Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MULOQOTCHANLIKNI SHAKLLANTIRISHDA EMOTSIYALARNING OʻRNI VA AHAMIYATI
MULOQOTCHANLIKNI SHAKLLANTIRISHDA EMOTSIYALARNING · OʻRNI VA AHAMIYATI · Raximova Shahodatxon Alisher qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Kalit soʻzlar: emotsiya,shaxs,subyektiv, ijtimoiy faollik,muloqot,novebral Shaxs biror predmetni idrok qilganida, ma’lumotlarni eslab qolganida yoki esga tushirganida, fikrlaganida hamda og’zaki yoki yozma nutqdan foydalanganida biror yoqimli yoki yoqimsiz holatni his qilganida o’zining emotsional namoyon eta oladi. Bu kechinmalarda odamning o’z atrofidagi odamlar, narsalarga yoki hodisalarga va albatta o’ziga nisbatan subyektiv munosabati ifodalanadi. Emotsionallik tug‘ma bo‘ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida rivojlanadi, bu esa insonning shaxs sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday rivojlanish inson emotsional sohasiga yangi ob’ektlarni kiritish, shaxs sezgilarini ongli irodaviy boshqarish va nazorat qilish darajasining oshishi ahloqiy boshqarishga yuksak ahloqiy qadriyatlar (vijdon, mas’uliyatlilik, nomus va boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog‘liq. Muloqot shaxslarning hamkorlik faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan, ular o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni qamrab oladi. Bu muloqotning kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar o’zaro munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning xos tomoni muomalaga kirishuvchilarning o`zaro ta`siri bo’lib, bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Bunda emotsiyalarning o’ziga xos ahamiyati va o’rni mavjud bo’lib, quyida ularni batafsil ko’rib chiqamiz. Shaxslararo munosabatlarda noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko`z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya - so`zni to`ldiradi, kuchaytiradi va ba`zan uning o`rnini bosadi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo`ladi. Masalan, bolalar ko`pincha kattalarga ta`sir etish, ularga o`z xohish va kayfiyatlarini o`tkazishda yig`idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so`z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya https://scientific-jl.com 6 8 59-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turi hisoblanadi. Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud.Lekin bir davr sezgisidan keyingi davr sezgisiga o‘tish shaxsning har tomonlama rivojlanishi bilan bog‘liq. Hissiyotlar odam energiyasini to‘plovchi faoliyatga nisbatan kuchli rag‘bat bo‘lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda yo‘naltirishdir.Yoqimli yoki yoqimsiz kechinma hissiyotimizning birinchi belgisidir Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar ko‘p hollarda yuqori emotsional zo‘riqish vaziyatlarida, o‘ta toliqqan holatlarda, frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida, hayotiy muhim rejalar barbod bo‘lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish lozim. Amaliy hayotda emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob reaksiyalari – ehtirosning to‘lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik tuslarini tushunamiz. Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson hayotiy faoliyati uchun tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni aks ettiradigan psixik jarayonlarga aytiladi Emotsiyalarning mohiyatini tushunish uchun tashqi muhitning jism va hodisalarining ko‘pchiligi his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatib, ularda murakkab, ko‘p qirrali emotsional hissiyotlar, sezgilar va bir vaqtning o‘zida ham zavqlanish ham qoniqmaslikda ifodalanadi. Bundan tashqari, ko‘pchilik vaziyatlarda, bir tomondan, qandaydir zo‘riqish sezgilari, ikkinchi tomondan, hal etish, yoki yengil tortish yuzaga keladi. Faoliyatning keskin damlarida, qaror qabul qilishning mas’uliyatli daqiqalarida qiyinchiliklarni bartarf etishda biz zo‘riqishni his etamiz. 1872 yilda Ch.Darvinning «Inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi» asarini chop etildi. Darvinning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiyliklar mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional holatlarining tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi. Ushbu kuzatishlardan olingan ma’lumotlar evolyutsion ta’limot nomini olgan hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan, hissiyotlar tirik mavjudotlar evolyutsiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning yashash sharoitlari va v
Доказательный фрагмент
«Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir.»
Образец извлечения
Демо-превьюEmotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- subyektiv, muloqot, shaxs, Kalit soʻzlar: emotsiya, novebral, ijtimoiy faollik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026