Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSO TOSHMUHAMMAD O‘G‘LI OYBEKNING HAYOT VA IJOD YO‘LLARI
Ismoilov Muhammadismoil Yunusjon o‘g‘li
Исследователь · 1905
Аннотация
This article talks the problems of Uzbek literary criticism, Oybek and his work in criticsm, the study of Oybek’s scientific views in Uzbek literary studies. Keywords: Criticism, scientific and critical activity, Oybek’s artistic and aesthetic views, socialist realism, uzbek literary criticism, a critic’s analysis, periodization. Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yili Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida dunyoga keldi. Oldin o‘rta maktabda, 1922-1925 yillarda esa Toshkent pedtexnikumida ta’lim oldi. So‘ngra O‘rta Osiyo Davlat dorilfununida ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qishni davom ettirdi. Leningraddagi Plexanov nomidagi Xalq xo‘jaligi institutida tahsil oldi. 1930 yili O‘rta Osiyo Davlat dorilfununini tugatib, Oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars berdi. Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan «Tuyg‘ular» she’riy to‘plami bilan kirib keladi. Shoirning «Dilbar davr qizi» (1931), «O‘ch» (1932), «Baxtigul va Sog’indiq» (1933), «Temirchi Jo‘ra» (1933) poyemalari o‘z davrining she’riy solnomalaridandir. Uning yigirmadan ortiq dostonlari bo‘lib, tarixiy, zamonaviy va xorijiy mavzularda yaratilgan. O‘zbek xalqining 1916 yilgi milliy ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining «Qutlug‘ qon» (1940) romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan. Adibning ikkinchi yirik tarixiy asari «Navoiy» (1944) romanidir. Oybek bu romanda o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) asarida xalqimizning urushdan so‘nggi davr yaratuvchilik mehnati, «Quyosh qoraymas» (1958) romanida Ulug‘ Vatan urushida erishilgan g‘alaba aks ettirilgan. Adibning «Ulug‘ yo‘l» (1967) asari esa «Qutlug‘ qon» romanining mantiqiy davomi bo‘lib, unda yozuvchi milliy ongning shakllanishini mahorat bilan ko‘rsata olgan. https://scientific-jl.com 1 3 4 60-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Oybek 1949 yilda Pokistonga sayohat qildi. Adib Pokiston hayotini, fikr va tuyg‘ularini, kurash va intilishlarini «Pokiston xotiralari» ocherklarida, qator she’rlarida, «Zafar va Zahro», «Haqgo‘ylar» dostonlarida, nihoyat «Nur qidirib» povestida tasvirladi. Adibning avtobiografik povesti «Bolalik» 1963 yilda yaratildi. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso ya’ni Oybekning o‘zidir. Oybek iste’dodli shoir, yirik nosir bo‘libgina qolmay, mashhur olim, davlat va jamoat arbobi, publitsist tanqidchi va tarjimon hamdir. O‘zbek kitobxoni Pushkinning «Yevgeniy Onegin», Lermontovning «Maskarad» asarini, antik Rim adabiyoti namunalarini, arman eposi «Sosunli Dovud»ni Oybek tarjimasida o‘qishga muyassar bo‘lgan. Oybek 1943 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandi va 1950 yilgacha Akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi lavozimida ishladi. U yuqori malakali filologlar tayyorlashga katta hissa qo‘shgan ustozdir. Ulkan adib «Navoiy» romani uchun Ittifoq Davlat mukofoti laureati bo‘ldi, bir necha orden va medallar bilan taqdirlandi. U O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori ham bo‘lgan. Yozuvchining asarlari o‘zbek adabiyotining jahon aro shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Oybekning o‘lmas asarlari ma’naviy xazinamizdan mangu o‘rin oldi va umumxalq mulki bo‘lib qoldi. Uning eng yaxshi asarlari jahon adabiyoti xazinasiga ham kirgan. Oybek 1968 yil 1 iyulda 63 yoshida vafot etdi. Vafotidan so‘ng uning 20 jildlik to‘la asarlari majmuasi nashr etildi. XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qushgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yil 10 yanvarda Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida dunyoga keldi. Oldin o‘rta maktabda, 1922-1925 yillarda esa Toshkent ta’lim va tarbiya texnikumida ta’lim oldi. So‘ngra O‘rta Osiyo Davlat dorilfununining ijtimoiy fanlar fakultetida tahsil ko‘rdi. 1930 yili O‘rta Osiyo Davlat dorilfununini tugatib, oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars berdi. Oybek mohir shoir bo‘lgani kabi yetuk romannavis ham edi. U yaratgan «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Ulug‘ yo‘l», «Oltin vodiydan shabadalar», «Quyosh qoraymas» kabi epik polotnolar o‘zbek realistik romanchiligi taraqqiyotida muhim bir davrni tashkil etadi. O‘zbek xalqining 1916 yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining «Qutlug‘ qon» (1940) romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan bo‘lsa, «Navoiy» (1944) romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) asarida xalqimizning urushdan so‘nggi davr yaratuvchilik mehnati, «Quyosh qoraymas» (1958) romanida ikkinchi jahon urushi fojealari o‘z ifodasini topgan. Adibning «Ulug‘ https://scientific-jl.com 1 3 5 60-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yo‘l» (1977) asari esa «Qutlug‘ qon» roma
Доказательный фрагмент
«This article talks the problems of Uzbek literary criticism, Oybek and his work in criticsm, the study of Oybek’s scientific views in Uzbek literary studies.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks the problems of Uzbek literary criticism, Oybek and his work in criticsm, the study of Oybek’s scientific views in Uzbek literary studies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Criticism, scientific and critical activity, Oybek’s artistic and, munaqqid tahlili, Kalit so‘zlar: Tanqidchilik, sotsialistik realizm, davrlashtirish., ilmiy-tanqidiy faoliyat, Oybekning badiiy-estetik qarashlari, o‘zbek adabiy tanqidchiligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026