К содержанию
РецензированоRU2026

YOSH AVLOD ONGI VA RUHIYATIDA MA’NAVIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA OILA TARBIYASINING O‘RNI

Abdullayeva Jangil G’afarovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В статье изложены соображения о семейном воспитании и его особенностях, духовной среде в семье, приоритете национальных и духовных ценностей в воспитании детей. Также рассматриваются влияние семейного воспитания на развитие ребенка, особенности воспитания духовности подрастающего поколения и. Даны рекомендации по обеспечению благополучия семьи. Ключевые слова: образовательный процесс, семейное воспитание, семейная среда, семейные отношения, развитие личности, народная педагогика, воспитание детей, образование, национальные ценности. Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar, yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga xurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har bir insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi. Jamiyat rivojlanib, ma’naviy omillarning ijtimoiy taraqqiyotidagi o`rni va ahamiyati ortgani sari oiladagi tarbiyaga e’tibor ham kuchaya boradi. Bu borada oiladagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, ota-onalarda farzandlar oldidagi, 179 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference farzandlarda ota-ona va jamiyat oldidagi, burch va mas’uliyat tuyg`usini kuchaytirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Oilada bola ma’naviyatini milliy qadriyatlar orqali shakllantirish uning shaxs sifatidagi kamolotida muhim o‘rin tutadi va ruhiyatiga olijanob insoniy fazilatlarning tarkib topishida ahamiyatga ega. Milliy qadriyatlarimiz tarkibiga kuruvchi urf-odatlar, turli marosimlar, an’analar bugungi kunda respublikamizning mustaqilligini mustahkamlashda, milliy mafkurani yaratishda, yoshlarni ma’naviy tarbiyasida, jamiyatni rivojlantirishda, qolaversa, oilalar mustahkamliligini barqarorlashtirishda, undagi tarbiya masalalarini, milliyligini oshirishda muhim tarbiya vositasi sifatida xizmat qilishini har bir xonadon sohibi, har bir fuqaro yaxshi anglaydi. Brinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxtu saodat faqat boylik, molu mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon – e’tiqodli farzand nafaqat ota – onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir” [1]. Sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirishga ta’sir etuvchi omillardan biri oilada sog‘lom farzandni dunyoga kelishidir. Har qanday ota-ona o‘z farzandini aqliy jihatdan barkamol, jismonan sog‘lom, to‘la-to‘kis, benuqson tug‘ilishini istaydi. Uning kamolga yetishi murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, bola rivojlanishi muhit, irsiyat, ta’lim-tarbiya va shaxsning mustaqil faoliyati uzviy ta’sir o‘tkazadi. Bu jarayonda ayniqsa sog‘lom oila muhiti, oilaviy munosabatlar tizimi muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan shaxs ma’naviyati, dunyoqarashi, tafakkuri, e’tiqodi, iymoni avvalo oilada shakllanadi. Darhaqiqat oila, ayniqsa o`zbek oilasi asrlar osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda muqaddas maskan bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi. Oilaviy munosabatlar jarayoni, tarbiyaviy ta’sirimiz orqaligina insonga Vatan tushunchasi ilk bor tetapoya bo`lib o`sib kelayotgan yosh go`dakning ongi, ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri, hayotiy faoliyati davomida yana ham sayqalanib, mazmunan mujassamlashadi. Bu jarayon oiladagi sog`lom muhitda, ota-bobolar o`giti, ota ibrati, ona mehri, aka-uka, opa-singillarning mehr-oqibati orqali amalga oshib boradi. Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrida olar ekan. Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi. Xalqimizning «qush 180 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference uyasida ko‘rganini qiladi», degan dono maqoli ham mana shu azaliy xaqiqatni yaqqol aks ettiradi. Odamzot uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati atrofidagi odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o‘zini qanday his qilishi, yetakchilik xislatlariga ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashi bularning barchasi avvalo uning tabiati, shy bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog‘liq ekanini hayot tajribasi ko‘p misollarda tasd

Доказательный фрагмент

«В статье изложены соображения о семейном воспитании и его особенностях, духовной среде в семье, приоритете национальных и духовных ценностей в воспитании детей.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье изложены соображения о семейном воспитании и его особенностях, духовной среде в семье, приоритете национальных и духовных ценностей в воспитании детей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
образовательный процесс, семейное воспитание, oilaviy muhit, tarbiya jarayoni, shaxs rivojlanishi, oilaviy tarbiya, xalq pedagogikasi, bola tarbiyasi, oilaviy munosabatlar, ta’lim-tarbiya, milliy qadriyatlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники