Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“QIBRAY-TARIXNING QADIM IZLARI VA TABIIY GO’ZALLIKLAR MASKANI”
UZBEKISTAN” JURNALI · GO’ZALLIKLAR MASKANI” · Sayfullayeva Amina · Rustam Zakirovich Rayimjanov
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
This article explores Qibray District in Tashkent Region as an area rich in historical heritage and natural beauty. It highlights archaeological findings that indicate human settlement in the region since ancient times. The study also discusses the cultural importance of the district, its historical monuments, traditions, and legacy. Special attention is given to Qibray’s natural features, including lush hills, rivers, forests, and recreational zones. The author emphasizes the district’s tourism and ecological potential and the importance of preserving its cultural and environmental treasures. Keywords: Qibray, historical heritage, archaeology, natural beauty, cultural monuments, tourism, ecology, Tashkent Region, recreation. Qibray tumani- Toshkent viloyatidagi tuman bo’lib, 1933-yil 1-dekabrda tashkil etilgan. Dastlab tuman 1933-1991-yillar oralig’ida Orjonikidze deb nomlangan.1991-yildan buyon Qibray deb atala boshlangan. 1962-yil Kalinin (hozirgi Zangiota ) tumani bilan birlashtirildi. 1964-yil 31-dekabrda qaytadan tuzildi. Tumanning shakllanish bosqichi o’z tarixiga ega. Tuman kelib chiqishi haqida turlicha ma’lumotlar uchraydi. Qibray ya’ni shaharcha bu nom kelib chiqishiga turkiy xalqlarning dulat qabilasining bir urug’i “qibiray” nomi bilan atalishi sabab bo’lgan. Bu urug’ vakillari afsonaviy Qibiray botiridan tarqalgan degan rivoyat bor. [1] VI-VIII asrlarda turli etnik elat va urug’larning o’zaro yaqinlashuvi natijasida til va lahjalari bir-biriga yaqin bo’lgan turli guruhlar paydo bo’la boshlagan. Ularni yagona nom bilan turkiylar deb atashgan. Yozma manbalarda mana shu “Turkiylar” deb ataluvchi 92ta elat va qabilalarning nomlari orasida ushbu tumandagi ayrim turar joy nomlari uchrab turadi. Bu urug’larning nomlari bilan bog’liq bo’lgan turar-joy va qarorgohlarning hozir ham shunday atalishi, bu nomlarning juda uzoq vaqtlardan beri deyarli o’zgarishsiz saqlanib qolganini ko’rsatadi. Lekin bular orasida bir istisno uchraydi. U ham bo’lsa tuman va qo’rg’on nomi bo’lgan “Qibray” atamasi haqida . XVI-XIX asr yozma manbalarning hammasida bunday atama va urug’ nomi bu ko’rinishda uchramaydi. Ularning barchasida asosan “qiray” nomi qaytarilgan va bu nom 286 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 doimo tumandagi boshqa joy nomlari bilan birga yozib keltirilgan. “Qiray” nomi boshqa urug’lar kabi juda qadimgi jangovar turkiy qabilalardan bo’lib, bu nom boshqa yerlarda ham hozirgacha uchrab turadi. Masalan, bunday elat nomi Shimoliy Qozog’istonning To’rg’ay viloyatida Tengiz ko’liga quyiladigan daryo va Buryatiya Respublikasining shimolidagi Bratsk GESiga quyiladigan Iya daryosining bir o’zanida saqlanib qolgan. Demak, tuman nomi qadimgi “qiray” urug’i nomi bilan bog’liq bo’lib, keyinchalik bu so’zga “b” harfining kirib qolishi ruscha talaffuzni osonlashtirish natijasida bo’lishi mumkin degan fikr mulohazalar mvajud [2]. Qibray tumani o’zining musaffo havosi. Ajoyib tabiati, so’lim va ko’rkam bog’lari bilan azaldan tilga tushgan. O’nlab dam olish maskanlari, sanatoriy va oromgohlarning aynan shu yerda joylashganligi ham bejiz emas. Tuman respublikamiz yozuvchi va shoirlari, kinochilari, matbaachilari uchun qulay ijod maskani hisoblanadi. Mashhur Do’rmon yozuvchilar uyi, kinochilar uyi, “Sharq” nashriyot -matbaa aksiyadorlik kompaniyasi sihatgohi, taniqli ijodkorlarning o’nlab dala hovlilari tumanda joylashgan, O’zbek adabiyotida keying o’n yilliklar davrida yaratilgan eng sara asarlar shu zaminda tug’ilgan desak also mubolag’a bo’lmaydi. Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, xalqimizning eng faxrli maskanlaridan biri bo’lgan, dunyo nazarida turgan, O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Karimovning “Do’rmon”qarorgohi ham tumanning eng xushmanzara yeriga joylashgan. Bu qarorgohda oliy darajadagi uchrashuvlar, muloqotlar bo’lib o’tgan, tarixiy, davlatlararo jahon ahamiyatiga molik hujjatlarga imzo chekilgan maskan deb e’tirof etiladi. Ayrim qo’lyozmalarda ba’zi urug’ nomlarining kelib chiqishi haqida ham ma’lumotlar bor. Masalan, 1663-1664 yillarda Abulg’oziy Baxodirxon tomonidan yozilgan “Shajarai turk” asarida Do’rmon elining paydo bo’lishi va shakllanishi haqida quyidagi rivoyat keltirilgan. Unda yozilishicha, mog’ullarning Bichinqiyon degan podshohning besh o’g’li bo’lgan. Otasi o’zidan keyin eng kenja o’g’lini o’z o’rniga taxt vorisi bo’lishini vasiyat qilgan bo’ladi. Ammo to’rt o’g’il bunga qarshi bo’lib, arazlab o’z yurtidan bosh olib, uzoq yurtlarga ketib qoladilar. Yot elda bularga “do’rmonlar” deb nom qo’yilgan bo’ladi, chunki mo’g’ullar to’rtni do’rmon der ekanlar. Bu to’rt o’g’il vafot etganidan so’ng ulardan tarqalgan avlodlar o’z qarindosh-urug’lari huzuriga qaytib kelib ular bilan birga yashay boshlaganlar. SHunday qilib tuman tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Hozirgi kunda bu yerda 287 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY Res
Доказательный фрагмент
«This article explores Qibray District in Tashkent Region as an area rich in historical heritage and natural beauty.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores Qibray District in Tashkent Region as an area rich in historical heritage and natural beauty. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qibray, historical heritage, archaeology, natural beauty, cultural, tabiiy go‘zalliklar, arxeologiya, dam olish maskanlari, ekologik muhit., tarixiy obidalar, qadimiy tarix, ekoturizm, Toshkent viloyati, madaniy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026