К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABLARDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Ernazarova Shiyrinay Jumamuratovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur tadqiqotlarda umumta’lim maktablarida psixologik xizmatning o‘rni, asosiy yo‘nalishlari, dolzarb muammolari va ularni hal qilish yo‘llari haqida so‘z boradi. O‘quvchilar bilan ishlashda zamonaviy psixologik yondashuvlar, texnologiyalar va samarali metodlardan foydalanish zarurati yoritilgan. Kalit so‘zlar: maktab psixologi, psixologik xizmat, o‘quvchi shaxsi, diagnostika, moslashuv, tarbiya. Zamonaviy jamiyatda o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasi, balki ularning ruhiy salomatligi, shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy munosabatlardagi faolligi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois maktab ta’limida psixologik xizmatni to‘g‘ri tashkil qilish dolzarb masalaga aylanmoqda. Har bir bola o‘z shaxsiy imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta olishi uchun uni to‘g‘ri tushunadigan, eshita oladigan va zarur hollarda yo‘naltira oladigan mutaxassis – maktab psixologi kerak. Psixologik xizmatning maqsadi va vazifalari Maktabdagi psixologik xizmatning bosh maqsadi – bolalarni sog‘lom psixologik muhitda rivojlantirish, o‘quvchilar shaxsiyati, hissiyoti va ijtimoiy xulq-atvoridagi o‘ziga xos jihatlarni aniqlab, ularni rivojlantirishga yordam berishdan iborat. Asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: O‘quvchilarning ruhiy rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish; Psixologik muammolarga ega bolalarni aniqlash va ular bilan individual ishlash; Kasb tanlash, o‘zini anglash jarayonlariga ko‘mak berish; O‘qituvchilar va ota-onalar uchun psixologik maslahatlar tashkil qilish; Maktabdagi sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qilish. Psixologik xizmatning yo‘nalishlari 1.Diagnostik ishlar – turli psixologik testlar, kuzatishlar orqali o‘quvchilar psixik holatini aniqlash. Misol uchun:6-sinf o‘quvchilari orasida “O‘z-o‘zini baholash darajasi” testidan so‘ng aniqlanishicha, 30% o‘quvchilarda o‘ziga ishonchsizlik borligi aniqlangan. Ushbu bolalar bilan maxsus trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 2. Konsultativ faoliyat – bolalar, ota-onalar va pedagoglarga maslahatlar berish. Psixolog ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga individual yoki guruhli maslahatlar beradi. Ayniqsa, oilaviy muammolari bo‘lgan yoki yangi muhitga moslasha olmayotgan o‘quvchilar bilan ishlashda bu yo‘nalish muhim ahamiyatga ega 3.Korreksion-trening ishlar – emotsional muammolar, o‘rtoqlashishdagi qiyinchiliklar, o‘ziga ishonchsizlik kabi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan mashg‘ulotlar 741 May, 2025-Yil Misol uchun: “Ijobiy fikrlashni rivojlantirish” mavzusidagi mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar salbiy fikrlarni konstruktiv yechimlarga aylantirishni o‘rganishdi 4.Profilaktik tadbirlar – stress, agressiya, maktab zo‘ravonligi (bullying) holatlarining oldini olish. Zo‘ravonlik (bullying), giyohvandlik, asabiylik, tajovuzkorlik kabi xavfli holatlarning oldini olishga qaratilgan suhbatlar, seminarlar, tadbirlar tashkil etiladi. Masalan: 9-sinflar uchun “Zo‘ravonliksiz maktab” loyihasi doirasida psixolog tomonidan maxsus dramatik sahnalar orqali ogohlantiruvchi treninglar o‘tkazildi. Afsuski, bugungi kunda psixologik xizmatga nisbatan ba’zida yuzaki yondashilmoqda. Ko‘plab maktablarda: -Psixolog shtati rasmiy mavjud bo‘lsa-da, real ishlar yetarli emas; -Mutaxassislar tajribasiz yoki zaruriy metodik vositalar bilan ta’minlanmagan; -Ota-onalar psixologik yordamga nisbatan befarq yoki salbiy munosabatda bo‘lishadi. Bu holatlar o‘quvchilarning psixologik muammolari o‘z vaqtida aniqlanmasligiga olib keladi va ularning ta’lim jarayonidagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktab psixologi – bu oddiy maslahat beruvchi emas, balki har bir bolaga individual yondashib, uning ichki dunyosini tushuna oladigan, himoya va qo‘llab-quvvatlash manbaidir. Psixologik xizmatni rivojlantirish orqali maktab nafaqat bilim, balki tarbiya va ruhiy sog‘lomlik maskaniga aylanishi kerak. Bu esa, bevosita kelajagimiz bo‘lgan bolalarning to‘laqonli shaxs bo‘lib kamol topishida muhim o‘rin egallaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020. 2. “Psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish metodikasi”, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, 2022. 3. А. Xaydarov, “Maktab psixologiyasi asoslari”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021. 4. Maslow A. “Motivatsiya va shaxsiyat”. – Toshkent, 2020. 742

Доказательный фрагмент

«Mazkur tadqiqotlarda umumta’lim maktablarida psixologik xizmatning o‘rni, asosiy yo‘nalishlari, dolzarb muammolari va ularni hal qilish yo‘llari haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tadqiqotlarda umumta’lim maktablarida psixologik xizmatning o‘rni, asosiy yo‘nalishlari, dolzarb muammolari va ularni hal qilish yo‘llari haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab psixologi, diagnostika, tarbiya., o‘quvchi shaxsi, psixologik xizmat, moslashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники