К содержанию
РецензированоUZ2026

MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA VA METODLARDAN FOYDALANISH

METODLARDAN FOYDALANISH · Poʻlatboyeva Madina Axmedjon qizi · Toshkent Tumani -son Politexnikumi

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

This article recommends the use of modern technologies and methods for teaching mathematics. It was mentioned that it is possible to find solutions to problems by organizing a certain sequence in conducting the lesson. Key words: information, computerization, problem method, search methods, reproductive methods, special teaching methods. Ta'limga e'tibor kelajakka e'tibordir. Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o'zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg'or yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlariga, balki har qaysi oila, hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug'dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim. Axborot - so'zi lotincha «information so'zidan kelib chiqqan bo'lib «tushuntirish, tanishtirish, bayon etish» -degan ma'nolarni anglatadi. Ko'p hollarda «axborot» so'zi o'rnida «berilganlar» degan ancha farq qiluvchi so'zi ham ishlatiladi. Axborot texnologiyalari - axborotni yig'ish, saqlash, uzatish, o'zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig'indisidan iborat. O'qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda - faqat o'quv tarbiya jarayonga qo'llanishi mumkin bo'lgan eng yangi axborot texnologiyalarni tushuniladi. Yangi axborot texnologiyalari - turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot 103 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference olish va qayta ishlash bo'yicha xizmatlar bilan ta'minlashdan iborat. Matematika ta'limi jarayonlarini kompyuterlashtirish, eksperimental matematikada maxsus dasturiy paketlardan foydalanish(Matlab, Mathcad, Maple), matematikani o'qitishning axborotlashtirilgan muhiti, matematika ta'limida kognitiv vositalarning o'rni, zamonaviy elektron o'quv adabiyotlariga qo'yilgan talablar va ulardan ta'lim jarayonlarida foydalanish shart-sharoitlari, maqsad va vazifalari olimlar tomonidan tadqiq etilgan. O'qitish texnologiyasida quyidagi dasturlar bo'lishi mumkin: chiziqli dastur; tarmoqlangan dastur; adaptiv dastur; umumlashtirilgan dastur; dastur-algoritm; modulli o'qitish dasturi; bilimlarni to'liq o'zlashtirish dasturi. Chiziqli dastur nazorat topshiriqlari bo'lgan o'quv axborotining ketma-ket o'rin almashinuvchi uncha katta bo'lmagan bloklaridan iborat. Chiziqli dasturda o'quvchi axborotning ushbu qadami (bloki) ga javob to'g'ri bo'lganda keyingi qadamga (blokka) o'tadi, javob noto'g'ri bo'lganda esa, shu qadamning o'ziga qaytadi, ya'ni boshlang'ich axborotni qaytadan o'rganishi kerak. Tarmoqlangan dasturda javob noto'g'ri bo'lganda o'quvchiga nazorat topshirig'ini bajarishi, to'g'ri javob berishi va o'quv axborotining navbatdagi qadamiga (blokiga) o'tishiga imkon beruvchi qo'shimcha o'quv axboroti beriladi. Adaptiv dastur o'quvchiga yangi o'quv materialining murakkablik darajasini o'zi tanlashiga, uni o'zlashtirgan sari o'zgartirishga, ma'lumotnoma adabiyotlar, lug'atlar, qo'llanmalar va h.k. ga murojaat qilishga imkon beradi. Umumlashtirilgan dastur chiziqli, tarmoqlangan va adaptiv dasturlarning parchalari (fragmentlari) ni o'z ichiga oladi. Dastur-algoritm aqliy (nazariy) va amaliy operatsiyalarning ketma-ketlik tartibini aniqlaydi. U, ham mustaqil o'qitish dastursi, ham boshqa o'qitish dastursining qismi bo'lishi mumkin. Algoritm deganda ko'rsatilgan maqsadga erishish yoki qo'yilgan masalani echishga qaratilgan amallar ketma-ketligini bajarish borasida ijrochiga tushunarli va aniq ko'rsatmalar berish nazarda tutiladi. Matematik tadqiqotning asosiy usullari: kuzatish va tajriba; solishtirish; tahlil va sintez; umumlashtirish va ixtisoslashtirish; abstraksiya va spetsifikatsiya. Matematika o'qitishning zamonaviy usullari: muammoli (perspektivli) metod; laboratoriya usuli; dasturlashtirilgan ta'lim usuli; evristik usul; matematik modellarni qurish usuli, aksiomatik usul va boshqalar. Axborotni rivojlantiruvchi o'qitish usullari ikki sinfga bo'linadi: b) bilimlarni mustaqil egallash (kitob bilan mustaqil ishlash, o'quv dasturi bilan mustaqil ishlash, axborot ma'lumotlar bazalari bilan mustaqil ishlash - axborot texnologiyalaridan foydalanish). 104 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Muammoli qidiruv usullariga quyidagilar kiradi: o'quv materialining muammoli taqdimoti (evristik suhbat), o'quv muhokamasi, laboratoriya-qidiruv ishlari (materialni o'rganishdan oldin), kichik guruhlarda ishlashda jamoaviy aqliy faoliyatni tashkil etish, tashkiliy va faol o'yin; tadqiqot ishi. Reproduktiv usullar: o'quv materialini takrorlash, namuna bo'yicha mashqlar bajarish, ko'rsatmalarga muvofiq laboratoriya ishi, simulyatorlarda mashqlar. Ijodiy va reproduktiv usullar: kompozitsiya, variatsion mashqlar, ishlab chiqarish holatlarini tahlil qilish, ishbilarmon o'yinlar va kasbiy faoliyatga taqlid qilishning boshqa turlari. O'qitish metodlarining ajralmas qismi o'qituvchi va o'quvchilarning o'quv faoliyati metodla

Доказательный фрагмент

«This article recommends the use of modern technologies and methods for teaching mathematics.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article recommends the use of modern technologies and methods for teaching mathematics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
information, computerization, problem method, search, axborot, maxsus o'qitish usullari., qidiruv usullari, kompyuterlashtirish, muammoli metod, reproduktiv usullar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники