К содержанию
РецензированоUZ2026

INTELLEKT TUSHUNCHASI HAMDA UNING RIVOJLANISHI

Zuxurova D.A. · Keldiyorova B.K. · Mirzo Ulug’bek nomidagi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada intellekt tushunchasining psixologik mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va asosiy nazariy yondashuvlar yoritib berilgan. Intellektning tabiati, biologik va ijtimoiy omillar ta’siri, Piaget, Gardner hamda Sternberg nazariyalari asosida intellektning shakllanishi, ko‘p turlari va rivojlanish mexanizmlari haqida ilmiy tahlil keltirilgan. Maqola zamonaviy ta’limda intellektni rivojlantirishning ahamiyatini ham yoritadi.. Kalit soʻzlar: intellekt, aqliy salohiyat, intellektual rivojlanish, kognitiv jarayonlar, Piaget, Gardner, Sternberg, kreativlik, ko‘p intellektlar nazariyasi. Intellekt inson psixikasining eng muhim va murakkab tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, atrof-muhitdagi hodisalarni anglash, bilimlarni egallash, muammolarni hal etish, qaror qabul qilish va hayotiy tajribalardan samarali foydalanish imkonini beradi. Bu tushuncha qadimdan falsafa, psixologiya va pedagogika sohalarida chuqur o‘rganib kelinmoqda. Intellektni faqat bilim va aql darajasi bilan emas, balki insonning moslashuvchanligi, ijtimoiy muomala madaniyati, muammolarga kreativ yondasha olish salohiyati bilan ham baholash lozim. Shu bois, intellekt — inson shaxsiyatining markaziy komponenti, uning muvaffaqiyatga erishishidagi asosiy vositadir. Ilmiy manbalarda intellekt turlicha talqin qilinadi. Umumiy ta’rifga ko‘ra, intellekt bu — shaxsning idrok, tafakkur, xotira, diqqat, tasavvur kabi kognitiv jarayonlari asosida murakkab axborotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va yangi bilimlar yaratish qobiliyatidir. Boshqacha aytganda, intellekt — bu insonning bilimlar asosida harakat qilish, mantiqiy fikrlash, o‘rganilganlarni yangi vaziyatlarga tatbiq etish layoqatidir. Klassik psixologiyada bu tushuncha ko‘proq aqliy salohiyat, ya’ni IQ bilan bog‘lab talqin etilgan. Biroq zamonaviy psixologiyada intellekt ko‘p qirrali, murakkab tizimli jarayon sifatida qaraladi. Intellektning rivojlanishi ko‘plab omillar bilan bog‘liq. Bu omillar orasida biologik (irsi), psixologik (individning ichki dunyosi), sotsial (ijtimoiy muhit), madaniy va pedagogik omillar ajralib turadi. Biologik omillar intellektual rivojlanish uchun asos bo‘lib xizmat qilsa-da, bu salohiyatning ochilishi va rivojlanishi ko‘proq psixologik va ijtimoiy sharoitlarga bog‘liq. Bola hayotining ilk yillarida atrof-muhit, oilaviy tarbiya, nutq rivoji, ta’lim-tarbiya jarayonlari intellektual o‘sishning poydevorini tashkil qiladi. Ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshi — tafakkur, xotira, e’tibor va til rivojining intensiv bosqichidir. [4] Psixologik yondashuvlarda intellektning rivojlanishi haqida bir qator nazariyalar ilgari surilgan. Shu jumladan, shveysariyalik olim Jan Piajening intellektual rivojlanish nazariyasi alohida ahamiyatga ega. Piagetga ko‘ra, intellekt — bu bola faoliyatining natijasi bo‘lib, u bosqichma-bosqich rivojlanadi. U intellektual rivojlanishni sensomotor, preoperatsional, konkret operatsiyalar va formal operatsiyalar bosqichlariga ajratgan. Har bir bosqichda bola dunyoni turlicha anglaydi, o‘ziga xos tafakkur shakllari rivojlanadi. Bu bosqichlar universal bo‘lib, bolaning muhit bilan o‘zaro aloqalari orqali amalga oshadi. Piagetning fikricha, bola — faol sub’ekt, ya’ni u atrof-muhitni passiv qabul qilmaydi, balki o‘z aqliy faoliyati orqali uni qayta ishlaydi. [1] 147 Zamonaviy psixologiyada esa intellektni bir necha turlarga ajratish tendensiyasi kuzatiladi. Amerikalik psixolog G. Gardner tomonidan ishlab chiqilgan “Ko‘p intellektlar nazariyasi”da inson intellekti bir nechta alohida turlarga ega ekani ta’kidlanadi. Bu turlar orasida lingvistik, mantiqiy-matematik, musiqiy, fazoviy, tana-kinestetik, shaxsiy (intrapersonal), ijtimoiy (interpersonal) va tabiiy intellektlar mavjud. Bu yondashuv har bir inson o‘ziga xos intellektual qobiliyatlar to‘plamiga ega ekanini ko‘rsatadi. Gardner nazariyasi ta’lim sohasida katta ahamiyat kasb etadi, chunki har bir bola yoki talaba yagona “aqlli” bo‘lish modeliga mos emas, ularning har biri o‘z kuchli tomonlari orqali intellektual rivojlanadi. [2] Bundan tashqari, amerikalik psixolog R. Sternberg intellektni analitik, kreativ va amaliy tarkibiy qismlarga ajratadi. Unga ko‘ra, haqiqiy aql — bu faqatgina testdagi savollarga to‘g‘ri javob bera olish emas, balki real hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l topish, muammoga innovatsion yondashish va ijtimoiy muhitga moslasha olishdir. Bu yondashuv intellektga yanada amaliy va funksional yondashishni ta’minlaydi. Intellektni rivojlantirish uchun qulay psixopedagogik sharoit yaratish zarur. Ta’lim tizimida analitik fikrlash, tanqidiy tahlil, kreativ yondashuv, muloqot madaniyatini shakllantirish orqali intellektual rivojlanishga erishish mumkin. Bundan tashqari, bolalarda va yoshlar orasida o‘yinlar, mantiqiy mashqlar, debatlar, loyihaviy faoliyatlar, muammoli vazifalar orqali fikrlash jarayonlarini faollashtirish — intellektual salohiyatni kuchaytiradiIntellekt nafaqat bilim olishda, balki ijtimoiy muhitga moslashishda, shaxslararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada intellekt tushunchasining psixologik mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va asosiy nazariy yondashuvlar yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada intellekt tushunchasining psixologik mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va asosiy nazariy yondashuvlar yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
intellekt, Sternberg, aqliy salohiyat, kreativlik, Gardner, kognitiv jarayonlar, ko‘p intellektlar nazariyasi., Piaget, intellektual rivojlanish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники