Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DEVIANT XULQ-ATVORNING PSIXOLOGIYADA OʻRGANILISHI
Saidova Zebiniso Shavkatovna
Исследователь · 2026
Аннотация
Ijtimoiy normalar jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi ekanligi, ijtimoiy normalar shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhit bilan uyg'unlashtiruvchi qoidalar majmui ekanligi, globallashuv davrida ijtimoiy normalar tizimidagi jiddiy o'zgarishlar va tendensiyalarning mohiyati, atvorlar og'ishiga ta'sir etuvchi zamonaviy omillar – ni o'rganish tamoyillarining roli. – internet, virtual dunyo, axborot oqimining tahlili, uning sotsiologik jihatlarini o'rganish va yoshlar muammolarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, globallashuv jarayonida ma'naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xavflar va ularni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirish bilan bog'liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko'ra mohiyatan turli jihatlarga ega. Birinchi farq uzoq davom etadigan ijtimoiy zararli odatlar deviant xulq-atvor turmush tarzining ajralmas qismiga aylanadi. Doimiy oilaviy kelishmovchilik, oila va atrof- muhitdan qoniqmaslik, uydagi tushunmovchilik va boshqalar. – bularning barchasi bolaning ruhiyatini jarohatlaydi va u mavjud vaziyatni o'zgartirishga harakat qiladi. Bu o'rinda kamchiliklar, jumladan, nizolar rivojlanishining oldini oluvchi va unga qarshi kurashuvchi ijtimoiy nazorat tizimlari ijtimoiy institutlarda salbiy rol o'ynaydi. Kalit so'zlar: voyaga yetmaganlar, deviant xulq-atvor, diagnostika, ijtimoiy funksiya, jinoyatchilik, ijtimoiy norma, o'smir, profilaktika. KIRISH: Voyaga yetmaganlarning deviant hulq-atvori-katta yoshdagilarning og‘ma hulq-atvori qonuniyatlariga muvofiq emasligini qayd etish zarur. Jumladan, kriminologiya umum tomonidan qabul qilingan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor normalariga zid bo‘lgan maxsus qadriyatlar tizimi mavjudligi bilan izohlanadi. Va shu sababli jinoyatchilikni, eng avvalo, professional jinoyatchilikni tahlil qilish asosial submadaniyat nazariyasiga asoslanadi. Biroq, voyaga yetmaganlarga tatbiqan bunday yondashuv hamisha ham to‘g‘ri emas. Masalan, ko‘pincha o‘smir sodir etilgan qilmishni inkor etmagan holda, o‘z aybiga iqror bo‘lmaydi yoki o‘zi prinsip jihatidan inkor etmaydigan huquqiy taqiqni buzadi. Ayni vaqtda, ayrim ekspertlar diqqat-e‘tiborni hozirgi vaqtda deviant hulq-atvor guruhiga ko‘proq moddiy jihatdan o‘ziga to‘q oilalarning bolalari va o‘smirlari tushib qolishiga qaratadilar. https://scientific-jl.com 1 8 2 59-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Umuman olganda, “bugungi kunda jamiyatning qaysidir qatlamlaridan biri, deviant hulq-atvordan himoyalangan, deb bo‟lmaydi, hat bir o‟smir ta‟sirga va bog’liqlikka duch keladi. Moddiy jihatdan yetarlilik, ota-onalarning yuqori ijtimoiy mavqyei bolalarning ijtimoiy normalarga rioya qilishning kafili bo‟la olmaydi”. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Voyaga yetmaganlar deviant xulq-atvor profilaktikasi obyektiv ochib berildi. Ibn Sino yashagan davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Giddens E. Sotsiologiya. kitobi mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Voyaga yetmaganlarning xulq-atvori profilaktikasi ishida ommaviy axborot vositalari orqali tashviqiy-ma‘rifiy ishlarni olib borish muhimdir. Jamoatchilik fikri so‘rovi ma‘lumotlari bo‘yicha televideniye o‘smirlar va yoshlar uchun axborot olishning afzalrok manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan ijtimoiy reklamaning roli o‘sadi. Ijtimoiy reklama o‘z takliflari bilan ―mehnatni rag‘batlantiradigan, ijobiy maqsadlarga erishish uchun inson faoliyati motivatsiyasini kuchaytiradi. Reklama ijtimoiy qadriyatlarni yoyadi va targ‘ib qiladi. U mamlakatlar va xalqlarning yashash tarzini, andozalarini shakllantirishga ko‘maklashadi… Reklamaning ijtimoiy funksiyasi turmush tarzi targ‘ib qilinishini ham nazarda tutadi. Deviant hulq-atvorning eng yaxshi profilaktikasi - bu tarbiyaning vositalari, shakllari va usullarini aniq belgilab olgan holda voyaga yetmaganlar ongiga maqsadga qaratilgan tashkiliy ta‘sir ko‘rsatishdir. Huquqiy tarbiyani oldini olish imkoniyatlari tiyishning boshqa vositalariga qaraganda ancha samaraliroqdir. Chunki huquqiy profilaktika choralari odatda, birmuncha kechikadi va qilmish sodir etilgandan keyin amal qila boshlaydi. Oldini olish bilan bog‘liq huquqiy choralar ―ishlashi‖ uchun u bolaning ongiga qo‘yilishi, uning e‘tiqodi, tajribasining bir qismiga aylanishi kerak. Buni aniq maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish yo‘li bilan erishish mumkin. Bizga ma‘lumki jamiyatimizda sodir qilinayotgan ko‘plab jinoyatlar, jumladan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlar va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rgani
Доказательный фрагмент
«Ijtimoiy normalar jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi ekanligi, ijtimoiy normalar shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhit bilan uyg'unlashtiruvchi qoidalar majmui ekanligi, globallashuv davrid…»
Образец извлечения
Демо-превьюIjtimoiy normalar jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi ekanligi, ijtimoiy normalar shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhit bilan uyg'unlashtiruvchi qoidalar majmui ekanligi, globallashuv davrid… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- voyaga yetmaganlar, deviant xulq-atvor, diagnostika, ijtimoiy, ijtimoiy funksiya, Kalit so'zlar: voyaga yetmaganlar, ijtimoiy norma, o'smir, profilaktika., jinoyatchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945