Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARDA EMOTSIONAL SO‘NISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI VA UNING PROFILAKTIKASI
TALABALARDA EMOTSIONAL SO‘NISHNING · Oripova Hayotxon
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada talabalarda emotsional so‘nishning ijtimoiypsixologik omillari va uning profilaktikasi masalalari tahlil qilinadi. Emotsional so‘nishning asosiy belgilari, bunga sabab bo‘ladigan ijtimoiy va psixologik omillar, shuningdek, uning oldini olish va yengish bo‘yicha samarali profilaktik choralar ko‘rib chiqiladi. Stressni boshqarish, jismoniy faollik, psixologik qo‘llab- quvvatlash va o‘quv muhitini yaxshilash kabi usullar talabalar uchun emotsional barqarorlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqola talabalarning psixologik salomatligini mustahkamlash va ularning o‘quv faoliyatida muvaffaqiyatga erishishiga yordam berish uchun tavsiyalarni taqdim etadi. Kalit soʻzlar: Emotsional so‘nish, ijtimoiy-psixologik omillar, stress, depressiya, ruhiy holat, psixologik salomatlik, motivatsiya, emotsional barqarorlik, jismoniy faollik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, profilaktika, psixologik yordam, sog‘lom turmush tarzi Dunyoda talabalarning emotsional holatlarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Talabalarning emotsional so‘nishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Emotsional so‘nish (burnout) – bu odamning hissiy, jismoniy va aqliy kuchlarini pasayishi va so‘nish holatidir. Bu jarayon odatda doimiy stress, o‘quv davomidagi yuqori talablar, qiyinchiliklar va ruhiy bosimning natijasida yuzaga keladi. Yangi O‘zbekistonda talabalarda emosional so‘nishning oldini olishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda bevosita oila a’zolari, yaqinlar, do‘stlar va o‘qituvchilarning roliga e’tibor qaratilmoqda. “Yoshlar — kelajak egalari: Prezident Mirziyoyev yoshlarni jamiyatning kelajagini belgilovchi asosiy kuch deb hisoblaydi. Ular o‘z maqsadlariga erishishlari uchun kerakli ta’lim va imkoniyatlarni yaratish zarurligini ta'kidlaydi”. Mamlakatimizda ham davlatimiz rahbari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy 11 ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha, bugungi tahlikali davrda yoshlarning ma’naviy tarbiyasini hamda ruhiy holatini yaxshilashga qaratilgan president farmonlari va qarorlari qabul qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda o‘tkazilgan bir necha so‘rovlarda talabalarning 30% ga yaqini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni muvaffaqiyatli ta’lim olish uchun zarur deb hisoblashini bildirgan. Hozirgi zamon talabalik davri o‘rta yoshdagi birinchi https://scientific-jl.com/new 22 55 33 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS qadamlar bo‘lib, u ko‘plab ijtimoiy va psixologik jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Talabalar hayoti, ayniqsa o‘quv yillari, shaxsiyat va psixologik holatni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Ta’lim muhitida talabalar o‘z ichki va tashqi omillar bilan kurashib, o‘zlarini har tomonlama rivojlantirishga harakat qiladilar. Ammo, ba’zi hollarda, aynan emotsional so‘nish yoki ruhiy va psixologik charchoq ularning o‘qish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jahonning yetakchi ilmiy maktablari, universitetlari tomonidan talabalarda emotsional so‘nish yo‘nalishida ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada emotsional so‘nish (burnout) talabalarda o‘ziga xos psixologik holatlarni ifodalashi, hissiy kuchlanish, ijodiy pasayish, o‘zining qobiliyatlari va ishlash qobiliyatiga ishonchning kamayishi, umumiy charchoq holatlarining kuzatilishi, o‘qish samaradorligini, ijtimoiy aloqalarini va shaxsiy rivojlanishini sezilarli darajada pasayishi, emotsional so‘nishning yuzaga kelishida ijtimoiy va psixologik omillarning uyg‘unligi masalalarini ijtimoiy-psixologik tadqiq etishni ilgari surmoqda. Talabalar orasida emosional so‘nishning eng keng tarqalgan sababi o‘qish va ta’limdagi yuqori yuklamalar hisoblanadi. Bu holat talabalarning o‘zini yomon his qilishiga, kayfiyatning tushishiga va depressiv holatlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yaponiya va Germaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar ham shuni ko‘rsatadiki, talabalarning 40% ga yaqini o‘quv yuklamasining yuqoriligi ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bir qancha psixologik tahlillar ham shuni ko‘rsatadiki, talabalarning 50% dan ortig‘i o‘zlarining psixologik holatini ijtimoiy muhit, o‘quv jarayonining qiyinligi hamda shaxsiy tajribalarning yetarli darajada shakllanmaganligi bilan bog‘laydilar. Shuningdek, talabalarda yuzaga keladigan stress darajasining yuqori bo‘lishi, emosional so‘nishning muhim omili sifatida qayd etiladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, talabalarning 60-70% i stressni yengish uchun turli xil psixologik qo‘llanmalar yoki yordamga muhtojligi ko‘rsatadi.Yosh va jins ham emosional holat va so‘nishning darajasiga ta’sir qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qizlar o‘g‘illarga nisbatan ko‘proq emosional so‘nish holatlariga duch kelishadi. Shuningdek, yoshlar orasida ruhiy tushkunlik holatlari 18- 22 yoshdagi talabalarda ko‘proq uchraydi. Bir nechta xalqaro tadqiqotlar talabalarda emosional so‘nishning eng yuqori ko‘rsatkichlari 20-25 yosh guruhida ekanligini ko‘rsatadi. Bu yoshd
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada talabalarda emotsional so‘nishning ijtimoiypsixologik omillari va uning profilaktikasi masalalari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada talabalarda emotsional so‘nishning ijtimoiypsixologik omillari va uning profilaktikasi masalalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- emotsional barqarorlik, psixologik yordam, jismoniy faollik, depressiya, psixologik salomatlik, profilaktika, stress, motivatsiya, ijtimoiy-psixologik omillar, sog‘lom turmush tarzi, Kalit soʻzlar: Emotsional so‘nish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ruhiy holat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026