Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INFLATSIYANING BANK XIZMATLARI VA MAXSULOTLARIGA TA`SIRI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · KO`RSATADIGAN TA`SIRI (in-academy.uz/index.php/yo) · Avilov Nematjon Yuldashevich (in-academy.uz/index.php/yo) · Esonaliyev Davlatjon O‘ktamjon o‘g‘li (Andijon davlat texnika instituti “Buxgalteriya hisobi va menejment”)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada inflyatsiya darajasining tijorat banklari faoliyatiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirlari tahlil qilingan. Inflyatsiyaning real foiz stavkalari, kreditlash siyosati, mijozlarning to‘lov qobiliyati, depozitlar bazasi, bank likvidligi va operatsion xarajatlarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, inflyatsion xavflarni kamaytirish bo‘yicha tijorat banklari amalga oshirishi zarur bo‘lgan strategiyalar tavsiya etilgan. Kalit so‘zlar: inflyatsiya, tijorat banki, kredit portfeli, foiz stavkasi, bank likvidligi. ВЛИЯНИЕ УРОВНЯ ИНФЛЯЦИИ НА ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ Аннотаци: В данной статье рассматриваются негативные последствия высокого уровня инфляции для деятельности коммерческих банков. Анализируются влияния инфляции на реальные процентные ставки, кредитную политику, платёжеспособность клиентов, депозитную базу, ликвидность банков и операционные расходы. Также предлагаются стратегии, которые коммерческие банки могут использовать для смягчения инфляционных рисков. Ключевые слова: инфляция, коммерческий банк, кредитный портфель, процентная ставка, ликвидность банка. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya iqtisodiy barqarorlikka tahdid soluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Uning yuqori darajada bo‘lishi moliyaviy institutlar, ayniqsa, tijorat banklarining faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Inflyatsiyaning o‘sishi pul-kredit siyosatiga, foiz stavkalariga, kreditlash hajmiga, mijozlarning to‘lov qobiliyatiga va banklarning likvidligi kabi ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu boisdan ham bugungi kunda tijorat banklari inflyatsiya tahdidlariga qarshi samarali strategiyalarni ishlab chiqish va qo‘llash zaruriyatini boshdan kechirmoqda. “Inflyatsiya- bu tovarlar va xizmatlar narxining barqaror oshib borishidir. Bu jarayon turlicha bo‘lishi mumkin: ayrim tovarlarning narxi tezroq, boshqalariniki esa sekinroq oshadi. Biroq kamdan-kam hollarni hisobga olmaganda, narxlar har doim o‘sishga intiladi. Inflyatsiya ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan paytlarda aholining pullari qadrsizlanadi va, mos ravishda, ularning xarid qobiliyati pasayadi”1. Inflyatsiyaning tijorat banklari faoliyatiga ta’siri ko‘p qirrali bo‘lib, u nafaqat banklar daromadlari va xarajatlarining muvozanatiga, balki kredit portfelining sifati, mijozlar ishonchi, depozit bazasi hajmi, investitsion strategiyalar va hatto bank tizimining barqarorligiga ham 1 https://journal.sovcombank.ru/krediti/stoit-li-brat-kredit-pri-visokoi-inflyatsii 13 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo ta’sir qiladi. Bu holat milliy valyutaning qadrsizlanishi va real foiz stavkalarining pasayishiga olib keladi, bu esa bank faoliyatining barqarorligini izdan chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotgan bo‘lsa-da, inflyatsiya darajasi hali-hanuz iqtisodiy islohotlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Shunday bir vaziyatda tijorat banklari uchun inflyatsion xavflarni oldindan aniqlash, tahlil qilish va ularni yumshatish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Inflyatsiyadan kimlar zarar ko`radi? Yuqori darajadagi inflyatsiyadan ko‘plab toifa vakillari zarar ko‘radi. Ulardan ba'zilari quyidagilardir2: Narxlar o‘sishiga mos ravishda oshirilmaydigan ish haqi oluvchilar. Agar yildan-yilga pulning xarid qobiliyati kamayib borar ekan-u, lekin ish haqi oshmasa, bu toifadagi fuqarolarga avvalgi hayot darajasini saqlab qolish juda qiyin bo‘ladi. Bunday holatda odamlar daromadni oshirish uchun yangi ish qidirishlari yoki qo‘shimcha ish topishga majbur bo‘lishadi.. Investorlar. Agar investor daromadi belgilangan qiymatga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga mablag‘ kiritadigan bo‘lsa, inflyatsiya daromadni qadrsizlantirishi sababli u zarar ko‘rishi mumkin. Ya’ni, investitsiyadan olinadigan foyda inflyatsiya yo‘qotishlarini qoplamasa, bu investor uchun zararli bo‘ladi. Banklar. Agar kredit bo‘yicha foiz stavkasi inflyatsiya darajasidan past bo‘lsa, bank oxir- oqibatda qiymati pasaygan pulni qaytarib oladi. Boshqacha aytganda, bank berilgan summani qaytarib olsa ham, uning real qiymati kamaygan bo‘ladi. Inflyatsiya darajasi tijorat banklari faoliyatiga ko‘plab yo‘nalishlarda sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ta’sirlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: kreditlash siyosati, foiz stavkalari, depozitlar hajmi, bank likvidligi, mijozlar ishonchi va bank portfellarining sifati. Birinchidan, inflyatsiya darajasining oshishi real foiz stavkalarining pasayishiga olib keladi. Ya’ni, nominal foiz stavkasi yuqori bo‘lishi mumkin, ammo inflyatsiya hisobga olinganida bu stavka real daromad keltirmaydi. Bu holat banklar tomonidan taqdim etilayotgan kreditlar rentabelligini pasaytiradi. Natijada, banklar yuqori inflyatsiya sharoitida uzoq muddatli kreditlar berishdan tiyilishadi yoki foiz stavkalarini oshirishga majbur bo‘lishadi, bu esa iqtisodiyotdagi kreditlash jarayonlarini sekinlashtiradi. Ikkinchidan, inflyatsiya banklar depozit bazasiga ham sal
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada inflyatsiya darajasining tijorat banklari faoliyatiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada inflyatsiya darajasining tijorat banklari faoliyatiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- инфляция, коммерческий банк, кредитный портфель, biznes, bank xizmatlari, inflyatsiya, risk, stavka., foiz stavkalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026