К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLA TARBIYASINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Abduxalikova Madinaxon Doniyor qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

Jamiyatda o’sib kelayotgan har bir yosh avlodning ertangi kuni qanday kelishi, hamda uning ham jismoniy ham ma’naviy jihatdan yetuklik darajasiga ko’tarilishi uning psixologiyasiga bog’liq. Shuning uchun ham hozirda bolalarni oilada qanday muhitda tarbiya topayotganligi barchamiz uchun juda dolzarb mavzudir. Kalit so’zlar: Psixika, go’daklik, bolalik, yetuklik, qarilik, genetik psixologiya, emperik usul. Ijtimoiy hayotimizdagi o’zgarishlar mustaqil respublikamizdagi demokratiyaning tantanasi, huquqiy davlat tizimiga intilish psixologiyaning qonuniyatlari va ilmiy materiallarini o’rganish hamda ulardan turmushda foydalanishni talab qiladi. Psixologiya fani tarmoqlaridan biri – bolalar psixologiyasi. Bolalar psixologiyasida bolaning tug’ilgan paytidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar psixik jihatdan taraqqiy etishi qonuniyatlarini va shaxsiy psixologik xususiyatlarning tarkib topishini o’rganadigan fandir. Bola inson sifatida tashqi jihatdan katta yoshli odamlarga o’xshasa ham, o’zining psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarning mazmuni jihatidan katta yoshli odamlardan keskin farq qiladi. Hozirgi davrda butun dunyoda boshqa fanlar bilan aloqadorlikda psixologiya fani ham jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bir necha yillardan buyon psixologiyani bir nechta tarmoqlarga bo’lib o’rganib kelinmoqda. Shulardan biri “Bolalar psixologiyasi”dir. Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog’i bo’lib, u turli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichida boshqasiga o’tish qonuniyatlarini o’rganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug’ilgandan yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin yozganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobilyatii go’daklikdan yetulik davrigacha murakkabllashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayonning o’ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi. Bolalik - ontogenezninig dastlabki davrlarini belgilash uchun (tug’ilgandan o’smirlikkacha bo’lgan davrni belgilash uchun) qo’llanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga ko’ra bolalik - go’daklik (tug’ulgandan l yoshgacha), ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha), maktabgacha yosh (3 yoshdan 6-7 yoshgacha) va kichik maktab yoshi (6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha) davrlarni o’z ichiga oladi. Bolalik - jadal psixik taraqqiyot davridir. Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o’rni. Bolalar psixologiyasi - https://scientific-jl.com 9 5 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yosh psixologiyasi fanining bo’limlaridan biridir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan, bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlaiidan farqi shundaki, u psixik hodisalaming o’zini eslash, balki rivojlanishi va yosli bilan bog’liq ravishda o’zgarishini tadqiq etadi. Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari quyidagilardan iborat: a) turli psixofiziologik funksiyalarning yoshga oid me’yoralrini ilmiy jihatdan asoslab berish; b) individ, shaxsning yetuklik mezonlari va na’munalarini aniqlash; c) hayotning turli bosqichlarida insonning real va potensial imkoniyatlari qanday bo’lishini aniqlash; d) inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi taraqqiyotida qanday rol o’ynashini tushinish va ilmiy bashorat qilish. Ushbu muammolarni hal etish uchun inson hayotining har bir bosqichida bolalikda, o’spirinlikda, yetuklik va qarilikda uning psixikasidagi o’zgarishlarni chuqur o’rganish talab etiladi. Ayrim o’rinlarda bolalar psixologiyasiga sinonim sifatida “genetik psixologiya” tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to’g'ri deb baholash mumkni emas. Chunki genetik psixologiya psixik jarayonlarning paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganadi. Bolalar psixologiyasining predmeti esa faqat psixik jarayonlar taraqqiyoti bilangina cheklanib qolmaydi. Bolalar yoshiga, shaxsiga va rivojlanish bosqichiga qarab turli xil jismoniy va hissiy ehtiyojlarga ega. Rivojlanish psixologiyasi, pediatriya va nevrologiya fanlari bo'yicha o'nlab yillar davomida olib borilgan izlanishlar dastlabki besh yil bolaning natijalari uchun juda muhim ekanligiga asoslandi. Bola ulg'aygach, ular atrof-muhitni o'rganish, og'zaki va mulohaza yuritish ko'nikmalarini o'rganishadi, boshqalar bilan muloqot qilish va oxiroqibat o'z oilalaridan mustaqillikni himoya qilish bosqichlariga o'tishadi. So'nggi bir necha o'n yilliklar ichida balog'at yoshi pasaymoqda va bu bolalikning tobora erta yakunlanishiga olib kelmoqda. Ham genetik, ham atrof-muhit omillari balog'at boshlanishiga ta'sir qiladi va kuzatuvchilarning fikricha, jinsiy balog'atga yetish vaqti qaysidir darajada bolalikni baholashni anglatishi mumkin va balog'at yoshining tezlashish o'lchov bo'lishi mumkin. Bola rivojlanishini tushunish bu - bolalarni tug'ilishdan o'spirinlik davri

Доказательный фрагмент

«Jamiyatda o’sib kelayotgan har bir yosh avlodning ertangi kuni qanday kelishi, hamda uning ham jismoniy ham ma’naviy jihatdan yetuklik darajasiga ko’tarilishi uning psixologiyasiga bog’liq.»

Образец извлечения

Демо-превью

Jamiyatda o’sib kelayotgan har bir yosh avlodning ertangi kuni qanday kelishi, hamda uning ham jismoniy ham ma’naviy jihatdan yetuklik darajasiga ko’tarilishi uning psixologiyasiga bog’liq. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bolalik, emperik usul., yetuklik, go’daklik, genetik psixologiya, qarilik, Kalit so’zlar: Psixika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники