К содержанию
РецензированоRU2008

RUHIY KASALLIKKA CHALINGAN SHAXSLARGA NISBATAN TIBBIY YO’SINDAGI MAJBURLOV CHORALARI: QONUNIY ASOSLAR VA SUD AMALIYOTI

Sadulayeva Farida Farxod qizi

Исследователь · 2008

Аннотация

В данной статье проанализированы законодательные акты и судебная практика, регулирующие применение принудительных мер https://scientific-jl.com 5 6 62-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali медицинского характера в отношении лиц с психическими заболеваниями на основании решения Пленума Верховного Суда Республики Узбекистан от 12.12.2008 года. В статье освещаются правовые основы медицинских мер, роль психиатрической экспертизы, ошибки, допущенные судами, а также практическое значение решения Пленума. Также уделяется внимание вопросам, связанным с правовым статусом пациентов и судебной защитой. Ключевые слова: Постановление Пленума, психическое заболевание, меры медицинского принуждения, судебная практика, уголовно-процессуальное право, психиатрическая экспертиза, свобода личности, решение суда, здравоохранение, Верховный суд. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 12.12.2008 yildagi qarori ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi. Ushbu qaror amaldagi jinoyat- protsessual va sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilikning mazmunini ochib beradi, shuningdek, sud-amaliyotida yo‘l qo‘yilayotgan ayrim xatolarning oldini olishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida belgilanishicha, ruhiy kasallikka chalingan, ijtimoiy xavfli harakat sodir etgan, lekin o‘z harakatlarining oqibatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan shaxslarga nisbatan jinoyat jazosi emas, balki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llaniladi. Ushbu chora jinoyatga oid ijtimoiy xavfni bartaraf etish va bemorning sog‘lig‘ini tiklashga qaratilgan. Plenum qarorida aytilishicha, tibbiy majburlov choralari to‘g‘risida masala ko‘rib chiqishda sudlar bemorning ruhiy holatini mustaqil baholamaydi, balki psixiatriya ekspertizasi xulosasiga tayanadi. Shu bilan birga, sudlar ekspertiza xulosasini tanqidiy tahlil qilishi, u yetarli asosga ega bo‘lmasa, qo‘shimcha ekspertiza tayinlashi zarurligi ta’kidlanadi. Plenum qarorida sudlar amaliyotida uchraydigan bir qator muammoli holatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan: Ruhiy kasallik mavjud bo‘lsa-da, jinoyat sodir etilgan vaqtda shaxs o‘z harakatlarini anglagan bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda tibbiy chora emas, jazo tayinlanishi kerak. Sudlar ayrim hollarda ruhiy kasallikning turi va og‘irligini hisobga olmasdan noto‘g‘ri qarorlar chiqargan. Davolanish davomiyligi va samaradorligini baholamasdan turib tibbiy choraning muddatidan oldin tugatilishi holatlari ham aniqlangan. Mazkur Plenum qarori sudlarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar beradi: https://scientific-jl.com 5 7 62-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Tibbiy majburlov choralarining turini (psixiatriya statsionarida umumiy, kuchaytirilgan yoki maxsus nazorat ostida) aniqlash mezonlari. Har olti oyda bemorning sog‘lig‘ini qayta ko‘rib chiqish zarurati. Davolash muassasasi va prokuratura organlari bilan sudlar o‘rtasidagi axborot almashinuvining huquqiy mexanizmlari. Shuningdek, qarorda shaxs huquqlarini himoya qilishga oid konstitutsiyaviy talablar, xususan, shaxsiy erkinlik va adolatli sud muhokamasi prinsiplari ham yodda tutilgan. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki Oliy sud Plenumining 12.12.2008 yildagi qarori sud amaliyotida aniqlik, barqarorlik va insonparvarlik prinsiplarini mustahkamlashga xizmat qiladi. U ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan noxolis yoki asossiz tibbiy chora qo‘llash holatlarining oldini oladi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. Sudyalarga esa mazkur murakkab toifadagi ishlarni adolatli ko‘rib chiqish uchun muhim metodik yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori. https://lex.uz/docs/1601125 2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/-111453 Foydalanilgan internet saytlari: 1. https://lex.uz/ 2. https://lex.uz/docs/1601125 3. https://lex.uz/docs/-111453 https://scientific-jl.com 5 8 62-son_3-to’plam_May-2025

Доказательный фрагмент

«В данной статье проанализированы законодательные акты и судебная практика, регулирующие применение принудительных мер https://scientific-jl.com 5 6 62-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R ja…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье проанализированы законодательные акты и судебная практика, регулирующие применение принудительных мер https://scientific-jl.com 5 6 62-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R ja… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Plenary decision, mental illness, medical coercion measures, judicial, shaxs erkinligi, Oliy sud., tibbiy majburlov choralari, sud amaliyoti, jinoyat-protsessual huquq, sud qarori, sog‘liqni saqlash, ruhiy kasallik, Kalit so‘zlar: Plenum qarori, psixiatriya ekspertizasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники