Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
STIVEN HASSANNING “FREEDOM OF MIND” MARKAZI FAOLIYATI TAHLILI
SCIENCE SHINE · СВОБОДЫ РАЗУМА (АНАЛИЗ СТИВЕНОМ ХАССАНОМ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ЦЕНТРА) · Abdulxamidov Abdulxamid Abdulnosir o‘g‘li (FREEDOM OF MIND CENTER)
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article analyzes the activities of the “Freedom of Mind Resource Center”, created by American specialist Stephen Hassan, as an effective 85 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 psychological model for liberation from destructive sectarian ideas based on the manipulation of consciousness at the turn of the 20th–21st centuries. Within the framework of the study, strategies for restoring individual consciousness based on the BITE model developed by Hassan, individual and family therapy methods of this center, and approaches based on international scientific cooperation are analyzed in depth. The article also considers the possibilities of applying this experience in liberation from extremist groups in the conditions of Uzbekistan. Keywords: Stephen Hassan, mind control, BITE model, destructive sect, psychological rehabilitation, free thought, liberation of consciousness Kirish (Introduction). So‘nggi o‘n yilliklarda diniy va ideologik radikallashuvning kuchayishi, ayniqsa yoshlar orasida destruktiv sekta g‘oyalarining tarqalishi global xavfsizlik muammosiga aylangan. Bu guruhlar shaxs ongini to‘liq nazorat qilish orqali o‘z mafkurasiga mutlaq bo‘ysundirishni maqsad qiladi. Bunday guruhlardan shaxsni qaytarish esa nafaqat ijtimoiy, balki chuqur diniy-psixologik reabilitatsiya jarayonini talab qiladi.. Amerikalik psixolog, sekta tajribasini shaxsan boshidan kechirgan mutaxassis Stiven Hassan bu borada fundamental izlanishlar olib borib, ongni nazorat qilishning to‘rt asosiy komponentiga asoslangan BITE modelini ishlab chiqqan. U tomonidan tashkil etilgan “Freedom of Mind Resource Center” markazi so‘nggi o‘n yillikda minglab shaxslarni sekta va ekstremistik g‘oyalardan ozod etishda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Destruktiv sekta bu insonlarning tafakkuri, xatti-harakati va hissiyotini to‘liq nazorat ostiga oluvchi, ularga mustaqil fikrlash imkonini bermaydigan, yopiq va avtoritar tuzilishga ega bo‘lgan guruhdir. Ular odatda diniy, mafkuraviy yoki shaxsga sig‘inish asosida tashkil topadi va a’zolarning ongini manipulyatsiya qilish, tashqi dunyodan izolyatsiyalash orqali to‘liq bo‘ysundirishga intiladi. Bu turdagi sektalar a’zolarning ijtimoiy aloqalarini uzadi, psixik salomatligini izdan chiqaradi, oilaviy rishtalarni buzadi va ijtimoiy xavfsizlikka tahdid soladi. Ular radikal g‘oyalarni targ‘ib qilib, diniy, etnik va siyosiy ziddiyatlarni kuchaytiradi hamda jamiyatda ijtimoiy ishonchsizlik va nizolarga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari sekta liderlari o‘zlarining siyosiy, moddiy va jinsiy maqsadlarini amalga oshirishda a’zolaridan foydalanadi. Natijalar (Results). Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Stiven Hassan tomonidan tashkil etilgan “Freedom of Mind Resource Center” markazi destruktiv sekta g‘oyalaridan aziyat chekkan shaxslarni ong nazoratidan chiqarish va ularning 86 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 mustaqil tafakkurini tiklashda ilmiy asoslangan, diniy, sotsiologik va psixologik yondashuvga ega bo‘lgan tizimli faoliyat olib boradi. Markaz faoliyatida eng asosiy tamoyil bu shaxsga nisbatan agressiv emas, balki empatik va tanqidiy tafakkurni uyg‘otuvchi uslubni qo‘llashdan iboratdir. Ushbu yondashuvda BITE modeli (Behavior, Information, Thought, Emotion) markaziy o‘rinni egallaydi. Modelga ko‘ra, sekta yoki ekstremistik guruhlar shaxsning xulq-atvori, axborotga bo‘lgan kirish imkoniyati, tafakkuri va hissiyotlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga intiladi. S.Hassanning markazi ushbu to‘rt jihatning har birini alohida tahlil qiladi: shaxs qanday xatti-harakatlar bilan chegaralangan, qanday ma’lumotlardan mahrum bo‘lgan, fikrlashida qanday dogmalik shakllangan va hissiy jihatdan qanday qo‘rquv yoki aybdorlik hissi bilan boshqarilgan, aynan shu jihatlar aniqlanib, reabilitatsiya ishlari olib boriladi. Bu jarayonda nafaqat individual, balki oilaviy maslahat va restavrativ yondashuvlar ham qo‘llanadi. Shuningdek, shaxsga sekta mafkurasidan farqli, mustaqil, neytral va faktlarga asoslangan alternativ ma’lumotlar beriladi, bu esa ichki “kognitiv dissonans”ni yumshatib, shaxsiy qaror qabul qilish jarayonini faollashtiradi. Amaliy holatlar tahliliga ko‘ra, ushbu markaz yordamida ko‘plab bemorlar qisqa muddat ichida salbiy mafkura ta’siridan xalos bo‘lgan, ularda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil baholash va ijtimoiy reintegratsiyaga qaytish qobiliyati tiklangan. Terapiya jarayoni, odatda, 6 oy davom etadi, biroq ayrim holatlarda bu davr 3-4 oy ichida ham sezilarli natija bergan. Bunday yondashuv, xususan, yoshlar, radikallikka moyil shaxslar va ijtimoiy inqirozga uchragan qatlamlar uchun eng samarali yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Muhokama (Discussion). Tadqiqot natijalari asosida olib borilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, Stiven Hassan tomonidan ishlab chiqilgan va “Freedom of Mind” markazi orqali amaliyotga tatbiq etilgan ongni ozod qilish modeli zamonavi
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the activities of the “Freedom of Mind Resource Center”, created by American specialist Stephen Hassan, as an effective 85 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 |…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the activities of the “Freedom of Mind Resource Center”, created by American specialist Stephen Hassan, as an effective 85 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 |… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Stephen Hassan, mind control, BITE model, destructive sect, BITE modeli, erkin fikr, ong nazorati, ongni ozod qilish, psixologik reabilitatsiya, destruktiv sekta, Stiven Hassan
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945