К содержанию
РецензированоUZ2026

OILADA BOLALARNI TARBIYALASHDA O‘ZBEK MILLIY URF ODATLARI VA DINIY MAROSIMLARNING AHAMIYATI

Qodirova Odinaxon Xayitboy qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This thesis discusses the features of raising a child in a family. The national and spiritual foundations of child education and the role of national values in raising children in a national spirit are widely covered. The importance of Uzbek national traditions and religious ceremonies in family education is highlighted. It is emphasized that national values, traditions and Islamic ceremonies play an important role in the moral, spiritual and social formation of children. Through ancient traditions https://scientific-jl.com 5 4 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi in the Uzbek family, children are formed in such qualities as patriotism, respect for adults, honesty and decency. The role of religious education in the family environment and its positive impact on the minds of children are also analyzed. Keywords: family, national pride, national traditions, religious ceremonies, family education, Uzbek values, moral education, spiritual education, religious education, tradition, child education. Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib etishishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. SHarqda qadim- qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero, oila farovonligi milliy farovonlik asoslidir. Oila tushunchasining tarixiy ildizlari haqida gap borar ekan, avvalo halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu hayo, mehru oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan. Oila haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalo, ko‘z o‘ngimizda Ona siymosi shakllanadi. Nima deganda, oila muqaddasligini ta'minlovchi birinchi omil Ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru-muruvvati, sadoqati va vafodorligidir. Inson tabiati, fe'l-atvori go‘dakligidan shakllanar ekan, milliy dunyoqarash ham bola vujudiga ona suti bilan kiradi. Tabiiyki, ona allasi faqat chaqaloqning orom olishi uchungina aytilmaydi, balki uning vositasida bolaning ko‘ngil dunyosiga milliy ruh kiradi. Ona tilidagi mehr- muhabbat, nasliy tuyg‘ular va orzular go‘dakning jismu jonida ildiz qoldiradi. Bularning mohiyatini va ahamiyatini inobatga olgan holda, oilaga e'tiborimizni kuchaytirishimiz, oilalarni avvalo ijtimoiy jihatdan himoyalash, e'zozlash, qo‘llab- quvvatlash — bugungi kunimiz uchun va ertangi istiqbolimiz uchun naqadar muhim va dolzarb ekanligini yaxshi tushunishimiz va anglashimiz darkor. O‘z mohiyatini anglab etgan inson qalbida ulug‘ bir tuyg‘u, mehr tuyg‘usi uyg‘onadi va uning butun borlig‘ini chulg‘ab oladi. Mehr tuyg‘usi sanab o‘tilgan uch buyuk imkonni o‘zaro uyg‘unliqda birlashtirib, inson ko‘nglini, Navoiy iborasi bilan aytganda, "haqiqat asrorining ganjinasi" ga aylantiradi. Zero, bu uyg‘unliksiz ma'naviyat olami zuhur etmaydi. Insonni tanish odobdan, oila tarbiyasidan boshlansa, u bilan muloqot davomida axloqiy xislatlarini bila borasiz. Va'daga vafo qiladimi, do‘stga sadoqati qanday, himmati va sahovati, jur'ati va shijoati, o‘ktamligi va oriyati — barcha axloqiy fazilatlari birma-bir ko‘z oldingizda namoyon bo‘la boradi. Bu fazilatlar majmui zamirida esa yaxlit shaxs ma'naviyati nurlanadi. Axloq ma'naviyatga nisbatan surat, tashqi jihat bo‘lsa, odob o‘z navbatida axloqiy fazilatlarning yuzaga chiqishidir. SHu sababli insonni anglab etish odobdan axloqqa, axloqdan ma'naviyatga qarab https://scientific-jl.com 5 5 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi teranlashib boradi. Ushbu yuksak insoniy fazilatlar oilada tarbiyalanadi. Ammo shu bilan birga axloq odobga nisbatan, ma'naviyat esa axloqqa nisbatan keng qamrovli mohiyatlardir. Inson odobi uning barcha axloqiy fazilatlarini namoyon eta olmaganidek, shaxsning barcha axloqiy sifatlarini bir erga jam etganda ham baribir, uning ma'naviy dunyosini to‘liq qamrab olgan bo‘lmaysiz. Allomalar inson ko‘nglini tilsim ataydilar. Ko‘ngil ko‘zgusidagi ma'naviyat nuri tufayli har bir inson o‘zi sehrli tilsimga aylanadi, mohiyatan cheksizlik kasb etadi. Demak, inson ko‘ngli ilm, irfon xazinasi, Haq sirini o‘zida yashirgan tilsim ekan. Inson shu sababli buyukdir. Irfon Haq sirini qalb bilan anglab etish bo‘lib, unga erishish, tushunib etish oson emas. Buning uchun inson atrof-voqelik, tabiatga, oilaga, o‘zga insonlar, bashariyatga, Vatan va millatga, ota-ona, farzand, do‘stga nisbatan huquq va burchlarini mukammal anglab etmog‘i, o‘zining ichki qudrati va salohiyati, ruhiyati, iroda va himmatini qalban his qilmog‘i zarur. Har bir inson bu yorug‘ olamiga, bu sinov maydoniga bir oliy vazifa bilan kelgan. O‘sha asl vazifasi nima ekanini topa bilmasa, tushunib etmasa, bu dunyodan notamom o‘tib ketmog‘i mumkin. Vatan — sermazmun, juda ham keng tushuncha. U yashab turgan uyimizdan boshlan

Доказательный фрагмент

«This thesis discusses the features of raising a child in a family.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis discusses the features of raising a child in a family. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
family, national pride, national traditions, religious ceremonies, axloqiy tarbiya, diniy marosimlar, milliy g‘urur, oila tarbiyasi, an’ana, ma’naviy tarbiya, o‘zbek qadriyatlari, milliy urf-odatlar, diniy tarbiya, farzand tarbiyasi., Kalit so‘zlar: oila
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники