К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSHLARNI ILM-FAN SOHASI VA KASB-HUNARGA JALB QILISHDA MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGINING O‘RNI

Isaqova Sayyora Hamdamovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida yoshlarni ilm-fan sohalari hamda kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida maktab amaliyotchi psixologining tutgan o‘rni tahlil etilgan. Maktab psixologi o‘quvchilarning individual qiziqishlari, intilishlari, qobiliyatlarini aniqlab, ularni mos yo‘nalishlarga yo‘naltirishda muhim vositachi sifatida ishtirok etadi. Tadqiqotda psixologik diagnostika, maslahat, monitoring va motivatsion yondashuvlar orqali kasb tanlash jarayonini ilmiy asosda tashkil etish mexanizmlari yoritilgan. Ilmiy-nazariy qarashlar bilan birga amaliy tavsiyalar ham berilgan. Kalit so‘zlar: ilm-fan, kasb-hunar, maktab psixologi, o‘quvchi qiziqishi, kasbga yo‘naltirish, motivatsiya, psixologik maslahat, diagnostika, o‘zini anglash, kompetensiya. Jamiyatdagi har qanday mehnatga layoqatli inson o‘zining mehnati bilan jamiyat taraqqiyotiga o‘z ulushini qo‘shib boradi. Inson o‘zining mehnatida jismoniy, aqliy, psixologik imkoniyatlarini sarflab, o‘z qobiliyatlarini, ijodiy imkoniyatlarini sarf qiladi. Bular uni ijodiy mehnatdan qoniqishini ta’minlaydi. Shuni aytish kerak-ki, kasb-hunar va uni egalari azaldan xalqimiz tomonidan e’zozlanib kelingan. O‘zbekistonda hozirda bilimdon, o‘z kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi, o‘z kasbiga ijodiy yondoshuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan, intiluvchan mohir ustalar, kasb egalari ko‘proq talab qilinmoqda. Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida shunday yozadi “Bas, agar aqling boisa hunar o‘rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql -boshsiz tan, suratsiz badandekdir... Ey farzand, ogoh bo‘lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf ep ko‘rmas.” So'nggi yillarda respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qo'llab quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda, iqtidorli yoshlarni nufuzli milliy hamda xalqaro olimpiadalar, musobaqalar va tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlari uchun zarur shart sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda.Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish, innovatsion g'oyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini https://scientific-jl.com 1 0 7 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali rag'batlantirish, ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respubilkasi Prezident Sh. Mirziyoyev ko‘rsatmasiga ko‘ra 2020 2021 o‘quv yilidan 7-sinfdan boshlab o‘quvchilar kasb-hunarga yo‘naltirish ishlariga alohida urg‘u berila boshladi. O‘quvchilarni aynan qanday kasb egasi bo‘lishi aniqlash va ularni o‘zlari qiziqqan kasbga yo‘naltirish maqsadida 8, 9, 10 sinfga qadar ular o‘zlari tanlangan kasb-hunar bo‘yicha o‘qitilib borilishi zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Ushbu ko‘rsatmadan ko‘rinib turibdiki yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish davlatimiz siyosatining ustivor vazifalaridan biri bo‘lib turibdi. Bu borada maktab bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, iqtidoridan kelib chiqib to‘g‘ri kasb tanlashi katta ahamiyatga ega. Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma’rifatga talpinadi. Dastlabki saboqni ham u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga ta’lim berish ularni o‘qitish bilan bog‘liq ayrim muammolar bugungi kunda kishini o‘ylantirib qo‘yayotgani tabiiy. Chunki zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk bilimdon mutaxasis kadrlarga muxtoj bo‘lib boraveradi. Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o‘ta muhim bosqichi bo‘lajak kasbni tanlash, ya’ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ravshanki, yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh xususiyatlariga bog‘lik emas, u ma’lum yoshga kelib o‘z o’zidan shakllanib qolmaydi. Yoshlarning kasb tanlashga pedagogik psixologik bilim, ko‘nikma, malakalar, shuningdek, jamiyatning ta’siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim. Jamiyatning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishida pedagoglarni - o‘qituvchilarni o‘rni va ahamiyati nihoyatda kattadir. O‘qituvchi -maktabdagi, kasb - hunar kollejlaridagi ta’lim - tarbiya jarayonlarining asosiy tashkilotchisi, boshqaruvchisi, jamiyatga yangi kadrlami yaratib beruvchisi hisoblanadi. Yosh yigit va qizlarnii ma’lumot va kasb jihatidan umumiy tayyorgarlik darajasi, mustaqil ijodiy tafakkur taraqqiyoti, tarbiyalanganlik darajasi, fikrlay olish va tahlil qila olish, fahm - farosatlik darajasi kabilarnii yuzaga kelishi eng avvalo o‘qituvchining faoliyati bilan rivoj topib boradi. Shuning uchun o‘qituvchi shaxsi bu eng mas’uliyatli va qadrli kasb hisoblanadi. Zamonaviy maktab va kasb - hunar о‘qituvchisi ta’lim va tarbiya-ga tegishli qator vazifalami bajaradi. O‘qituvchi - o‘quv jarayonini tashkilotchisi sifatida kasbga tegishli bo‘lgan masalalarga ham o‘z diqqatini qaratib boradi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolo

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida yoshlarni ilm-fan sohalari hamda kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida maktab amaliyotchi psixologining tutgan o‘rni tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida yoshlarni ilm-fan sohalari hamda kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida maktab amaliyotchi psixologining tutgan o‘rni tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab psixologi, o‘zini anglash, kompetensiya., diagnostika, o‘quvchi qiziqishi, kasbga yo‘naltirish, psixologik maslahat, Kalit so‘zlar: ilm-fan, motivatsiya, kasb-hunar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники