К содержанию
РецензированоUZ2026

DINIY EKSTREMIZM BILAN BOG‘LIQ HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI · Tillaxodjayev Baxodir Abdullaxanovich · Ermatov Tohirjon Tolibjon O‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Ushbu maqola diniy ekstremizm bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida batafsil tahlil beradi. Diniy ekstremizm nafaqat diniy e'tiqodlarni, balki jamiyatda barqarorlik va xavfsizlikni tahdid qiladi. Maqolada diniy ekstremizmning asosiy sabablari, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik, diniy va siyosiy omillar, shuningdek, psixologik va madaniy omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, diniy ekstremizmni oldini olish uchun ta'lim tizimini rivojlantirish, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, yoshlarni ekstremistik guruhlardan himoya qilish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish kabi chora-tadbirlar keltirilgan. Maqola, diniy ekstremizmga qarshi kurashishda huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish va ijtimoiy muammolarni kompleks ravishda hal qilish zarurligini ta'kidlaydi. Diniy ekstremizmga qarshi samarali kurashish uchun barcha ijtimoiy qatlamlar, davlatlar va xalqaro hamjamiyat o‘rtasida muvofiqlashtirilgan sa'y-harakatlar zarur. Kalit so‘zlar: Diniy ekstremizm, huquqbuzarlik,ta’lim tizimi, internet monitoring, diniy bag‘rikenglik,jamiyatda tinchlik, radikalizatsiya, diniy tashkilotlar, qonunchilik va nazorat ,yoshlar tarbiyasi ,inson huquqlari, ijtimoiy tarmoqlar, dinlararo muloqot,diniy ekstremistik guruhlar, huquqni muhofaza qilish, xavfsizlik choralari, diniy liderlar ,milliy xavfsizlik,terrorizmga qarshi kurash,jamiyatning barqarorligi. Annotation: This article provides a detailed analysis of the necessary measures to prevent crimes related to religious extremism. Religious extremism threatens not only religious beliefs but also the stability and security of society. The article examines the main causes of religious extremism, including socio- economic inequality, religious and political factors, as well as psychological and cultural influences. It also presents measures to prevent religious extremism, such as developing the education system, ensuring economic stability, protecting youth from extremist groups, and strengthening international cooperation. The article emphasizes the need to improve legal mechanisms in the fight against 91 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference religious extremism and to address social issues in a comprehensive manner. Effective combating of religious extremism requires coordinated efforts among all social sectors, states, and the international community. Keywords: Religious extremism, Crime, Education system, Internet monitoring, Religious tolerance, Peace in society, Radicalization, Religious organizations, Legislation and control, Youth education, Human rights, Social networks, Interfaith dialogue, Religious extremist groups, Law enforcement, Security measures, Religious leaders, National security, Counterterrorism, Social stability. Diniy ekstremizm: ta'rifi va sabablari Ekstremizm (lotincha- oʻta, keskin degan maʼnolarni anglatadi) –ijtimoiy- siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hokimiyatni zo‘rlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini o‘zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasi hamda siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish. Ekstremizmning siyosiy va diniy koʻrinishlari yaqqol ajralib turadi. Zoʻrlik yoki zoʻrlik ishlatishga davat qilish. Siyosiy ekstremizm namoyandalari oʻzlarining gʻarazli maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritishini buzish va yoʻqotishga harakat qiladi. Bu yoʻlda ekstremistlar va ekstremistik tashkilotlar „demokratiya“ niqobi ostida balandparvoz shiorlar, chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini qoʻllab quvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar chiqarishga urinadilar, odamlarni gijgijlaydilar, terror qilish usulidan foydalanadilar . Ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari har qanday murosa va kelishuvni rad etadilar. Oʻziga tobelarni oʻz buyruq va koʻrsatmalarini koʻrkoʻrona bajarishga majbur etadilar. Siyosiy ekstremizmning millatchilik koʻrinishi turli millat va etnik guruhlar huquqini inkor etishda namoyon boʻladi. Millatchi ekstremistlar faoliyati separatizm bilan bogʻliq boʻlib, koʻp millatli davlatlarni yoʻqotish, tub millat hukmronligini oʻrnatishga qaratiladi. Bunday ekstremizm millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi va xalqlar oʻrtasida mojarolar chiqishiga olib keladi. Diniy ekstremizm, avvalo, boshqa konfessiyalarga, ularning vakillariga nisbatan toqatsiz boʻladi. Diniy tashkilotlardan dunyoviy davlatga qarshi kurashda foydalanadi. Ekstremizmning turli koʻrinishlari soʻnggi vaqtlarda dunyoning koʻp mamlakatlarida, xususan,Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham oʻzini 92 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-onli

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola diniy ekstremizm bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida batafsil tahlil beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola diniy ekstremizm bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida batafsil tahlil beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Religious extremism, Crime, Education system, Internet, terrorizmga qarshi kurash, yoshlar tarbiyasi, qonunchilik va nazorat, jamiyatda tinchlik, ta’lim tizimi, diniy liderlar, inson huquqlari, ijtimoiy tarmoqlar, jamiyatning barqarorligi., xavfsizlik choralari, huquqbuzarlik, diniy ekstremistik guruhlar, huquqni muhofaza qilish, radikalizatsiya, internet monitoring, dinlararo muloqot, milliy xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik, Diniy ekstremizm, diniy tashkilotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники