Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILADA SOG’LOM PSIXOLOGIK MUHITNI YARATISH
Atajonova Sayyoraxon Karimovna
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Mazkur maqola – bugungi kunda dolzarb bo’lgan tarbiya jarayoni, sog’lom psixologik muhit , jamiyat va shaxs rivojlanish tahlili, tarbiya jarayonida ko’p kuzatilayotgan oilalardagi muammolarini o’rganishga mo’ljallangan. Kalit so’zlar: Sog’lom psixologik muhit, zamonaviy jamiyat, zamonaviy shaxs, noqulay psixologik muhit , ta’lim, axborotlashuv muammolari . Farzand tarbiyasi juda murakkab va mas’uliyatli vazifa. Oila hamda jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Oilada qulay psixologik muhitni yaratish uchun har bir a'zo bir-birlarini sevish, hurmat qilish va ishonishlari kerak. Shuningdek, qanday qilib vaqtni qiyin dam olish, yordam berish, yordam berish va saqlash. Bu nafaqat oila ichidagi uyg'unlikni keltirib chiqaradi, balki nizolarning og'irligini va stressli holatni ham kamaytiradi. Psixologik muhit nafaqat barcha oila a'zolarining jismoniy holatiga ham ta'sir qilishi mumkin. Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Bu bog‘liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligi hamda o‘z navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko‘rinadiU asosan hayot va sog'liq sifatiga ta'sir qiladigan ba'zi hissiy muhit yaratilgan. Bu, shuningdek, har qanday muhim qarorlar va shaxsiy o'sishni amalga oshirishda eng muhim omillardan biridir.Oilada ikki xil psixologik iqlim mavjud - bu qulay va ijobiy emas . Buning bir necha sabablari bor: ota-onalar, otaonalarning bolalarga dushmanlik va oilaviy kasalliklarning yashash sharoitlari tufayli yetarli emas. Kichkintoyning kelishi bilan, barcha sevgi, iliqlik va faqat unga yo'naltiriladi. Va shu paytdan boshlab yangi tug'ilgan chaqaloq shakllana boshlaydi va oilaviy doiralarga xos bo'lgan fazilatlar boshlanadi. Bolajon xalqmiz. Topgantutganimizni farzandlarimizdan ayamaymiz. Ularning sog’lom, ma’naviyatli, oqil va dono bo’lib ulg’ayishi, jamiyatga naf keltiradigan insonlar bo’lishi uchun yelibyuguramiz. Bu xalqimizga xos fazilatdir. Farzandga g’amxo’rlik qilish, uning hech kimdan kam bo’lmay ulg’ayishi uchun harakat qilishning nimasi yomon. To’g’riku-ya, ammo ba’zi oilalarda bu g’am-xo’rlik biryoqlama, ya’ni faqat moddiy ta’minotiga ko’proq e’tibor qaratilishi bilan namoyon bo’lmoqda. Eng yomoni esa, ayrim ota-onalar oiladagi to’kislik, ta’minot a’lo darajada ekanidan xotirjam yurishadi, bolamning usti but, qorni to’q, ta’minoti risoladagidek deb, tarbiyaning ma’naviy https://scientific-jl.com/new 22 55 77 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS jihatlariga e’tibor qaratmaydilar. Vaholanki, bola tarbiyasida oiladagi ma’naviy muhitning o’rni ko’proq ahamiyat kasb etadi. Buni dars jarayonida juda ko’p kuzatganman. Saboq berayotgan o’quvchilarimning ota-onalari turfa kasb egalari. Bu tabiiy, biroq ularning ma’naviy dunyoqarashlari ham turfa ekanligi meni o’ylantiradi. Suhbat jarayonida shuni anglab yetamanki, ular tarbiyada o’qituvchi muhim rol o’ynaydi, biz ota-onalar farzandimizning kiyimini, kitobini, daftar-qalamini ta’minlab tursak, bas, deya fikrlashadi. Bunday ota-onalarga o’zingiz oxirgi marta qaysi kitobni o’qidingiz, bolangizning dars tayyorlashini qachon nazorat qilib, ko’maklashgansiz, unga qanday ibratli hikoyatlarni aytib bergansiz, qanday kitoblarni olib berayapsiz,deya so’rashning o’zi ortiqcha. To’g’ri, bola maktabda ta’lim olish bilan birga tarbiya ham ko’radi. Ilm dargohlarida yosh avlod har tomonlama mukammal bilim va salohiyat egasi bo’lib ulg’ayishi lozim. Bu borada davlatimiz tomonidan katta g’amxo’rlik ko’rsatilmoqda. Zamonaviy uslubda qurilgan, yuksak texnologiyalar bilan jihozlangan maktablar, akademik litsey ular ixtiyorida. Ilm dargohlarida o’g’il-qizlar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Bundan, albatta, har bir ota-onaning ko’ngli to’q, lekin unutmaslik kerakki, tarbiyada ota-onaning ham, o’qituvchi-murabbiyning ham o’z o’rni bor. Yuqorida biz farzandga g’amxo’rlik haqida so’z ochgandik. Ota- ona oila davrasida farzandiga «sen hech xavotir olma, uy-joy, avtomobil, nima kerak bo’lsa, mana, bizning zimmamizda» desa, bu aslo g’amxo’rlik emas. Yoki ba’zi ota- onalarni olaylik, ular farzandi bilan gaplashishga umuman vaqt topisha olmaydi. Bola ulardan mehr kutsa, qo’liga pul tutqazishadi. Shumi, g’amxo’rlik? O’zim guvoh bo’lgan bir voqea haqida aytmoqchiman. Yosh hamkasbim bir kuni mendan maslahat so’radi: «Ustoz, bir o’quvchim darsga doim xalaqit berayapti. Yaxshi gapirib ham ko’rdim, tanbeh ham berdim foydasi bo’lmadi. Otasini chaqirtirsam, vaqti yo’q ekan, haydovchisini jo’natibdi. Otaning bunday e’tiborsizligidan juda ranjidim. Oxiri o’zi ham keldi. U mendan anchagina «achchiq» gaplarni eshitsa-da nopisandlik va balandparvozlik bilan e’tibor ham bermadi». Hamkasbimning gaplarini eshitib Xoja Samandar Termiziyning bir ibratli hikmati yodimga tushdi: «Har kim agar
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola – bugungi kunda dolzarb bo’lgan tarbiya jarayoni, sog’lom psixologik muhit , jamiyat va shaxs rivojlanish tahlili, tarbiya jarayonida ko’p kuzatilayotgan oilalardagi muammolarini o’rganishga mo’ljallangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola – bugungi kunda dolzarb bo’lgan tarbiya jarayoni, sog’lom psixologik muhit , jamiyat va shaxs rivojlanish tahlili, tarbiya jarayonida ko’p kuzatilayotgan oilalardagi muammolarini o’rganishga mo’ljallangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axborotlashuv muammolari ., ta’lim, zamonaviy shaxs, noqulay psixologik muhit, zamonaviy jamiyat, Kalit so’zlar: Sog’lom psixologik muhit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026