Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEK TILINI XORIJLIKLARGA O’RGATISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUV AHAMIYATI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · YONDASHUV AHAMIYATI (in-academy.uz/index.php/yo) · Usmonova Zamira Jaxongirovna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatishda kommunikativ yondashuvning mazmun-mohiyati, afzalliklari va uni samarali tadbiq etish yo‘llari tahlil qilingan. Muallif kommunikativ metodikada e‘tibor amaliy nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga, haqiqiy muloqot muhitini yaratishga, madaniy kontekstni chuqur anglashga qaratilishini ta‘kidlaydi. Xorijlik talabalar o‘quv jarayonida interaktiv usullar, rolli o‘yinlar va jamoaviy topshiriqlar orqali tezroq va samarali o‘zbek tilini o‘zlashtirishlari, madaniy muhitga moslashishlari qayd etiladi. Shuningdek, maqolada motivatsiya omillari, baholash tizimi va zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari haqida so‘z yuritiladi. Muallif kommuniktiv metodikaning nutqiy kompetensiyani rivojlantirish, o‘zbek tilining lingvistik va madaniy xususiyatlarini tabiiy ravishda o‘zlashtirishda ustunligi haqida xulosa qiladi. Kalit so‘zlar: kommunikativ yondashuv, xorijliklarga o‘zbek tili, amaliy nutqiy ko‘nikma, interaktiv metodika, madaniy kontekst, motivatsiya. O‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatish jarayonida kommunikativ yondashuvdan foydalanish, zamonaviy til o‘qitish metodikasining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida, xorijiy talabalar, tadqiqotchilar va O‘zbekistonga xizmat safari yoki o‘qish maqsadida keladigan boshqa guruhlar uchun tilni tez va samarali egallashga ko‘maklashadi. Ushbu yondashuvda o‘quvchilar real hayotdagi muloqot holatlari orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga, shuningdek, interaktiv mashqlar yordamida til kompetensiyasining turli tomonlarini rivojlantirishga intiladilar. Kommunikativ yondashuv mohiyatan, tilni shunchaki o‘qish-yozish, tinglab tushunish yoki grammatik qoidalarni o‘zlashtirish vositasi sifatidagina emas, balki muloqot qilish, ma‘noni ifodalash, o‘zaro tushunishni ta‘minlash uchun eng asosiy qurol sifatida o‘rganishni talab etadi. Bunday yo‘nalish, xorijliklar orasida o‘zbek tilini faol ravishda qo‘llash, mustaqil ravishda til amaliyotini rivojlantirish hamda an‘anaviy grammatik tarjima metodidan farqli o‘laroq, hayotiy ko‘nikmalar bilan integratsiyalash imkonini berishi bilan e‘tiborlidir. Kommunikativ yondashuvning asosiy negizlari nutq faoliyatini yanada interaktiv va mazmunli qilishga qaratilgan bo‘lib, til o‘rganish jarayonida o‘quvchilar uchun turli rollar, vazifalar, real yoki yaqin real vaziyatlar taqdim etiladi. Masalan, xorijlik talabalarga do‘kon yoki bozor sharoitida savdolashish, transportda chipta sotib olish, universitetda rasmiy hujjatlarni to‘ldirish, tanishuv yoki kundalik salom-alik vaziyatlaridagi ifoda va so‘z boyligini to‘g‘ri foydalanish orqali o‘zlarini o‘zbek jamiyatiga moslashtirish ko‘nikmasi shakllantiriladi. Bunday mashqlar jarayonida ular faqat so‘z yodlash bilan cheklanmay, balki o‘shanday vaziyatlarda qanday nutq uslubi maqsadga muvofiq bo‘lishini ham anglashadi. O‘zbek tilining o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik jihatlari shunday turdagi mashqlar ichida tabiiy ravishda o‘zlashib boradi. 119 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Kommunikativ yondashuvda asosiy e‘tibor talaffuz va fonetik ifodaga qaratilgani sababli, xorijlik o‘quvchilar o‘zbekcha tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, shevaga xos ohang va urg‘uni tushuna olish hamda nutq paytida mustaqil ishlatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Tilning tabiiy jarayonlarda o‘zlashtirilishi interaktiv metodlar bilan hamohang bo‘lib, guruhdagi talabalar o‘rtasidagi suhbatlar, jamoaviy topshiriqlar, rolli o‘yinlar, musobaqalar, ijodiy mashg‘ulotlar yoki matnlarni sahnalashtirish orqali boyitiladi. Ayniqsa, xorijiy talabalarning o‘zbek jamiyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishiga imkon berish, ular uchun samimiy muhit yaratish va madaniy kontekstni ham inobatga olish muhimdir. Zero, o‘quvchilar faqatgrammatik qoidalarni bilish bilangina cheklanmay, balki kundalik hayotda uchraydigan turli nutqiy o‘zgarishlar, shevada uchraydigan o‘ziga xosliklar va norasmiy suhbatlarda ishlatiladigan ifodalarga ham duch keladi. Kommunikativ metodika ana shu kontekstual omillarga e‘tibor berish imkonini beradi. Shu nuqtayi nazardan, xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishda motivatsion omillar ham katta rol o‘ynaydi. Kommunikativ yondashuv, asosan, interaktivlikka asoslangan bo‘lib, talabalarda mustaqil muloqot qilish, o‘rganilgan lug‘at va grammatik birliklarni amaliy holatlarda qo‘llash, o‘z fikrini aniq va ravon ifodalash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Mashg‘ulotlar davomida faol ishtirokchilar yuqori natijalarga erishishlari, muhokama jarayonlarida erkin bo‘lishlari, ijodiy yondashuvni ishga solishlari va shu orqali o‘zbek tiliga bo‘lgan ishonchlari kuchayishi mumkin. Demak, kommunikatv yondashuv motivatsiya bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, xorijlik talabalarning amaliy maqsadlari va real hayotiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlar bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish borasidagi siyosati,
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatishda kommunikativ yondashuvning mazmun-mohiyati, afzalliklari va uni samarali tadbiq etish yo‘llari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatishda kommunikativ yondashuvning mazmun-mohiyati, afzalliklari va uni samarali tadbiq etish yo‘llari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- amaliy nutqiy ko‘nikma, kommunikativ yondashuv, interaktiv metodika, madaniy kontekst, xorijliklarga o‘zbek tili, motivatsiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945