Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKISTONLIK JADID ARBOBLARNING MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARIGA ASOS SOLISHI TARIXIDAN (TEATR MISOLIDA)
Tursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi – · Hakimzoda Niyoziy · Munavvarqori Abdurashidxonov.
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Возникновение джадидских театров является одним из важнейших явлений в развитии узбекских культурных и художественных учреждений. В данной статье представлены сведения о формировании театров в Узбекистане, их особенностях, развитии, роли в повышении культурной грамотности населения, а также о том, как они призывали к борьбе против невежества. Ключевые слова: джадид, театр, труппа, драма, спектакль, Абдулла Авлоний, Хамза Хакимзаде Ниязи, Мунавваркари Абдурашидханов. Annotation; The emergence of Jadid theaters is one of the most significant phenomena in the development of Uzbek cultural and artistic institutions. This article provides information on the formation of theaters in Uzbekistan, their https://scientific-jl.com/luch/ 3 7 0 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 characteristics, development, role in increasing the cultural literacy of the population, and how they called for a struggle against ignorance. Keywords: Jadid, theater, troupe, drama, performance, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Munavvarqori Abdurashidkhonov. Jadid teatrining paydo bo‘lishi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda yuz bergan ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu davrda jadidlar deb atalgan ziyolilar guruhi ma’rifat va islohotlarni targ‘ib qilish uchun harakat boshladi. Ularning asosiy maqsadi zamon ruhiyatiga mos madaniyat va san’at muassasalarini tashkil qilish orqali ma’rifatparvarlik g’oyalarini yoyish, millatning rivojlanishida to’sqinlik qilishi mumkin bo’lgan zararli illatlarga barham berish, ilm-fanni targ‘ib qilish, xalqni zamonaviy madaniyat va bilimlarga yaqinlashtirish edi. Teatr san’ati bunday maqsadlarga erishish uchun qulay vosita bo‘lib, xalq orasida tushunarli va ta’sirchan bo‘lgan. Jadid teatrining ilk namunalarida ijtimoiy hayotning muhim muammolari yoritilgan. Dastlabki asarlar oddiy til va jonli voqealar orqali yozilgan bo‘lib, ular teatr sahnasida ijro etilgan. 1900-yillar boshida birinchi jadid teatr truppalari tashkil etildi. Dastlab bu guruhlar havaskorlik asosida ish olib borgan, lekin keyinchalik professional aktyorlar va rejissyorlar yetishib chiqdi [1, 23]. Mahmudxo’ja Behbudiy tomonidan yozilgan “Padarkush” - o‘zbek adabiyoti va teatrining ilk mumtoz namunalaridan biri bo‘lib, jadid adabiyotining eng muhim dramatic asarlaridan hisoblanadi. Bu drama 1907-yilda Toshkentda sahnalashtirilgan va o‘z davrida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Asar jadid teatrining boshlang‘ich nuqtasi sifatida tan olinadi va o‘zining chuqur ma’rifiy mazmuni bilan ajralib turadi. “Padarkush” (so‘zma-so‘z tarjimasi: “Ota qotili”) fojiali dramasi jamiyatdagi johillik, savodsizlik va noto‘g‘ri tarbiyaning ayanchli oqibatlarini yoritadi. Asarda jaholat muhitida o‘sgan, bilimdan uzoq va ma’rifatga yetishmagan bir yigitning o‘z otasini o‘ldirishi tasvirlanadi. Bu voqea orqali https://scientific-jl.com/luch/ 3 7 1 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 Behbudiy johillikni xalqning asosiy muammosi sifatida ko‘rsatadi va uni bartaraf etish zaruratini ta’kidlaydi. “Padarkush” sahnalashtirilgach, xalq orasida katta muhokamalarga sabab bo’ldi uyg‘otdi. Bu asar orqali Mahmudxo’ja Behbudiy o‘z davrining dolzarb masalalarini ko‘tarib chiqdi va tomoshabinlarni ma’rifat va o‘z- o‘zini isloh qilishga chorladi. “Padarkush” o‘zbek dramaturgiyasi va jadidchilik harakati tarixida muhim o‘rin egallagan asar hisoblanadi. Bu drama o‘z davrida milliy uyg‘onish harakati uchun ma’naviy va ma’rifiy ko‘zguga aylangan. Mahmudxo’ja Behbudiy ushbu asar orqali xalqni o‘z muammolarini tan olishga va ulardan chiqish yo‘lini topishga undagan. “Padarkush” hali-hanuz o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va o‘zbek adabiyoti tarixida o‘lmas meros sifatida e’tirof etiladi [4, 61]. Abdulla Avloniyning “To‘y” dramasi jadid dramaturgiyasi tarixida muhim asarlardan biri hisoblanadi. Ushbu drama XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jamiyatda keng tarqalgan johillik, urf-odatlarga ortiqcha bog‘lanish va dabdababozlikni tanqid qiladi. Bu asar o‘z davrida ijtimoiy masalalarni ko‘tarib, xalqni o‘z hayotini o‘zgartirishga chorlagan. “To‘y” dramasi o‘zbek jamiyatida keng tarqalgan ortiqcha dabdababozlik va isrofgarchilik bilan o‘tayotgan to‘y marosimlarini tanqid qilishga qaratilgan. Asarda hattoki XXI asrda ham davom etib kelayotgan ijtimoiy muammolar ya’ni to‘y o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan muammolar, qarzdorlik, moliyaviy qiyinchiliklar va bu kabi urf-odatlarning salbiy ijtimoiy oqibatlari ochib beriladi. Abdulla Avloniyning “To‘y” dramasi jadid dramaturgiyasi tarixida ma’rifiy, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarga xizmat qilgan muhim asar hisoblanadi. Bu drama orqali muallif xalqni o‘z hayot tarzini tanqidiy ko‘rib chiqishga, zaruriy bo‘lmagan urf-odatlardan voz kechishga va ilm- ma’rifatga intilishga undadi. Asar nafaqat o‘z davrida, balki zamonaviy jamiyat uchun ham o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi [4, 38]. https://scientific-jl.com/luch/ 3 7 2 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Baxtsiz kuyov” dramasi jadid teatrining muhim a
Доказательный фрагмент
«Возникновение джадидских театров является одним из важнейших явлений в развитии узбекских культурных и художественных учреждений.»
Образец извлечения
Демо-превьюВозникновение джадидских театров является одним из важнейших явлений в развитии узбекских культурных и художественных учреждений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadid, theater, troupe, drama, performance, Abdulla Avloniy, спектакль, spektakl, truppa, Kalit so’zlar: jadid, Ключевые слова: джадид, Munavvarqori Abdurashidkhonov., Абдулла Авлоний, Хамза Хакимзаде Ниязи, театр, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Мунавваркари Абдурашидханов., teatr, Keywords: Jadid, Munavvarqori Abdurashidxonov., труппа, драма
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025