К содержанию
РецензированоUZ2022

IQTISODNING MA`NAVIYATGA TASIRI

IQTISODNING MA`NAVIYATGA TASIRI · Rahmonqulov Farhod Jo'ramurod o'g'li

Лучшие интеллектуальные исследования · 2022

Аннотация

Mazkur maqolada yangi O`zbekistonda iqtisodiyotning ma`naviyatga ta`siri borasida so`z yuritiladi Kalitso’zlar: Raqobatbardosh iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, tadbirkorlik, bozor iqtisodiyoti, ishlabchiqarish resurslari, ochiq iqtisodiytizim KIRISH. Rivojlangan davlatlarning iqtisodiy hayotiga raqamli iqtisodiyotni joriy etish allaqachon boshlangan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo’lmaydi. Yaqinda davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” nomli birinchi fundamental kitobi chop etildi. Yaqin besh yil davomida amalga oshiriladigan Taraqqiyot strategiyasining o‘tgan besh yilda mamlakat hayotining barcha sohalariga tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasiga o‘xshash jihati haqida so‘z borganda, mazkur strategik hujjat ham albatta keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilganidan so‘nggina qabul qilinganiga e’tibor qaratish lozim.Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «Inson qadri uchun» tamoyilini barcha islohotlarimizning bosh mezoni sifatida belgiladik. «Davlat – inson uchun» degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini bevosita xalqimiz bilan maslahatlashib, odamlarimizning fikr va takliflari asosida ishlab chiqdik». Jamiyat hayotining tanasi – iqtisodiyot, joni varuhi – ma’naviya Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi yettita ustuvor yo‘nalishni qamrab olgani, mohiyatiga ko‘ra, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib https://scientific-jl.com/luch/ 8 9 Часть-37_ Том-5_ Январь-2025 chiqish masalasi ana shu ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangani bilan Harakatlar strategiyasidan alohida ajralib turadi. Shu ma’noda, ushbu dasturulamal hujjatda belgilangan ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq maqsad-vazifalar xususida so‘z yuritish ayni muddaodir.Taraqqiyot strategiyasining boshqa oltita ustuvor maqsadi: inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish – bularning barchasi ma’naviy taraqqiyot mezonlari bilan chambarchas bog‘liq. Bu bejiz emas. Chunki, “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”.Ushbu fikrlarni Prezidentimiz ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha 2021 yil 19 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirdi. Davlatimiz rahbari mazkur yig‘ilishda so‘zlagan nutqning mazmun-mohiyati va ahamiyati keyinchalik Yangi O‘zbekiston taraqqiyot https://scientific-jl.com/luch/ 9 0 Часть-37_ Том-5_ Январь-2025 strategiyasida o‘z aksini yanada yaqqol topdi.Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi “Inson qadri uchun 100 ta maqsad”dan iborat bo‘lib, shundan 8 tasi, ya’ni 71-78-maqsadlar bevosita ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash masalalariga taalluqli hisoblanadi. Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirishga doir Davlat dasturida 398 ta band belgilangan bo‘lsa, shuning 29 tasi – 257-285-bandlar aynan ma’naviyat sohasiga oid chora-tadbirlardir.Joriy yil 24-26 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezidentimiz iqtisodiyot va ma’naviyatning o‘zaro uzviy bog‘liqligi haqida yana bir bor batafsil to‘xtaldi. Zero, O‘zbekiston zamini ko‘p asrlar davomida dunyoning turli mintaqalaridagi savdogar, ishbilarmon va tadbirkorlar e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans Taraqqiyot strategiyasining 71-maqsadi: “Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish” deb nomlangan. Bu maqsad ijrosi doirasida joriy yilgi Davlat dasturida yetti banddan iborat vazifalar ko‘zda tutilmoqda.Dastlabki vazifa “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirishdir. Buning uchun ayni paytda mazkur konsepsiya va uni amalga oshirish milliy dasturini ishlab chiqishga kirishildi.Binobarin, biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada yangi O`zbekistonda iqtisodiyotning ma`naviyatga ta`siri borasida so`z yuritiladi Kalitso’zlar: Raqobatbardosh iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, tadbirkorlik, bozor iqtisodiyoti, ishlabchiqarish resursl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada yangi O`zbekistonda iqtisodiyotning ma`naviyatga ta`siri borasida so`z yuritiladi Kalitso’zlar: Raqobatbardosh iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, tadbirkorlik, bozor iqtisodiyoti, ishlabchiqarish resursl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bozor iqtisodiyoti, Kalitso’zlar: Raqobatbardosh iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, ochiq iqtisodiytizim, tadbirkorlik, ishlabchiqarish resurslari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники