Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOPONIM TUSHUNCHASI NAZARIY TALQINI
Abdullayeva Mumtozabegim
Лучшие интеллектуальные исследования · 1982
Аннотация
Toponimlarni nazariy o‘rganish geografik nomlarning tahlilini va ularning lingvistik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy yo‘nalishdir. Bu soha toponimlarning tarixiy, madaniy va tilshunoslik nuqtai nazaridan qanday rivojlanishini, ularning fonetik, morfologik va semantik jihatlarini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, toponimlar orqali hududdagi ijtimoiy va etnik jarayonlarni tushunish mumkin. Toponimlarning nazariy o‘rganilishi nafaqat tilshunoslar, balki tarixchilar, antropologlar va geograflar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: Toponimlar, lingvistik tahlil, tarixiy rivojlanish, fonetik xususiyatlar, semantik talqin, madaniy kontekst, ijtimoiy jarayonlar. Har bir inson kundalik hayotda doimiy ravishda geografik nomlarga duch keladi. Toponimika sohasi haqida olim E.M. Murzayev "zamonaviy jamiyat hayotini geografik nomlarsiz tasavvur etib bo‘lmasligi, ular hamma joyda mavjud va bizning olam haqidagi tasavvurimizga juda yoshligidan hamroh bo‘lishi hamda yer yuzidagi har bir joy, shuningdek, har bir inson tug‘ilgan joyi mavjudligi, tug‘ilgan qishloq, u yashaydigan ko‘cha, shahar, mamlakat-hamma narsaning o‘z ismlari borligi”ni aytadi1. Geografik nomlarni o‘rganish tilshunoslikda onomastika yo‘nalishiga tegishli. U joy nomlarining ma'nosini, ularning kelib chiqishini, rivojlanish va foydalanish shakllarini o‘rganadi. Toponimika geografiya, tarix va tilshunoslik fanlari bilan uyg‘unlik kasb etadi. Geografik nomlar nafaqat mintaqaning tarixi va tabiiy xususiyatlarini, balki mahalliy aholining til xususiyatlarini ham aks ettiradi va boshqa hududlarning toponim elementlarini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Aholi punktlarining 1 Мурзаев Э. М. География в названиях : [учебное пособие] / Э.М. Мурзаев. – М. : Наука, 1982. – 177 с. https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 1 Часть-37_ Том-5_ Январь-2025 nomlari, ularning kelib chiqishi va tarixi olimlarni qiziqtirib keladi. Bugungi kunda ushbu nomlarni o‘rganish bilan turli fanlar vakillari: tilshunoslar, geograflar, tarixchilar va etnograflar tadqiqotlar olib bormoqdalar. Biroq, birinchi navbatda, toponimika tilshunoslar tomonidan o‘rganilishi zarur, chunki har qanday ism, qaysi obyektga tegishli bo‘lishidan qat'i nazar (u odam, hayvon, yulduz, ko‘cha, shahar, qishloq, daryo bo‘lsin) til tizimiga kiritilgan, uning qonunlariga bo‘ysunadigan va nutqda ishlatiladigan so‘z bo‘lishi kerak. Ba'zi geografik nomlar shu qadar qadimiyki, ular tabiiy ravishda paydo bo‘lgan deb qabul qilinadi, chunki ularning kelib chiqishi noma'lum — na muallif, na ular tilini ifodalaydigan odamlar topilmagan. Shu bilan birga, paydo bo‘lishining aniq sanasi ma'lum yoki keng tarqalgan bunday nomlar ham mavjud. Har bir inson o‘z mintaqasi tarixini o‘rganishi talab etiladi, chunki uning hayoti u tug‘ilgan yoki yashaydigan hudud bilan uzviy bog‘liqdir. Odamlar qadimdan atrofdagi dunyoni o‘rganib, ularni manbalar orqali kelajak avlodga yetkazishgan. Toponimlar tarixi kelajak avlod uchun ma’lum man’nolarda manbalarda aks etgani kuzatiladi. Olimlar "toponimika" va "toponimiya" atamalarini farqlab o‘rganishni ta’kidlaydilar. Toponimika (yunon. τόπος joy vaονομα ism) - bu joy nomlari, ularning kelib chiqishi, ma'nosi, rivojlanishi, hozirgi holati va imlo va talaffuz qoidalarini o‘rganadigan fan. Agar toponimikani lingvistik nuqtai nazardan ko‘rib chiqsak, uni geografik nomlar (toponimlar), ularning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ishlash qonuniyatlarini o‘rganadigan onomastika bo‘limi sifatida aniqlash mumkin. Toponimiya - bu ma'lum bir hududning toponimlari to‘plamidir. Lug‘atlarda toponimika geografik obyektlarning nomlarini ifodalovchi va tarixiy geografiya bilan bog‘liq bo‘lgan nomlarni o‘rganadigan fan sifatida belgilanadi2. So‘nggi 40-45 yil ichida toponimiya nazariyasi va amaliyoti rivojlanib, bu sohada bir qator ilmiy ishlar yuzaga keldi. Rus olimlaridan V.P. Neronnak , V. A. Nikonov, A. V. Superanskaya, A. P. Dulzon, E. M. Murzayev, V. N. Toporov, O. N. Trubachev 2 Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 2 Часть-37_ Том-5_ Январь-2025 hamda o‘zbek nomshunoslari H. Hasanov, E. Begmatov, T. Nafasov, S. Qorayev, Z. Do‘simov va boshqalarning yordami katta bo‘ldi. O‘zbekiston toponimiyasining ilmiy tahlili 20-asrning 60-yillaridan boshlab chuqurroq o‘rganila boshladi, bu davrda Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo, Samarqand, Marg‘ilon, Qo‘qon, Buxoro, Boysun, Mirzacho‘l, Shahrisabz va Nurota hududlaridagi joy nomlari tahlil qilindi. Bu sohada toponimiya bilan bog‘liq bir qancha lug‘atlar, risolalar va monografiyalar chop etildi, jumladan, H. Hasanovning "Yer tili" (1977), S. Qorayevning "Geografik nomlar ma'nosi" (1978), Z. Do‘simovning "Xorazm toponimlari" (1985), T. Nafasovning "O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati" (1988), N. Oxunovning "Joy nomlari ta'biri" (1994) va boshqalar. V.P. Neroznak lug‘ati tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya va lingvistik geografiya kabi sohalarda qo‘llaniladigan til tarixini
Доказательный фрагмент
«Toponimlarni nazariy o‘rganish geografik nomlarning tahlilini va ularning lingvistik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy yo‘nalishdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюToponimlarni nazariy o‘rganish geografik nomlarning tahlilini va ularning lingvistik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy yo‘nalishdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarixiy rivojlanish, lingvistik tahlil, ijtimoiy jarayonlar., semantik talqin, fonetik xususiyatlar, madaniy kontekst, Kalit so‘zlar: Toponimlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026