Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MONOREZISTENT TUBERKULYOZDA PROKALSITONIN DARAJASINING AHAMIYATI
MONOREZISTENT TUBERKULYOZDA PROKALSITONIN · DARAJASINING AHAMIYATI · Kamolov Hamidjon Umidjonovich
Всемирный научно-исследовательский журнал · 14 · 2557-2559 · 2025
Аннотация
tadqiqotda monorezistent tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarda prokalsitonin darajasining o‘zgarishi va uning kasallikning og‘irligi bilan bog‘liqligi tahlil qilindi. Monorezistent tuberkulyoz guruhida prokalsitonin darajasi 1,9±0,4 ng/ml bo‘lib, nazorat guruhiga nisbatan sezilarli yuqori ekani aniqlandi (p<0,01). Prokalsitonin darajasi 2,0 ng/ml dan yuqori bo‘lgan bemorlarda infiltrativ o‘zgarishlar, kazeoz nekroz va qon ivish tizimidagi buzilishlar (D-dimer: 0,75±0,1 mkg/ml, fibrinogen: 4,5±0,6 g/l; p<0,05) ko‘proq qayd etildi. Ushbu natijalar prokalsitonin monitoringining diagnostik ahamiyatini tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: monorezistent tuberkulyoz, prokalsitonin, qon ivish tizimi, D- dimer, fibrinogen, yallig‘lanish, diagnostika. Dolzarbligi: Monorezistent tuberkulyoz – Mycobacterium tuberculosis shtammlarining faqat bitta antibakterial doriga rezistentligi bilan xarakterlanadigan shakli bo‘lib, uning tashxisi va davolashi muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bunday bemorlarda yallig‘lanish jarayonining og‘ir kechishi va davolash samaradorligiga ta’sir qiluvchi faktorlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Prokalsitonin yallig‘lanishning biomarkeri sifatida kasallikning og‘ir kechishi va asoratlar xavfini baholash imkonini beradi. Shu sababli, monorezistent tuberkulyozda prokalsitonin darajasini o‘rganish kasallik kechishi va prognozini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot maqsadi: Monorezistent tuberkulyoz bilan og‘rigan bemorlarda qon tarkibidagi prokalsitonin miqdoriy o‘zgarishlarini tahlil qilish va ularning kasallikning og‘irligi bilan bog‘liqligini aniqlash. 229 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Material va uslublar: 2023 yil davomida Buxoro viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida davolangan 40 nafar bemor tahlil qilindi. Ular ikki guruhga ajratildi: Asosiy guruh – monorezistent tuberkulyoz bilan og‘rigan 25 nafar bemor Nazorat guruhi – doriga sezgir destruktiv tuberkulyoz bilan og‘rigan 15 nafar bemor Barcha bemorlarda prokalsitonin darajasi immunferment tahlil (IFA) usulida o‘lchandi. Statistik tahlilda p<0,05 ahamiyatli deb qabul qilindi. Natijalar va taxlillar: Monorezistent tuberkulyoz bilan og‘rigan bemorlarda qonda prokalsitonin darajasi 1,9±0,4 ng/ml ni tashkil etdi, bu esa nazorat guruhidagi 1,2±0,3 ng/ml ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlandi (p<0,01). Prokalsitonin darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda KT (kompyuter tomografiya) tekshiruvi natijalari bo‘yicha o‘pka to‘qimasida keng tarqalgan infiltrativ o‘zgarishlar va kazeoz nekroz o‘choqlari ko‘proq qayd etildi. Bunday bemorlarda, shuningdek, qon ivish tizimida o‘zgarishlar, jumladan, D-dimer darajasining oshishi (0,75±0,1 mkg/ml) va fibrinogen konsentratsiyasining o‘sishi (4,5±0,6 g/l) kuzatildi (p<0,05). Asosiy guruhdagi bemorlarning 36%ida prokalsitonin darajasi 2,0 ng/mldan yuqori bo‘lib, bu kasallikning og‘ir kechishi va asoratlar xavfining ortishi bilan bog‘liq ekani tasdiqlandi. Xulosa: Monorezistent tuberkulyozda qon tarkibidagi prokalsitonin darajasi yuqori bo‘lishi yallig‘lanish jarayonining og‘ir kechayotganini va patologik o‘zgarishlarning kuchayganini ko‘rsatadi. Prokalsitonin darajasi 2,0 ng/mldan yuqori bo‘lgan bemorlarda kasallik og‘ir kechadi va asoratlar xavfi ortishi mumkin. Shu sababli, prokalsitonin monitoringi monorezistent tuberkulyozli bemorlarning holatini baholash va ularga individual yondashuvni ta’minlash uchun muhim diagnostik vosita bo‘lishi mumkin. 230 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Ulugbekovich A. M., Haydarovich U. I. The study of the prognostic value of procalcitonin and changes in the blood coagulation system in the course of pulmonary tuberculosis //Journal of Survey in Fisheries Sciences. – 2023. – T. 10. – №. 1S. – S. 3217-3247. 2.Abdukarimov M. U., Usmonov I. Kh., Quantitative Changes in Procalcitonin Levels in Pulmonary Tuberculosis, American Journal of Medicine and Medical Sciences, Vol. 14 No. 10, 2024, pp. 2557-2559. doi:10.5923/j.ajmms.20241410.24. 3.Abdukarimov M.U., Usmanov I.Kh. - Destruktiv o‘pka tuberkulyozi bilan kasallangan bemorlardagi sub’ektiv tekshiruv natijalari va komorbid xolatlar // Vestnik assotsiatsii pulmonologov sentralnoy Azii № 2 2024 – c.100-105 4.Abdukarimov M. U., Usmonov I. Kh., (2024). Changes in the blood coagulation system in destructive tuberculosis. Central Asian Journal of Medicine, (2), 111-117. 231
Доказательный фрагмент
«tadqiqotda monorezistent tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarda prokalsitonin darajasining o‘zgarishi va uning kasallikning og‘irligi bilan bog‘liqligi tahlil qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюtadqiqotda monorezistent tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarda prokalsitonin darajasining o‘zgarishi va uning kasallikning og‘irligi bilan bog‘liqligi tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yallig‘lanish, D- dimer, Kalit so‘zlar: monorezistent tuberkulyoz, prokalsitonin, qon ivish tizimi, fibrinogen, diagnostika.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026