Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SAID AHMAD HIKOYALARIDA HAYVONLAR OBRAZI
Barakayeva Shodiya
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article explores the role and artistic significance of animal imagery in Said Ahmad's stories. The author portrays animals not only as elements of the environment but also as symbols reflecting human traits, social, and spiritual issues. Through the characters of animals and their roles in the narratives, the complex aspects of human nature, inner emotions, and relationships with society are depicted. Using the voice of animals, Said Ahmad leads the reader into the deeper layers of reality, expressing the intrinsic connection between humans and nature as well as the spiritual wisdom of animals. The article presents analytical insights on the author's artistic style, his philosophical approach to creating animal imagery, and their place in the meaning of his works. Keywords: Horse, dog, hadith, surah, writer, faithful, image, symbol, story, picture, etc. O‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Said Ahmad o‘zining chuqur hayotiy kuzatuvlari, sodda, ammo mazmunli uslubi bilan xalq qalbidan chuqur joy olgan adibdir. Uning hikoyalari hayotga yaqinligi, xalqona tasvirlari, obrazlar boyligi bilan ajralib turadi. Ushbu hikoyalarda insonning ichki dunyosi, jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan birga hayvonlar obrazi orqali ham muhim ma’naviy-axloqiy g‘oyalar ifodalanadi. Uning “Ot bilan suhbat” hikoyasi o‘zbek adabiyotida hayvon obrazining falsafiy, ramziy, axloqiy ma’nolarga boy tarzda 1699 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 berilgan namunalaridan biridir. "Ot bilan suhbat" hikoyasida otning ta’rifi keltirilgan jumlalar diqqatga sazovor. Unda sobiq jangchi hozirgi ayg‘irni “konchi ot” deb ataydi. Ot “bo‘ychan, o‘ychan, qora, qaddi tik, tanasi baquvvat, ko‘zlarida tushunib bo‘lmas ma’no bor” deya tasvirlanadi. Bu yerda “qora” so‘zining ishlatilishi o‘quvchiga biroz erish tuyulishi mumkin. Biroq hikoyada konchi otlarning umumiy tasvir va tavsifi berilgan bo‘lib, bu orqali o‘quvchi voqealar kechayotgan muhitga chuqur kirib boradi. Hikoyaning yana bir qiziq jihati shundaki, unda ot nafaqat rivoyatchi (roviy), balki yozuvchi vazifasini ham bajaradi. Bu esa hikoyaga o‘ziga xoslik bag‘ishlaydi. Biz buni ot orqali insoniyatga murojaat qilinayotgan, ot bilan yaxlitlikda bo‘lgan badiiy ifoda deb talqin qilishimiz mumkin. Shuningdek, ot tilidan insonlarga baho beriladi. Muallif hayvonlar orqali insonlar haqida fikr bildiradi. Bu esa hayvonlarning insonlarni chuqur anglash qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Muallif kondagi hayotni otlarning ko‘zi bilan tasvirlaydi. Bu orqali Said Ahmadning hayvonlarga, xususan otlarga nisbatan o‘zgacha mehr va e’tibor bilan qarashini sezish mumkin. Yozuvchi hikoyada eng oddiy detallarni ham badiiy ruhda ifodalay olgan. U har bir voqea-hodisaga o‘ziga xos obrazlilik va teranlik baxsh etgan1. Said Ahmadning ushbu hikoyasida voqea harakatidan ko‘ra tasvir yetakchi o‘rin tutadi. Muallif qahramonlarni faol harakatga jalb qilishdan ko‘ra, tabiat manzaralari, hayvonlar tilidan voqeani bayon etish orqali o‘z g‘oyasini yetkazishga intiladi. Bu jihatdan asarni naturalizm an’analarining davomchisi sifatida baholash mumkin. Chunki hikoyada markaziy obraz sifatida aynan hayvonlar ishtirok etadi va ular orqali insonlarga xos xatti-harakat, fazilat hamda kamchiliklar gavdalantiriladi. Asarda hayvonot olamiga xos ramzlar, timsollar yordamida emas, balki insoniy fazilatlar va illatlar hayvonlar timsolida ochib beriladi. Bu esa asarning mazmuniga chuqurroq kirib borishga, uni inson ruhiyati bilan bog‘lashga xizmat qiladi.Said Ahmad ijodiga xos psixologik chuqurlik, nozik lirizm, yuksak badiiy uslub va falsafiy mushohadalar bu hikoyada ham o‘z ifodasini topgan. Bu jihatlar har qanday o‘quvchining estetik ehtiyojini qondira oladi.Shu bilan birga, hikoyaning ayrim epizodlari o‘quvchiga biroz g‘aliz yoki murakkab tuyulishi mumkin. Ammo bu holat muallifning badiiy maqsadidan kelib chiqqan holda, asar mazmunining chuqurligi bilan izohlanadi. Said Ahmadning hikoyalari san’at darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, demak, uning boshqa janrlardagi asarlari qanday bo‘lishi mumkin, degan tabiiy savol o‘quvchida paydo bo‘ladi. Asarda ishtirok etgan ot obrazini biz xarakter va tip o‘rtasidagi murakkab qahramon sifatida baholashimiz mumkin. U oddiy hayvon emas, balki insoniy fazilatlarni ifodalovchi ramziy obraz darajasiga ko‘tarilgan. Xulosa qiladigan bo‘lsak, hikoyalarni tahlil qilish jarayonida biz tadrijiylikka — bosqichma-bosqich tahlilga alohida e’tibor qaratdik. Avvalo, hikoyanavislikda o‘z uslubi va adabiy yo‘nalishiga ega bo‘lgan mualliflarning asarlarini saraladik, ularni tahlilga tortdik. Hikoyalarni ma’lum adabiy metodlar, til xususiyatlari nuqtai nazaridan baholadik. Said Ahmad ijodidagi hikoyalar — ayniqsa, o‘zidagi didaktik ruh, zamonaviylik, hamda falsafiy mazmuni bilan ajralib turadi. Ularning tag zamirida chuqur ijtimoiy va ma’naviy g‘oyalar mujassam. Biz bu jihatlar asosida muallif hikoyalarini tahlil qilib, o‘zimizning xulosalarimizni berdik.Bundan tashqari, ot obrazining
Доказательный фрагмент
«This article explores the role and artistic significance of animal imagery in Said Ahmad's stories.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the role and artistic significance of animal imagery in Said Ahmad's stories. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Horse, dog, hadith, surah, writer, faithful, image, symbol, story, picture, etc, vafodor, timsol, tasvir va boshqalar., hadis, hikoya, it, sura, Ot, yozuvchi, obraz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945