarning hamma ma’nolarini birdaniga o'zlashtirib ololmaydilar.Ularning ma’nosini o'zlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur: 1, Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 2.Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi. 3.Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalasagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti –nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 9 6 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarini me’yorlashda, ularning mutanosibligini ta’minlashda, milliy tilning tabiati va o’ziga xos xususiyatini belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya’ni qiroat bilan o’qishning amaliy ahamiyatini o’stirish, adabiy til me’yori va mezonlariga rioya qilish, o’qish, o’qish metodlarini takomillashhtirish yo’llarini izlash va eng qulaylarini amaliyotga tatbiq qilish zarur. Adabiy til tushunchasi keng qamrovli, ko’p qirrali hodisadir.Adabiy til taraqqiyoti barqarorligini ta’minlashda bolalarning yoshlikdan nutq madaniyatlarini tarkib toptirish va tarbiyalash lozim. Til qonunlarning ta’limga tatbiqi munosabati bilan bolalarni o’qishga o’rgatishdagi usullarni to’g’ri qo’llashi (ko’rgazmalilik, tarqatib berilgan topshiriqli qog’ozlar bilan ishlash yo’llarini bilish) usullari takomillashtiriladi. Xulosa qilib aytganda Kelajagimiz bo’lgan yoshlarning erkin firklovchi, barkamol shaxs bo’lib shakllanishi uchun ularni har tomonlama rivojlantirish zarur.Ularning psixologik, jismoniy va ijtimoiy jihatlarini o’rganib, o’zlarini erkin tutishi va fikrini mustaqil ifodalashida to’siq bo’ladigan salbiy psixoloogik holatlarni aniqlash va bartaraf etish lozim. Negaki bu holatlar faqatgi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ona tili darsi jarayonida olib boriladigan ishlar, ona tili darslarida o'quvchilarning nutqini rivojlantirish haqida ma‘lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ona tili darsi jarayonida olib boriladigan ishlar, ona tili darslarida o'quvchilarning nutqini rivojlantirish haqida ma‘lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lug’at, tafakkur, mehnat., o’zak, muloqot, KALIT SO’ZLAR: nutq, madaniyat, leksik ma’no
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники