Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GINGIVIT: SABABLARI, BELGILARI VA DAVOLASH YONDASHUVLARI
Babadjanova Adolat Tolibovna assistent
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada milk shilliq qavatining yallig’lanishi, etiologiyasi, kelib chiqish sabablari, davolash usullari xususida so’z boradi. Kalit so’zlar: Gingivit, kataral gingivit, yazvali gingivit, gipertrofik gingivit,atrofik gingivit, skleroterapiya, gingivaektomiya Gingivit – bu milk shilliq qavatining yallig'lanish jarayoni bilan tavsiflangan kasallik. U o'tkir yoki surunkali bo'lishi mumkin. Gingivit (lotincha: gingiva — milk, itis — yalligʻlanish) — milk shilliq qavatining yalligʻlanishi. Meʼda-ichak, nafas aʼzolari, yurak-tomir, nerv sistemasi, periodontit, paradontoz, qon kasalliklari, infeksion kasalliklar, avitaminozlar, ogʻir metallar (simob, qoʻrgʻoshin va b.)ning tuzlaridan zaharlanish, tish toshi gingivitga sabab boʻladi. Baʼzan antibiotiklar yoki boshqa dorilar qabul qilinganda ham gingivit yuzaga keladi. Hayz sikli buzilganda, homiladorlik va balogʻatga yetish davrida koʻp uchraydi. Chirigan tish qirrasi, notoʻgʻri qoʻyilgan tish yoki yasama tish, shuningdek, dagʻal tish choʻtkasining milkni zararlashi, kimyoviy moddalar va issiqdan kuyish ham gingivitga sabab boʻlishi mumkin. Kasallikning quyidagi shakllari mavjud: 1) kataral gingivit- milkning shishishi va qizarishi bilan namoyon bo'ladi, bezillab turadi va salga qonaydi. 298 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. 2) yarali ( nekrotik-yazvali ) gingivit- milkning nekrotik (o'lik) joylari shakllanishi bilan tavsiflanadi, milk cheti kulrang karash bilan qoplanadi, ostidan yara chiqadi, ogʻizdan sassiq hid keladi. Soʻlak oqadi, temperatura koʻtariladi, jagʻ ostidagi limfa bezlari kattalashadi. 3) gipertrofik gingivit- milk to'qimalarining hajmining sezilarli darajada oshishi va undan qon chiqish bilan belgilanadi, milk oʻsib, butun tishni qoplaydi, ogʻriq sezilmaydi. 4) atrofik gingivit – gingival to'qima hajmining pasayishi kuzatiladi, natijada milk darajasi pasayadi va tish ildizi ochilib qoladi. Shunda noxush oqibatlarga olib keladi: sovuq yoki isiqqa og’riqli reaksiya. 5) deskvamativ (geografik) gingivit- shilliq qavat epiteliyasining kuchli qizarishi bilan tavsiflanadi. Shish, milkning qizarishi, tana haroratining ko'tarilishi, milkdagi aftalar, milk giperplaziyasi, milk sohasidagi qichishish, ovqatlanish paytida og'riq, og'izdan yoqimsiz hid, milk atrofiyasi (ildiz ochila boshlashi) gingivitga xos bo'lgan alomatlar hisoblanadi. Gingivit uchun zarur bo'lgan davolash quyidagilarni o'z ichiga oladi: - professional og'iz gigienasi (tish toshlarini tozalash, tish karashlarini tozalash; - og'iz bo'shlig'ini antiseptik bilan davolash; - yallig'lanishga qarshi dorilar; - jarrohlik ( milkning gipertrofiyalangan qismini olib tashlash); - skleroterapiya (kalsiy glyukonat) ; - gingival papillaga steroid gormonal preparatlarni kiritish; - zararlangan to’qimalarning diotermakoagulyatsiya -fizioterapiya usullari; -milk massaji. 299 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, kasallikning oldini olish uchun tish gigienasiga rioya qilish, chekishni tashlash, tish shifokori tomonidan muntazam ravishda tekshiruvdan o'tish (yiliga 1-2 marta) hamda kalsiyga boy ovqatlar, kalsiy preparatlarini iste'mol qilish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Мюллер Х.П. Пародонтология 2004 y. 2. Murtazayev S. S. va boshq. Bolalar og`iz bo`shlig`i shilliq qavati kasalliklari darslik 162 bet. 2018 y. Toshkent 3. Gafforov S.A., Rizayev J.A., Jilonov A.A., Sadiqova X.K. Stomatologiya. O’quv qo’llanma.-Toshkent. Lesson press.2018y. 4. Dusmuhamedov D.M., Sadikova X. K. va hammualliflar. “Parodontal xirurgiya” O’quv uslubiy qo’llanma. –Toshkent TTA bosmaxonasi. 2019 5. Abdusalomovich, A. A. Bolalarda og’iz bo’zish shilliq qatlami kasalliklari tuzilishini yosh bo’yicha xususiyatlari. (2022). 6. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 2(3), 77–80. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/1276 7. T.E. Zoyirov Parodontologiya.196 b. Samarqand 2023 Samarqand 8. Mirzakulova Lola Tohirovna. Parodont yallig'lanish kasalliklarini davolashni takomillashtirish. Stomatologiya (yo'nalishlar bo'yicha). Dissertatsiya akademik magistr darajasi uchun 90 b. 300
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada milk shilliq qavatining yallig’lanishi, etiologiyasi, kelib chiqish sabablari, davolash usullari xususida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada milk shilliq qavatining yallig’lanishi, etiologiyasi, kelib chiqish sabablari, davolash usullari xususida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- skleroterapiya, Kalit so’zlar: Gingivit, gingivaektomiya, atrofik gingivit, gipertrofik gingivit, kataral gingivit, yazvali gingivit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026