К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO BAXOLASH DASTURLARINING O'RNI

DASTURLARINING O'RNI · Muhammadiyeva Gavhar · Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman MMTBga

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni shakllantirish jarayonida xalqaro baholash dasturlarining tutgan o‘rni yoritilgan. Xususan, ushbu dasturlarning o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishdagi metodik asoslari, shuningdek, ta’lim amaliyotida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada tafakkur tushunchasi va uning asosiy shakllari bo‘yicha qisqacha ilmiy izohlar berilgan. Kalit so‘zlar:tafakkur, tafakkur shakllari, tushuncha, PIRLS baholash dasturi, didaktik o‘yinlar, umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish, aniqlashtirish, fikrlash jarayoni, mantiqiy tafakkur, mantiqiy masalalar. Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev ta'kidlaganidek: “Matematika barcha fanlarning asosi hisoblanadi. Ushbu fan bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lgan yoshlar zukko, keng dunyoqarashli bo‘lib yetishadi va har qanday sohada o‘z o‘rnini topa oladi.” Haqiqatdan ham, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni jamiyat taraqqiyotiga bevosita hissa qo‘shadi. Ayni yo‘nalishda, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini aniqlash va baholash borasida xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Ta’lim inspeksiyasi qoshidagi “Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi” tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmada PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) tadqiqoti va uning o‘ziga xos tomonlari, baholash mezonlari hamda test materiallari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilgan. PIRLS tadqiqotida foydalanilgan matn va savollarga doir namunaviy topshiriqlar, ularning baholash mezonlari bilan birga metodik ko‘rsatmalar keltirilgan. Shuningdek, 4-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan mashq daftarlari bu tadqiqotga tayyorgarlikda qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ish daftarlari o‘quvchilarning o‘qish, tushunish, tahlil qilish, talqin etish va fikr yuritish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita sifatida ishlab chiqilgan. Mantiqiy tafakkur esa, o‘z navbatida, umumiy fikrlash jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, ayniqsa matematik tafakkur bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘quvchilarni murakkab va noodatiy topshiriqlarni bajara olishga o‘rgatish ularning arifmetik, https://scientific-jl.com 1 1 6 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali fazoviy-geometrik va mantiqiy tafakkurini har tomonlama rivojlantirishni talab qiladi. Shuningdek, bolalarni o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirishga yo‘naltirish, ularga muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini yaratish — muvaffaqiyatli ta’lim kalitidir. O‘quvchilarning turli musobaqa va tadbirlarda faol ishtiroki, dars jarayonida ularning ichki salohiyati va qiziqishini uyg‘otish orqali ularni rag‘batlantirish – har bir pedagogning ustuvor vazifasi bo‘lishi zarur. Ijodiy masalalarni yechishda qat’iy bir usul yo‘qligi — ularni o‘ziga xos yondashuvlar bilan hal etishni talab etadi. Bunday topshiriqlar ustida ishlaganda ham, tipik mashqlarni o‘rgatishdagi pedagogik tamoyillarni hisobga olish zarur. Avvalo, o‘quvchilarda ushbu jarayonga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish kerak. Bunga erishish uchun topshiriqlar mazmuni o‘quvchilarning yoshi va bilim darajasiga mos, ya’ni haddan ortiq oson yoki ortiqcha murakkab bo‘lmasligi lozim. Chunki vazifani bajara olmaslik o‘quvchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchning susayishiga olib keladi. Shu bilan birga, o‘qituvchi tomonidan beriladigan yordam miqdori aniq belgilanishi va minimal bo‘lishi kerak. Topshiriqlar darslikdagi mavzular bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi, ularni yechish esa muntazamlik asosida yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Ayniqsa, fazoviy tasavvurni shakllantirish va kengaytirishga xizmat qiladigan geometrik xarakterdagi topshiriqlarga alohida e’tibor qaratish zarur. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun mantiqiy masalalarning o‘ziga xos yechish usullarini o‘rganish kerak. Aynan shunda o‘quvchilar bu turdagi murakkab, ammo qiziqarli muammolarni hal qilishga qodir bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda didaktik o‘yinlar vositasidan foydalanish ayniqsa samaralidir. Bugungi kunda yosh avlodni mantiqiy fikrlovchi, ijodiy salohiyatga ega shaxslar sifatida tarbiyalash zamon talabi sanaladi. Ayniqsa, matematika fanining darslari qiziqarli tashkil etilsa, bu o‘quvchilarning fikrlash, mulohaza yuritish va hisoblash ko‘nikmalarining jadallik bilan shakllanishiga xizmat qiladi. O‘qitish samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning intellektual o‘sishiga erishishda, berilayotgan topshiriqning mazmuniga alohida e’tibor qaratish kerak. Hozirgi amaliyotda ko‘pincha misollar ustida ishlashga ko‘proq vaqt ajratilib, murakkab, topqirlikka asoslangan vazifalar, masalan, rebuslar, boshqotirmalar, qiziqarli savollar, krossvordlar nazardan chetda qolmoqda. Natijada, kichik yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va mulohaza y

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni shakllantirish jarayonida xalqaro baholash dasturlarining tutgan o‘rni yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni shakllantirish jarayonida xalqaro baholash dasturlarining tutgan o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tafakkur shakllari, PIRLS baholash dasturi, umumlashtirish, taqqoslash, tushuncha, aniqlashtirish, fikrlash jarayoni, mantiqiy masalalar., mavhumlashtirish, mantiqiy tafakkur, Kalit so‘zlar:tafakkur, didaktik o‘yinlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники