Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA SALBIY TA’SIR ETUVCHI DYESTRUKTIV AXBOROT TA’SIRLARNING O‘RNI
Xolmirzayeva Muxabbatxon
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
mazkur maqolada yoshlarni destruktiv axborotlardan himoyasini ta’minlashning metodologik asoslari tahlil qilinib, xorijiy davlatlari misolida o‘rganib chiqilgan hamda yoshlarni destruktiv axborotlardan psixologik himoyasini ta’minlash yo‘llari aniqlanib, ularning destruktiv axborotlardan himoya usullari tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: globallashuv, axborot ochligi, mafkuraviy kurash, axborot xuruji, dezinformatsiya, manipulyatsiya, targ‘ibot, inqirozli holatlarni boshqarish, ig‘vogarlik,diskreditatsiya, fitna. Annotation: In this article methodological principles analyzed to safe young people from destructive information, and studied practice of advanced and ESF and sodetermined and systematized the way of development of organ education and ideology safe young people from destructive information. Key words: globalization, information hunger, ideological struggle, information attack, misinformation, manipulation, propaganda, crisis management, provocation,discredit, conspiracy. Insoniyat tarixiga nazar solsak, u axborotlashgan jamiyatga qadar bo‘lgan uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan va shu rivojlanish bosqichlaridan o‘tgan bo‘lsada, insoniyatning axborotga ehtiyoji kamayish o‘rniga, ko‘lami kengayib, sohalar bo‘yiyicha hajmi, uni qiymati va madaniy ahamiyati ortib boraveradi. Noa’nanaviy tahdidlar xalqaro mojarolarning qiyofasini butunlay o‘zgartirmoqda va informatsion-psixologik xurujlar sezilarli xavf-xatar tug‘dirmoqda. Ular armiyamizning negiziga putur yetkazish, avvalo, uning ma’naviy-axloqiy asoslariga ta’sir o‘tkazishga urinish va shuningdek, zamonaviy internet texnologiyalaridan foydalanish orqali bizning bunyodkorlik ruhidagi boy madaniyatimiz, ma’naviy qadriyat va an’analarimizga mutlaqo zid bo‘lgan buzg‘unchi g‘oya va tushunchalarni yoshlarimizning ongu tafakkuriga singdirishga qaratilgani bilan, ayniqsa, xatarli” deya aytgan so‘zlarining o‘zigina ushbu mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi va axamiyati naqadar muxim ekanligini isboti bo‘la oladi.Axborot faoliyati to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni sintez qilish asosida axborot ta’sirining istalgan ob’ekti uchun xavfning yuzaga kelishi mexanizmlarini ochib berish zarur. Faqatgina shu yo‘l bilan zamonaviy jamiyatda axborot xavfsizligini ta’minlash usullarini aniqlab olish, turli xildagi destruktiv axborot ta’sirlaridan himoya qilishning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish mumkin bo‘ladi. https://scientific-jl.com/new 22 44 77 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS U.Qodirovning fikricha bugungi axborotlashgan asrda biz OAV orqali har kuni, har soat, har lahzada davlatlar siyosatiga qarshi, odamlar manfaatiga zid, ularning ongini axboriy mahsulotlar bilan mahv etishga qaratilgan minglab xabarlardan xabardor bo‘lib turibmiz. Ammo O’zbekistonda olib borilayotgan oqilona tinchlikparvar siyosat, yaqin qo‘shnilar, shuningdek, dunyodagi 135 ta davlat bilan olib borilayotgan do‘stona aloqalar tufayli tinch, osoyishta, barqarorlikka erishgan mamlakatda hayot kechiryapmiz. Shunday bo‘lsa-da, davlat siyosatiga to‘g‘ri kelmaydigan, umummilliy g‘oyalarga zid, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni inkor etuvchi har qanday g‘oyaga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimiz bo‘lib qolishi kerak. Axborotlashgan jamiyat davrida har bir inson o‘zining ongli hayotining ilk davrlaridan boshlab kerakli axborotlarni mustaqil ravishda izlash, mediakanallar orqali ko‘rgan, o‘qigan va eshitganlariga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lishni o‘rganishi, mediamatnlarni tanqidiy tahlil qilish va baholay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Fikrimizning isboti sifatida media kanallar orqali berilayotgan eng keng tarqalgan G’arb seriallarini misol qilishimiz mumkin. Albatta,ular ichida tarbiyaviy jihatdan ma’lum bir qimmatga egalari ham bor, lekin bizning milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga mos kelmaydigan, ko‘p hollarda o‘zligimiz, mentalitetimizga tamomila teskari bo‘lganlarining ham mavjudligini hayot ko‘rsatmoqda. Media kanallar va ijtimoiy tarmoqlar (Fecbook, Instagram, You-tub, Tik tok va boshqalar) orqali namoyish etilayotgan G’arb seriallari va turli ma’naviyatsiz roliklar go‘yoki oddiy hayotiy vaziyatlar asosiga qurilgan syujet orqali tomoshabinlarga zo‘ravonlik, behayolik g‘oyalarini xuddi bir oddiy holat sifatida, me’yor va «G’arbning ommaviy madaniyati» sifatida singdirilib kelinmoqda. Aslida G‘arb davlatlari aholisining aksariyati ham bunday axloqiy me’yorlarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Shu o‘rinda harbiy xizmatchilarga turli doiralarda ta’sir etuvchi axborot manbaining o‘rni katta. Umuman olganda, axborot manbai insonning bilim dunyosini boyitishi bilan birga uning qarashlari, ruhiyati va qadriyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqqan holda, uni salbiy yoki ijobiy axborot manbalariga ajratish mumkin. Bizning fikrimizcha, harbiy xizmatchilarning tinchlik va urush davrida axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda aynan salbiy axborot manbasini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Salbiy axborot manbai tushunchasiga mahalliy va
Доказательный фрагмент
«mazkur maqolada yoshlarni destruktiv axborotlardan himoyasini ta’minlashning metodologik asoslari tahlil qilinib, xorijiy davlatlari misolida o‘rganib chiqilgan hamda yoshlarni destruktiv axborotlardan psixologik himo…»
Образец извлечения
Демо-превьюmazkur maqolada yoshlarni destruktiv axborotlardan himoyasini ta’minlashning metodologik asoslari tahlil qilinib, xorijiy davlatlari misolida o‘rganib chiqilgan hamda yoshlarni destruktiv axborotlardan psixologik himo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- globalization, information hunger, ideological struggle, information, manipulyatsiya, inqirozli holatlarni boshqarish, diskreditatsiya, Kalit so‘zlar: globallashuv, dezinformatsiya, targ‘ibot, axborot ochligi, axborot xuruji, fitna., ig‘vogarlik, mafkuraviy kurash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026