К содержанию
РецензированоUZ2025

MOBIL ILOVALAR ISHLAB CHIQISHDA FLUTTER FREYMWORKIDAN FOYDALANISH

A. X. Yuldoshov · S. Sh. Sattorov

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Bu maqolada bugungi kunda insonlar hayoti uchun zarur va muhim bo’lgan mobil ilovalar va ularni ishlab chiqish texnologiyalari va Flutter freymworkini ishlatish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Mobil ilova, texnologiya, freymwork, mobil qurilma, mantiqy interaktiv ta’lim, mobil o‘yin. Mobil ilovalarni ishlab chiqishda eng mashhur va qulay bo‘lgan texnologiyalardan biri Flutter freymworkidir. Flutter — Google tomonidan ishlab chiqilgan ochiq manba (open-source) freymworkdir. Bu, asosan, mobil ilovalar (Android va iOS uchun) yaratish uchun mo‘ljallangan. Flutter yordamida, bir vaqtning o‘zida ikki platformaga (Android va iOS) ilova yaratish mumkin[1-3]. Flutterning asosiy xususiyatlari: Dart dasturlash tili: Flutter Dart dasturlash tilida yozilgan. Dart sintaksisi oson va ko‘plab modern dasturlash tillariga o‘xshaydi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 3 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 Widget-based tizim: Flutterda ilovalar to‘liq widgetlardan tashkil topgan, bu esa interfeyslarni yaratishda juda qulaylik yaratadi. Har bir element, masalan, tugma, matn yoki rasm widget sifatida ko‘rsatiladi. Tezkor ish faoliyati: Flutter ilovalari yuqori darajadagi ishlash tezligi va samaradorlikni ta’minlaydi, chunki ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri natijani yaratadi, natijada nisbatan tez ishlaydi. Flutter freymworkining rasmiy web sahifasi www.flutter.dev hisoblanadi. 1-rasm. flutter.dev saytining ko‘rinishi Mobil ilovalar yaratish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: Reja tuzish: Ilovaning maqsadini aniqlash, foydalanuvchi ehtiyojlari va funksional talablarni belgilash. Dizayn va UI/UX: Interfeys dizaynini yaratish, ilova foydalanuvchilari uchun qulay va intuitiv bo‘lishini ta’minlash. Flutterning to‘liq kutubxonalari, shuningdek, ilg‘or widgetlar mavjud bo‘lib, dizaynni tezda amalga oshirish imkonini beradi. Kodlash: Dart dasturlash tilidan foydalanib, ilovaning backend va frontend qismlarini ishlab chiqish. Flutterda bir xil kodni ikki platformada ishlatish mumkin. https://scientific-jl.com/luch/ 1 4 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 Test va optimizatsiya: Ilovadagi xatoliklarni aniqlash va ularni tuzatish. Flutterda hot-reload funksiyasi yordamida tezkor test qilish va kodni o‘zgartirish mumkin. Yuklab olish va tarqatish: Ilovani Google Play Store va Apple App Store’ga joylash[4-6]. Flutter fremworkini o‘rnatish uchun kompyuteringiz maxsus talablarga javob berishi kerak. Windows operatsion tizimi uchun bu parametrlar eng kamida quyidagicha bo’lishi shart: 2-rasm. Flutter freymworkini o’rnatish uchun kompyuter parametrlari Shuningdek Windows PowerShell 5 yoki undan keying versiyalar, git dasturi, Android Studio yoki Visual Studio dasturlarini o’rnatish kerak bo’ladi. Bu dasturlar o’ratilganidan so’ng flutter SDK faylini arxivdan chiqarib C diskga joylashtirish kerak bo’ladi. Iloji boricha “src” papkasini yaratib, shu faylni ichiga joylashtirish tavsiya etiladi[7,9]. Andoid Studio dasturida qo’shimcha flutter pluginini o’rnatish kerak bo’ladi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 3-rasm. Flutter pluginini o’rnatish. Yangi Flutter loyiha yaratish uchun “New Flutter Project” bandi chiqadi. 3-rasm. Flutterda yangi loyiha yaratish. Flutterda yaratilgan yangi loyihaning ko’rinishi va natijasi quyidagicha: https://scientific-jl.com/luch/ 1 6 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 4-rasm. Flutterda yangi loyihani yaratish jarayoni. Flutterning afzalliklari Bir kod bazasi: Flutter yordamida bir xil kod bazasi orqali Android va iOS platformalari uchun ilovalar yaratish mumkin. Bu vaqt va resurslarni tejashga yordam beradi. Hot-reload: Kod o‘zgartirilganda, o‘zgartirishlarni ilovada darhol ko‘rish mumkin, bu ishlab chiqish jarayonini tezlashtiradi. Keng kutubxonalar: Flutterda ko‘plab tayyor kutubxonalar mavjud bo‘lib, ular orqali ilovalarni tez yaratish va kengaytirish mumkin. Kross-platform: Faqat mobil ilovalar emas, balki veb-ilovalar va desktop ilovalarini ham Flutterda yaratish mumkin (yangi versiyalar bilan). Flutter va boshqa texnologiyalar. Boshqa mashhur mobil ilova ishlab chiqish texnologiyalari: https://scientific-jl.com/luch/ 1 7 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 React Native: JavaScript asosida ishlab chiqilgan, kross-platforma ilovalarini yaratish uchun foydalaniladi. React Native ham ko‘p imkoniyatlar beradi, lekin ba’zan Flutterdan pastroq ishlash tezligi va kamroq moslashuvchanlikka ega. Xamarin: C# dasturlash tilida ishlab chiqiladi va Microsoft tomonidan qo‘llab- quvvatlanadi. Xamarin yordamida ham kross-platforma ilovalarini yaratish mumkin[8,10]. Flutterni ishlatishning qaysi holatlarda afzalligi bor? Yangi boshlovchilar uchun: Agar dasturlashga yangi kirishgan bo‘lsangiz, Flutter yordamida ilovalarni yaratish nisbatan osonroq va tezroq bo‘lishi mumkin, chunki barcha kod bir xil bo‘lib, o‘rganish jarayoni sodda. Kichik va o‘rta biznes ilovalari: Flutterning keng kutubxonalari va ishlab chiqishning tezligi, kichik kompaniyalar va startaplar uchun juda mos keladi. Kross-platform ilovalar: Agar

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada bugungi kunda insonlar hayoti uchun zarur va muhim bo’lgan mobil ilovalar va ularni ishlab chiqish texnologiyalari va Flutter freymworkini ishlatish haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada bugungi kunda insonlar hayoti uchun zarur va muhim bo’lgan mobil ilovalar va ularni ishlab chiqish texnologiyalari va Flutter freymworkini ishlatish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Mobil ilova, mobil o‘yin., texnologiya, freymwork, mantiqy interaktiv ta’lim, mobil qurilma
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники