К содержанию
РецензированоUZ2025

AMIR TEMUR BOG’LARINING O’RNI VA AHAMIYATI

Murodov Halim Salimovich · Norqulov Shaxzod Nozirjon o'g'li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada Amir Temurning mamlakatni obodonlashtirish borasidagi siyosati va amaliy ishlari, bu borada barpo etilgan jahonga dong’I ketgan bog‘larning barpo etilishi hamda ularning madaniy va siyosiy ahamiyati atroflicha yoritilgan. Sohibqironning Shahrisabz, Samarqand, Xirot va boshqa shaharlarda bunyod etgan bog‘lari nafaqat ko’rkam va estetik go’zalligi, balki siyosiy va madaniy ahamiyatli joylar bo‘lgan. Bu bog‘larning tuzilishi, ularning tarixiy ahamiyati va bugungi kundagi ularni tiklashning ijobiy jihatlari haqida so‘z boradi. Kalit so'zlar: Muhammad Tarag‘ay, bog‘lar, Samarqand, Shahrisabz, shaharsozlik, tarix, madaniy meros, Temuriylar, me’morchilik, obodonlashtirish. Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi, Temuriylar sulolasining asoschisi bo‘lib, u 1336-yil 9-aprelda hozirgi O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatiga qarashli Yakkabog‘ tumani hududidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. U Barlos qabilasidan bo‘lib, otasi Muhammad Tarag‘ay Bahodir nufuzli zodagonlardan biri edi. O‘z zamonasida Muhammad Tarag‘ay katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lib, Temurning tarbiyasiga alohida e’tibor bergan. Uning oilasi islomiy an’analarga rioya qilgan va diniy ta’limga katta ahamiyat bergan. Tarag‘ay Bahodir o‘g‘liga ta’lim-tarbiya berishda donishmand va tajribali kishilarni jalb qilgan. Temur nafaqat harbiy san’at, balki siyosat, diplomatiya, tarix va adabiyot kabi sohalarda ham bilimga ega bo‘lib ulg‘aygan. Amir Temur yoshlik yillarida juda harakatchan, kuchli va irodali bo‘lgan. U yoshligidan ot chopish, qilichbozlik, kurash va turli xil jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangan. U o‘tkir zehnli hamda turli muammolarga tez yechim topa olar edi. Yosh Temur 12-13 yoshga yetganida, u allaqachon otasi bilan yirik davlat arboblari orasida bo‘lib, siyosiy hayotni kuzatishni boshlagan. 1360-yillarga kelib, u o‘z atrofida ishonchli kishilarni to‘plab, mo‘g‘ul hukmdori Tug‘luq Temurxon bilan siyosiy o‘yinlarda qatnashgan. Temur avval o’ziga yaqin bo’lgan kichik qabilalar bilanjanglarda qatnashgan. Bu janglar uni jangovar tajribasini oshirgan va uni katta sarkarda sifatida shakillanishiga ham yordam bergan. Amir Temur nafaqat buyuk sarkarda balki shaharsozlik va bog‘ yaratish san’atiga ham katta e’tibor bergan hukmdor edi. U yurishlari davomida ko‘plab hududlarni zabt etgan bo‘lsa ham, ularning rivoji va obodonligiga katta e’tibor qaratgan. Amir Temur tomonidan barpo etilgan bog‘lar nafaqat dam olish maskani, balki siyosiy, madaniy va ilmiy uchrashuvlar o‘tkaziladigan muhim joylar ham edi. Amir Temur o’z sltanatining har bir yirik shahrida bog‘ va hiyobonlar barpo etgan. Bu bog‘lar bejirim bezatilgan, noyob o’simliklar ekilgan va atrofida saroylar madrasalar joylashgan. U bog‘larni sharqona uslubda yaratgan, bog‘ atrofiga esa suv kanallari, favvoralar va ko’llar o’rnatgan. 745 May, 2025-Yil Temurning bog‘ yaratish bo’yicha siyosati Movarounnahr va Xurosondagi qadimiy shaharsozlik an‘analariga asoslangan. Temur bu bog‘larda o’zini harbiy rejalari va davlat boshqaruvibilan bog‘liq masalalarini muhokam qilgan. Amir Temurning tug‘ilgan joyi bo‘lmish Shahrisabz (Kesh) shahri uning shaxsiy e’tiborida bo‘lgan. U bu yerda katta bog‘lar barpo etgan. Ayniqsa, “Dahbed bog‘i” deb nomlangan maskan o‘zining hashamati bilan ajralib turgan. Bu bog‘ Temurning shaxsiy dam olish joyi bo‘lib, u yerda turli tantanali marosimlar o‘tkazilgan. Shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar, hammomlar qurishni, musofir yo‘lovchilar uchun yo‘l ustida rabotni bino qilishni, daryolar ustida ko‘priklar qurishni buyurdim. Kimki biron sahroni obod qilsa yoki biron bog‘ ko‘kartirsa yoxud biron xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchunchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘ilsin”. Movarunnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan, Zarafshon vodiysida o‘nlab sug‘orish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etildi. Qashqadaryo viloyatidagi Eski Anhor kanalini Amir Temur bobomiz Sulton Boyazid ustidan qozonilgan g‘alabasi sharafiga qurgan. Tarixchi Hofiz Abro‘ning yozishicha Amir Temur Xurosondagi Murg‘ob vodiysida obodonchilik va dehqonchilik ishlari xarob bo‘lganini ko‘rib, daryodan 20 ta kanal qazdirib, suv chiqarib dehqonchilik va obodonchilik ishlariga asos soladi. Uning topshirig‘i bo‘yicha Ko‘hak – Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryoga ko‘priklar qurildi. Shuningdek, Sirdaryodan, Ohangarondan kanal qazildi. Sohibqironning farmoyishiga ko‘ra, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘onada irrigatsiya – sug‘orish ishlari olib borildi. Bunday bunyodkorliklar davlatning boshqa hududlarida ham davom ettirilgan. U uzoq Qorabog‘da 42 km kanal qurdirgan. Ozarbayjondagi Mug‘on shahrida 12 ta bog‘ barpo etgan. Amir Temur davrida betakror bog‘lar yaratilgan va ularga o‘ziga xos nomlar qo‘yilgan. Bular xususidagi dastlabki ma’lumotlar o‘tmish tarixchilari, shoirlari, sayyohlari asarlarida uchraydi. Shuningdek, Amir Temur bog‘lari o‘rta asrlar rassomlari miniatu

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Amir Temurning mamlakatni obodonlashtirish borasidagi siyosati va amaliy ishlari, bu borada barpo etilgan jahonga dong’I ketgan bog‘larning barpo etilishi hamda ularning madaniy va siyosiy ahamiyati at…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Amir Temurning mamlakatni obodonlashtirish borasidagi siyosati va amaliy ishlari, bu borada barpo etilgan jahonga dong’I ketgan bog‘larning barpo etilishi hamda ularning madaniy va siyosiy ahamiyati at… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Muhammad Tarag‘ay, bog‘lar, Samarqand, Shahrisabz, shaharsozlik, tarix, obodonlashtirish., Temuriylar, me’morchilik, madaniy meros
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники