Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IBORALARNI OʻQITISHGA OID METODIK TAVSIYALAR (5-SINF MISOLIDA)
Sattorova D.Sh.
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada 5-sinf oʻquvchilariga iboralarni oʻrgatishningsamarali usullari yoritilgan. Unda iboraning ta'rifi, turlari, nutqdagi vazifasi hamda ularni dars jarayonida tushunarli tarzda oʻqitish yoʻllari haqida tavsiyalar berilgan. Shuningdek, oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va bilim darajasini inobatga olgan holda interfaol metodlar mashq va topshiriqlardan foydalanish, iboralarni kontekstda anglashni oʻrgatish, nutqiy kompetensiyani rivojlantirish boʻyicha takliflar keltirilgan. Qoʻllanma ona tili oʻqituvchilari uchun amaliy ahamiyatga ega boʻlib, iboralarni oʻzlashtirish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiladi. Kalit soʻzlar: Iboralar turlari, amaliy mashqlar, oʻquvchi faolligi, soʻz boyligini oshirish, didaktik materiallar, oʻyinli topshiriqlar, innovatsion metodlar. Hozirgi paytda dunyo tilshunosligining diqqat markazida turli xil mavzular bilan birga iboralar tizimini o’rganishning nazariy muammolari dolzarb masalardan biri bo’lib turibdi. Aynan shu davrda zamonaviy tilshunoslik fanida yanada keng ma’no kasb etgan va chuqurroq o‘rganilayotgan “frazalogik iboralar”ni topish mushkul vazifalardan biri hisoblanadi. Ingliz, rus va o’zbek frazeologik iboralarning turli xil xususiyatlarini tashqi shaklga qarab tasnif qilish orqali ham aniqlash mumkin. Bu tasnifda ko’proq frazeologik iboralarning tarkibidagi so’zlar soniga qarab e’tibor beriladi. Tasnif natijasida iboralar tabiatiga ko’ra nechta so’zdan tashkil topganligini aniqlash mumkin. Ko’pgina tilshunoslar frazeologik iboralar faqat ikki so’zdan ortiq bo’ladi degan fikrlarni bildiradilar. Iboralarning til tizimidagi oʻrni ularning leksik-semantik va sintaktik birlik sifatidagi funksiyasi bilan belgilanadi. Iboralar (frazeologik birikmalar) tilning frazeologik qatlamini tashkil etadi. va quyidagi xususiyatlarga ega. Frazeologizmlar, soʻzlar kabi, yaxlit bir ma’no ifodalasada, lekin frazeologik ma’no jihatdan leksik ma’nodan farq qiladi. Frazeologik ma’no qoʻshimcha attenkalardan iborat boʻladi. Belgi, harakat kabilar haqida frazeolo-gizm ifodalaydigan ma’lumot frazeologik ma’no deyiladi. Ibora - tilimizning lug’at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan biridir. Ular ikki va undan ortiq so’zning ko’chgan ma’nolari asosida tarkib topgan lug’aviy birlik bo’lib xuddi so’z kabi lug’aviy ma’noni anglatadi. Masalan, xamirdan qil sug’urganday iborasi, “osonlik bilan”, “qiyinchiliksiz” ma’nosini, ko’ngil bermoq iborasi “sevmoq” ma’nosini, qo’y og’zidan cho’p olmagan iborasi “yuvosh” ma’nosini bildiradi. Xuddi so’z kabi yaxlit bir ma’noni anglatadigan bunday til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi. Ibora - frazema frazeologik birlik sifatida tilshunoslikning frazeologiya bo’limida o’rganiladi. Ibora tuzilishiga ko’ra ya’ni birdan ortiq so’zdan tashkil topishi bilan so’z birikmasi yoki gapga o’xshab ketsa ham, nutq birligi sanalgan bunday birliklardan tamoman farq qiladi va lug’aviy birlik sifatida ko’p jihatdan so’zlarga yaqin turadi. So’zlarga xos bo’lgan juda ko’p xususiyatlar iboralarga ham xosdir. Iboralar so’z birikmasi yoki gaplar kabi har gal nutqning o’zidagina yuzaga kelmaydi, balki ular, xuddi so’zlar kabi tilda tayyor holda bo’ladi. 1 42 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shuning uchun iboralarni turg’un birikmalar hisoblaymiz. Chunki ibora tarkibidagi so’zlarni ajratib bo’lmaydi. Iboralar gapda bitta so’roqqa javob bo’lib, bitta bo’lak vazifasida keladi. Demak, iboralar nutq hodisasi emas, balki til hodisasi hisoblanadi: aravani quruq olib qochmoq, kavushini to’g’rilab qo’ymoq, tomdan tarasha tushganday, kapalagi uchib ketdi kabilar tilda tayyor holdagi birliklardir. Nutqda ikki yoki undan ortiq so’zlarning o’zaro ma’no va grammatik jihatdan bog’lanishidan tuzilgan birikmalar ham qo’llaniladi. Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda tayyor birikma shaklida mavjud bo’ladi. Ular bir-biridan o’ziga xos belgilari bilan farq qiladi. Nutq jarayonida tuzilgan birikma kamida ikkita mustaqil so’zdan tashkil topadi va murakkab tushuncha ifodalaydi. Bunday so’z birikmasi ifodalaydigan tushuncha tarkibidagi so’zlarning ma’nosi asosida yuzaga keladi: qiziqarli asar. Bunday so’z birikmasi tarkibidagi so’zlar ayrim-ayrim so’zlarga ajrala oladi: qiziqarli asar -zerikarli asar. Shuning uchun ular erkin so’z birikmasi deb yuritiladi. Tilda ko’p vaqt bir qolipda qo’llanaverib, bo’linmaydigan holga kelib qolgan birikmalar mavjud: og’zi qulog’ida. Demak, so’z birikmalari ikki xil: a) erkin so’z birikmasi; b) turg’un so’z birikmasi. Turg’un birikmalar ikki xil: a) birikmali atamalar; b) iboralar. Tilda ikki yoki undan ortiq so’zdan tarkib topib, ko’chma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir so’zga teng keladigan turg’un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi. Iboralarning quyidagi xususiyatlari mavjud: 1. Iboralar ahamiyati va qo‘llanishi jihatidan, odatda, so‘zga tеng kеladi: kapalagi uchib kеtdi (cho‘chidi),
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada 5-sinf oʻquvchilariga iboralarni oʻrgatishningsamarali usullari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada 5-sinf oʻquvchilariga iboralarni oʻrgatishningsamarali usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion metodlar., soʻz boyligini oshirish, didaktik materiallar, oʻquvchi faolligi, oʻyinli topshiriqlar, amaliy mashqlar, Iboralar turlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026