К содержанию
РецензированоUZ2026

AXBOROTLASHGAN JAMIYAT: IJTIMOIY ONG VA TARAQQIYOT NUQTAI NAZARIDAN FALSAFIY QARASHLAR

NAZARIDAN FALSAFIY QARASHLAR · Ismatov Abrorjon

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Maqolada axborotlashgan jamiyat fenomenining ijtimoiy ongga ta’siri va uning zamonaviy taraqqiyotdagi falsafiy mazmuni tahlil etiladi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan vujudga kelayotgan ijtimoiy transformatsiyalar, tafakkur paradigmasining o‘zgarishi, bilim va axborotning jamiyat taraqqiyotidagi asosiy resursga aylanishi ijtimoiy- falsafiy yondashuvlar asosida baholanadi. Maqolada inson kapitali, ongli subyekt sifatida shaxs, raqamli tafovut, axborot tengsizligi kabi kategoriyalar muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar. Axborotlashgan jamiyat, ijtimoiy ong, falsafiy tahlil, inson kapitali, raqamli tafovut, bilim iqtisodiyoti, taraqqiyot, virtual haqiqat, tafakkur transformatsiyasi. Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari va raqamli transformatsiya jamiyatning barcha jabhalarini tubdan o‘zgartirmoqda. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning asosiy paradigmasi sifatida shakllandi. Bu jarayon nafaqat texnologik taraqqiyot bilan, balki ijtimoiy ongning evolyutsiyasi va falsafiy qarashlarning qayta ko‘rib chiqilishi bilan ham bog‘liq. Ushbu maqola axborotlashgan jamiyatning ijtimoiy ong va taraqqiyotga ta’sirini falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Maqolaning maqsadi axborot jamiyatining asosiy xususiyatlarini aniqlash, uning ijtimoiy ongni shakllantirishdagi rolini ko‘rib chiqish va taraqqiyotning falsafiy talqinlarini o‘rganishdir. Axborotlashgan jamiyat bugungi dunyo bo'ylab osonlik bilan aloqa va ma'lumot almashish imkoniyatlarini olib kelgan. Bu jamiyatning o'sishida axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining keng rivojlanishi va ommalashtirilishi juda muhim ahamiyatga ega. XXI asrda jamiyat taraqqiyoti axborot va texnologik omillar bilan chambarchas bog‘liq holda kechmoqda. “Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi postindustrial bosqichda insoniyat taraqqiyotini anglash va baholashning markaziy paradigmasiga aylandi. Bunday jamiyatda axborot resursi moddiy resurslardan ustun bo‘lib, bilim va texnologiya ijtimoiy ong shakllanishida asosiy rolni o‘ynaydi. Shu sababli, axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy ong va taraqqiyot kontekstida tahlil qilish falsafiy nuqtai nazardan dolzarbdir. Milliy munosabatlarda oʻtmish va ijtimoiy xotira saqlovxonalaridan siyosiy maqsadlarda foydalanish, etnik ongning transformatsiyasi, mahalliy nizolardan tortib urushlargacha, diniy, eʼtiqodiy qarama-qarshiliklardan tortib diniy ekstremizm va terrorizmgacha bo‘lgan hatti- harakatlarni amalga oshirishda foydalanilmoqda, qolaversa, migratsiya munosabatlarining avj olishi, assimilyatsiya hodisalarining oʻsib borishi, xalqaro hamjamiyatlarda millatlarning oʻz manfaatlarini himoya qilish hamda madaniy identifikatsiyani saqlab qolishni taqozo etmoqda. Axborotlashgan jamiyatning keng taraqqiy etishi millat va xalqlar oʻrtasidagi integratsiya jarayonlarini yuksaltirishi barobarida xalqlarning oʻz tarixiy makondagi asoslarini bilishga boʻlgan intilishlarini kuchaytirib kishilarda milliy qadriyatlarni saqlash, jamiyatda ijtimoiy xotirani mustahkamlash, tarixiy oʻzlikni bilishga boʻlgan intilishlarini qondirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. 64 ` Axborotlashgan jamiyat – bu axborotni ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish va ulardan foydalanish jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida markaziy o‘rin egallagan tizim sifatida ta’riflanadi. Daniel Bell (1973) kabi sotsiologlar axborot jamiyatini postindustrial jamiyatning muhim bosqichi sifatida tasniflagan bo‘lib, unda xizmat ko‘rsatish sohasi va bilim iqtisodiyoti ustunlik qiladi. Manuel Kastels esa “Tarmoq jamiyati” (1996) konsepsiyasida axborot texnologiyalari global tarmoqlar orqali ijtimoiy tuzilmalarni qayta shakllantirishini ta’kidlaydi. Falsafiy nuqtai nazardan, axborotlashgan jamiyat nafaqat texnologik, balki ontologik va epistemologik o‘zgarishlarni ham talab qiladi. Axborotning cheksiz oqimi inson ongini, uning dunyoqarashini va o‘zini o‘zi idrok etishini o‘zgartiradi. Bu jarayon ijtimoiy ongning yangi shakllarini vujudga keltirib, individual va kollektiv identiklikni qayta belgilaydi. Ijtimoiy ong jamiyat a’zolarining umumiy qadriyatlar, e’tiqodlar va bilimlar majmuasi sifatida ta’riflanadi. Axborotlashgan jamiyatda ijtimoiy ongning shakllanishi axborot texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirida sodir bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyat – bu ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichi bo‘lib, unda axborot ishlab chiqarish, saqlash va uzatish asosiy faoliyat sohasiga aylanadi. Bu atama avvalambor D. Bell, M. Kastels, Y. Masuda, P. Druker kabi tadqiqotchilar tomonidan nazariy asoslangan. D. Bellning postindustrial jamiyat modeli bilim va xizmatlar ustuvorligini ko‘rsatadi, M. Kastels esa axborot tarmoqlari orqali ijtimoiy tuzilmaning global transformatsiyasini tahlil qiladi. Falsafiy nuqtai nazardan, axborotlashgan jamiyat ontologik va epistemologik muammolarni ilgari suradi: axborotning haqiqatga nisbati, raqamli haqiqat va virtual tafakkurning

Доказательный фрагмент

«Maqolada axborotlashgan jamiyat fenomenining ijtimoiy ongga ta’siri va uning zamonaviy taraqqiyotdagi falsafiy mazmuni tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada axborotlashgan jamiyat fenomenining ijtimoiy ongga ta’siri va uning zamonaviy taraqqiyotdagi falsafiy mazmuni tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inson kapitali, Axborotlashgan jamiyat, falsafiy tahlil, bilim iqtisodiyoti, tafakkur transformatsiyasi., virtual haqiqat, ijtimoiy ong, raqamli tafovut, taraqqiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
THE ROLE OF FOLKLORE IN NARRATIVE ART

Международный журнал искусственного интеллектаMamayusupova S.M., Senior Lecturer +12025

3