К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARDA KASBIY AXLOQNI RIVOJLANTIRISHNING TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI (in-academy.uz/index.php/si) · Xalilov Raufjon Rahimjon o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqola, talabalar orasida kasbiy axloqni rivojlantirish va takomillashtirish metodikasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Axloqiy qadriyatlar, kasbiy faoliyatda muhim rol o‘ynaydi va talabalar uchun professional muvaffaqiyatning asosi hisoblanadi. Maqolada, talabalarning kasbiy axloqiy me’yorlari, ularning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ta’lim muassasalari, oila va jamiyatning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, kasbiy axloqni rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv ta’lim uslublari va psixologik treninglarning roli ko‘rsatilgan. Soha mutaxassislari va olimlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi metodikalar va innovatsion yondashuvlar yordamida talabalar orasida axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha misollar keltirilgan. Maqolaning ahamiyati shundaki, u nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliyotda ham kasbiy axloqni rivojlantirishga qaratilgan yangi yondashuvlarni taklif etadi va bu yo‘nalishda qo'shimcha tadqiqotlar o‘tkazishga ilhom beradi. Kalit so‘zlar: Kasbiy axloq, rivojlantirish metodikasi, professionalizm, etika, axloqiy qadriyatlarm, ta’lim jarayoni, o‘qitish usullari, kasbiy tayyorgarlik, innovatsion metodlar. Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimida talabalarda faqat ilmiy-nazariy bilimlarni rivojlantirish emas, balki yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar bilan qurollangan, o‘z kasbiga ijtimoiy mas’uliyat, halollik va etik tamoyillar nuqtayi nazaridan yondasha oladigan shaxslarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ehtiyoj, avvalo, mehnat bozori va jahon talablari bilan ham bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar, ijtimoiy soha, jamoat tashkilotlari, davlat idoralari – barchasi mehnatkashning professional mahorati bilan bir qatorda uning kasbiy axloqiy mezonlarga sodiqligini ham e’tiborga oladi. Ayniqsa, talabalarni kelajakda o‘z mutaxassisligi doirasida ijtimoiy mas’uliyatli faoliyatga, mehnat jamoasidagi munosabatlarda adolat, insonparvarlik, qonunlarga va axloqiy me’yorlarga sodiq bo‘lishga yo‘naltirish – oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yuklangan asosiy vazifalardan biridir. Biroq, bu jarayon faqat nazariy ma’ruzalarda axloq tushunchalarini yoritish bilan kifoyalanmaydi. Talabalarda kasbiy axloqni rivojlantirishni metodik jihatdan takomillashtirish, dars, amaliy mashg‘ulot, loyihalar, hamkorlik muhitini rejalashtirish masalasi ustuvor ahamiyatga ega. Kasbiy axloq – bu kasbiy faoliyatda odob-axloq qoidalariga, ijtimoiy-etik normalarga rioya qilish, shuningdek, mehnat jamoasi, ish beruvchi va mijozlarga, atrof-muhitga halollik, shaffoflik, javobgarlik bilan yondashish tamoyillarini o‘z ichiga oluvchi hodisadir [1]. Mazkur tushunchaning muhim komponentlari: Axloqiy tamoyillar: Vijdon, halollik, adolat, xushmuomala bo‘lish, hamkorlarga hurmat, ijtimoiy mas’uliyat. Me’yor va talablar: Kasb doirasida belgilangan ichki nizom, kasbiy kodeks, qonunchilikka sodiqlik, o‘z ustidan nazorat. Psixologik omillar: Shaxsiy xulq-atvorni boshqarish, o‘zini tuta bilish, nizolarga madaniy yondashish, stresslarga chidamlilik. 136 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Kasbiy axloq talabalarga nega kerak? Talaba endigina o‘qishni tugallab, amaliy faoliyatni boshlashi bilanoq ish jamoasiga qo‘shiladi, mijozlar yoki ish beruvchi bilan munosabatda bo‘ladi, axloqiy va huquqiy mas’uliyat bilan yuzma-yuz keladi. Agar unda kasbiy axloq yetarlicha shakllanmagan bo‘lsa, qonunbuzarlik, ma’nan nopok xatti-harakatlar, korrupsiyaga moyillik, jamoadagi nizolar, mijozlar bilan muammolar kuchayishi mumkin. Shu sababli, talabalarni to‘g‘ri kasbiy xulq me’yorlariga yo‘naltirish – oliy ta’limning bosh ustuvorlaridan biri [2]. Zamonaviy talimdagi o‘ziga xos yondashuvlar. Zamonaviy ta’lim asosiy e’tiborni ijtimoiy va pedagogik hamkorlik muhitiga, interfaol metodlarga, loyiha va muammoli ta’lim shakllariga qaratadi. Talabalarning kasbiy axloqini rivojlantirishda ham aynan shu yondashuvlar yanada samarali bo‘lib, ular nazariy bilimni hayotiy va real kasbiy vaziyatlarda sinab ko‘rish, ijtimoiy- axloqiy dilemma va mas’uliyatni idrok etish imkonini beradi. Talabalarda kasbiy axloqni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish zarurati. An’anaviy yondashuvlarning cheklanganligi. O‘qish jarayonida faqat ma’ruzalar, kitoblardan “axloq tushunchasi” haqida o‘qish, bir-ikki umumiy ma’ruzaga tiqin qilish orqali talabaning kasbiy axloqi shakllanishiga ishonish – hozirgi davr talablari nuqtayi nazaridan yetarli emas. Talabaning shaxsiy “axloqiy men”i, xulq-atvori, psixologik-didaktik tayyorgarligi amaliy mashg‘ulotlarda, loyihalarda, jamoaviy ishda, real hayotiy situatsiyalarda aniq namoyon bo‘ladi. Shu bois, an’anaviy ma’ruza va nazariy fanlar bilan cheklanib qolmasdan, zamonaviy metodik yondashuvlarni takomillashtirish zarur [3]. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash. Globallashuv sharoitida xalqaro bozorda ham raqobatbardosh, mas’uliyatli, halol, chukur bilimli, umuminsoniy qadriyatlarga mos mutaxassisga tal

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola, talabalar orasida kasbiy axloqni rivojlantirish va takomillashtirish metodikasini o‘rganishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola, talabalar orasida kasbiy axloqni rivojlantirish va takomillashtirish metodikasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rivojlantirish metodikasi, Kasbiy axloq, innovatsion metodlar., axloqiy qadriyatlarm, o‘qitish usullari, professionalizm, ta’lim jarayoni, kasbiy tayyorgarlik, etika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники