Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO VOHASIDA BOLA TUGʻILISHI BILAN BOGʻLIQ MAROSIMLAR
Rasulova Mohichehra Maston qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Buxoro vohasida tugʻilish bilan bogʻliq marosimlar qadimiy urf-odatlar, islomiy e’tiqodlar va mahalliy an’analar uyg‘unligida shakllangan bo‘lib, yangi tug‘ilgan chaqaloqni jamiyatga tanitish, unga sog‘lom hayot tilash, oilaga quvonch keltirish maqsadida o‘tkaziladi. Quyida bu marosimlarning asosiy turlari keltirilgan. Kalit so’zlar: Azon, chilla, beshik, “Tumor”, “ko‘zmunchoq”,aqiqa, “chaqaloq ko‘rish”, Beshik to‘yi. Buxoro vohasida xalq urf-odatlari qadimdan ijtimoiy hayotning ajralmas qismi sifatida shakllangan. Tug‘ilish bilan bog‘liq marosimlar esa oila hayotining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, chaqaloqning dunyoga kelishini nishonlash, unga baxt, sog‘lik va uzoq umr tilash kabi diniy va ma’naviy tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Buxoro vohasida xalq urf-odatlari qadimdan ijtimoiy hayotning ajralmas qismi sifatida shakllangan. 1. Azon aytish (ism qo‘yish marosimi).Bola tug‘ilgach, unga diniy maqom berish maqsadida o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga esa iqomat aytiladi. Bu marosim, odatda, ota yoki yaqin qarindosh-dindor tomonidan bajariladi. Shundan so‘ng bolaning ismi tanlanadi. Ismlar asosan Payg‘ambarlar, sahobalar, bobolar yoki milliy qahramonlar nomidan olinadi1. 2. Chilla (40 kunlik davr) Yangi tug‘ilgan chaqaloq va onaning sog‘ligini saqlash, ularni nazardan asrash uchun 40 kunlik “chilla” muddati belgilangan. Bu davrda: Ona ko‘proq dam oladi.Bola tashqariga olib chiqilmaydi.Uyda duo, Qur’on tilovati, hatmi Qur’on o‘qiladi. “Tumor”, “ko‘zmunchoq” kabi vositalar bolani yomon ko‘zdan saqlash uchun ishlatiladi. 3. Aqiqa. Inson tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar bir qancha bo‘lib, voha aholisi orasida aynan bola tug‘ilishi bilan o‘tkaziladigan marosimlardan biri bu aqiqa marosimi hisoblanadi. Aqiqa (arab.–“chaqaloq sochini olish, qurbonlik so‘yish“) –musulmon oilalarida yangi tug‘ilgan bolaga ism qo‘yish va “qorin sochi” (bolaning tug‘ilgan vaqtdagi sochi )ga qaychi urish bilan bog‘liq odatdir[2]. Aqiqa marosimi diniy marosim sifatida musulmon olamida kishilar hayotidagi asosiy marosimlardan biri bo‘lgan va aholi orasida keng nishonlangan2. Buxoro vohasida aqiqa marosimi bola tug‘ilgandan so‘ng odatda, 7, 14, 21 kunligida qo‘y so‘yib marosim o‘tkazilib, bola sochiga qaychi urilgan. Hozirgi kunda Buxoro shahrida qo‘yni so‘yib tarqatib berish holatlari ko‘p uchraydi. 3. Beshik to‘yi. Bolani beshikka solish marosimi Buxoroda odatda katta tantana bilan o‘tkaziladi. Chaqaloq 40 kunlik bo‘lgach yoki sog‘lig‘i mustahkamlangach, unga beshik to‘yi qilinadi . Bu marosim jarayoni quyidagi asosiy qism va urf-odatlarni o‘z ichiga oladi: 1. Beshikni tayyorlash – Beshik toza, qulay va farovon bo‘lishi uchun maxsus tayyorlanadi. Odatda, marosimga chaqaloqning yaqinlari va qo‘shnilar taklif etiladi. Beshikni bezash va unga maxsus qoplama matolar qo‘yish an’anasi ham mavjud. 1 Ashirov A. O’zbek xalqining qadimgi e’tiqod va marosimlari. T.: 2007 2 Qurbonov, A. O‘zbek xalqining urf-odatlari va an’analari. Toshkent: Adabiyot, 2008. 1551 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 2. Beshikka solish – Bolani beshikka solish vazifasi odatda hurmatli bir ayolga topshiriladi. Bu ayol oila a’zolarining duosini olib, bolani beshikka joylashtiradi. Bolani beshikka solish jarayonida bolaga alohida shirinliklar, qand-qurs yoki turli tilla buyumlar hadya qilinadi. 3. Qand-qurs va shirinliklar sepish – Marosimning ajralmas qismi bolaga qand-qurs yoki boshqa shirinliklarni sepishdir. Bu holat, bolaning hayoti shirin va baxtli bo‘lishini tilash ramzi sifatida qabul qilinadi. 4. Duo va oq fotiha berish – Beshikka solish jarayonida bolaga oq fotiha berilib, sog‘lom va baxtli umr kechirishini tilab duo qilinadi. Marosimda qatnashganlar bola uchun farovonlik va baxt tilashadi, va bu orqali bolaning kelajagiga nisbatan ijobiy niyatlarini bildiradilar. 5 Beshik to‘yni nishonlash – Marosim so‘nggida oilaviy to‘y o‘tkaziladi, bunda yaqinlar va do‘stlar yig‘ilib, marosimni tantana bilan nishonlaydi. Bu to‘y o‘ziga xos oila bayrami hisoblanadi, unda qo‘shnilar, qarindoshlar yig‘ilib, bolaning kelajagi uchun xursandchilik qilishad3i. Uyda osh pishiriladi va mehmonlarga tarqatiladi.Ayollar o‘zaro “alla” aytadi, chaqaloq uchun duolar qilinadi.Osh tarqatish – mehmonlarga osh, shirinlik, choy beriladi. Sovg‘a-salomlar – yaqin qarindoshlar chaqaloq va onaga sovg‘alar olib keladi. 4. Tug‘ilishni nishonlash (ba’zan “chaqaloq ko‘rish”) Bolani ko‘rgani kelgan qarindoshlar va qo‘ni-qo‘shnilar unga sovg‘a-salomlar olib keladi. Ayollar bolaning sog‘- salomat o‘sishini tilab, onaga maslahatlar berishadi. Bu marosimlar orqali ijtimoiy birdamlik va mehr-muruvvat qadriyatlari mustahkamlanadi. 5. Qo‘llab-quvvatlash urf-odatlari. Ayollarning bir-biriga ko‘mak berishi (uy tozalash, ovqat pishirish, chaqaloqqa qarash). Mahalla hamjamiyatining onaga va chaqaloqqa bo‘lgan e’tibori yuqori bo‘ladi. Bu marosimlar Buxoroning qadimiy madaniyatida oila, jamiyat va dinning uyg‘unlashgan shakli sifatida qaraladi. Xulosa qilib aytganda , B
Доказательный фрагмент
«Buxoro vohasida tugʻilish bilan bogʻliq marosimlar qadimiy urf-odatlar, islomiy e’tiqodlar va mahalliy an’analar uyg‘unligida shakllangan bo‘lib, yangi tug‘ilgan chaqaloqni jamiyatga tanitish, unga sog‘lom hayot tilas…»
Образец извлечения
Демо-превьюBuxoro vohasida tugʻilish bilan bogʻliq marosimlar qadimiy urf-odatlar, islomiy e’tiqodlar va mahalliy an’analar uyg‘unligida shakllangan bo‘lib, yangi tug‘ilgan chaqaloqni jamiyatga tanitish, unga sog‘lom hayot tilas… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- beshik, “chaqaloq ko‘rish”, “Tumor”, aqiqa, Beshik to‘yi., “ko‘zmunchoq”, chilla, Azon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026